Mavzu: homilador ayollarni tekshirish usullari
Bachadon muskullarining munta-
Download 7.77 Mb.
|
1507648726 69262
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bachadon bo‘ynining ochilish dav ri.
Bachadon muskullarining munta-
zam qisqarishlari (dard tutis hi) tug‘ruq boshlanganligini bildiradi. Tug‘ruq boshlanganda har 10–15 daqiqada dard 32-rasm. Bachadonning tutib turadi, keyinchalik esa tobora qisqarishlari ta’sirida tez-tez va qattiq dard tutadi. Tug‘ruq qog’onoq suvlari ichki teshik faoliyati boshlanganini bildiruvchi tomonga intiladi, homila ikkinchi belgi – bachadon bo‘ynining pufagi teshikka suqilib turadi. sekin-asta tekislanishidir. Ayolni dard tuta boshlaganidan tortib to tug‘ruq tamom bo‘lguncha tug‘uvchi ayol deb aytiladi. Tug‘ruq davrlari. Tug‘ruq uch davrga bo‘linadi: birinchisi – bachadon bo‘ynining ochilish davri, ikkinchisi – homilaning tug‘ilish davri, uchinchisi – yo‘ldosh tushish davri. Bachadon bo‘ynining ochilish davri dastlabki muntazam dard tutishidan boshlanib, pirovardida bachadon bo‘yning tashqi teshigi to‘la ochilishi bilan yakunlanadi. Homilaning tug‘ilish davri bachadon bo‘yni tashqi teshigining to‘la ochilgan paytidan boshlanib (to‘lg‘oq tutganidan) homila tug‘ilishi bilan tugaydi. Yo‘ldosh tushish davri esa bola tug‘ilgan paytdan boshlanib, yo‘ldosh tushishi bilan tugaydi. Bachadon bo‘ynining ochilish dav ri. Tug‘ruqning birinchi davrida ba chadon bo‘yni sekin-asta tekislanadi va bo‘yin kanalining tashqi teshigi bachadon bo‘shlig‘idan homila chiqib ketishi uchun etarli darajagacha ochiladi. Dard tutishi tufayli bachadon bo‘yni tekislanib, tashqi teshigi ochiladi. Dard tutgan vaqtda bachadon tanasining muskullarida quyidagi jarayonlar ro‘y beradi: muskul tolalari qisqaradi bu jarayon – kontraktsiya deyiladi. qisqarayotgan muskul tolalari joyidan siljiydi, ularning o‘zaro joyl ashuvi o‘zgaradi, bir biri bilan chal kashib, qisqarishni kuchaytiradi – retrak tsiya deyiladi. Navbatdagi dard tutishi (bachadon muskullarining qisqarishi) vaqtida muskul tolalarining retraktsiyasi kuchayadi, shunga ko‘ra bachadon devor lari tobora qalin tortadi. Bundan tashqari, retraktsiya tufayli bachadonn ing past ki segmenti cho‘ziladi, bachadon bo‘yni tekislanadi va bo‘yin kanal ining tashqi teshigi ochiladi. Buning sababi shuki, bachadon tanasining qisqarayotgan bo‘ylama muskul tolalari bachadon bo‘ynining doiraviy (sirk ulyar) mus kullarini chetga va yuqoriga tortadi, ayni vaqtda bachadon bo‘ynining kanali dard tutishi sayin ken gayaveradi – bu holat distraktsiya deb ataladi. Qog‘onoq suvlarining bachadon bo‘yni kanali tomonga siljishi ham bac hadon bo‘ynining ochilishiga yordam beradi. Har bir dard tutishida bachadon muskullari homila tuxu miga, asosan qog ‘onoq suvlariga tazyiq ko‘rsatadi. Bacha don tubi va devorlarining bir tekis qisishi (tazyiq ko‘rsatishi) tu fayli bacha don ichi bosimi oshadi va qog‘onoq suvlari bachadon bo‘yni kanalin ing ichki teshigiga, ya’ni qarshi lik yo‘q tomonga intiladi (32-rasm). Qog‘onoq suvlarining tazyiqi ostida qog‘onoq pardasining past ki qutbi bachadon devorlaridan ko‘chib, bachadon bo‘yni kanalining ichki teshigiga ponasimon shaklda kiradi. Homila tuxumi pastki qutbi pardalarining shu qismi qog‘onoq suyuqligi bilan birga bachadon bo‘yni kanaliga kiradi va homila pufagi deb ataladi. Dard tutgan vaqtda homila pufagi taranglanib va bachadon bo‘yni kanaliga tobora chuqur kirib, bu kanalni ichkaridan kengaytira boradi. Shunday qilib, bachadon bo‘ynining teshigi: a) bachadon tanasidagi bo‘ylama muskullar qisqarishi munosabati bilan bachadon bo‘yni doiraviy muskullarining cho‘zilishi (distraksiya) hisobiga, b) taranglangan homila pufagining bo‘yin kanaliga kirib, unga gidravlik pona kabi ta’sir etishi bilan shu kanalni kengaytirishi hisobiga bachadon bo‘yni ochiladi. Bachadon bo‘ynining ochilishiga sabab bo‘ladigan asosiy omil – bachadoninng qisqarishi (dard tutishi) dir; dard tutishi tufayli bachadon bo‘ynining distraksiyasi ham ro‘y beradi, bachadon ichidagi bosim ham ko‘tariladi, natijada homila pufagi taranglanib, bachadon bo‘ynining teshigiga kiradi. Dard tutishi avjiga chiqqach, qisqaruvchi kavak muskul (yuqori segment) bilan bachadonning cho‘zilayotgan pastki segmenti o‘rtasidagi chegara sezila boshlaydi. Bu chegara kontraktsion (yoki chegara) halqa deb ataladi. Birinchi marta tug‘ayotgan ayollarda bachadon bo‘yni ichki teshigi oldin ochiladi; so‘ngra bachadon bo‘ynining kanali sekin-asta kengayib, pastga tomon torayuvchi voronka shaklini oladi. Bachadon bo‘ynining kanali kengaygan sayin bachadon bo‘yni kaltalanadi va nihoyat, butunlay tekislanadi (yoziladi), faqat tashqi teshik yopiq turaveradi. Keyinchalik tashqi teshik cho‘zilib, chetlari yupqa tortadi, teshik ochila boshlaydi. Takror tug‘ayotgan ayollarda bachadon bo‘ynining tashqi teshigi homiladorlik oxiridayoq picha ochiq turadi, undan barmoq uchi bemalol o‘tadi. Bachadon bo‘ynining ochilish davrida ichki teshikning ochilishi va bachadon bo‘ynining tekislanishi bilan deyarli bir vaqtda tashqi teshik ham ochiladi. Tashqi teshik sekin-asta ochiladi. Dastlab teshik bir barmoq uchini o‘tkazadi, keyin ochiq teshikdan ikkita va undan ortiq barmoq o‘tadi. Teshik ochilgan sayin chetlari tobora yupqa tortadi, ochilish davrining oxiriga yaqin teshik chetlari kambar yupqa jiyak shakliga kiradi. Teshik taxminan 10–12 sm kengaygach, to‘la ochilgan deb hisoblanadi. Teshik shuncha ochilganda yetuk homilaning boshini va tanasini o‘tkazadi. Dard tutishi kuchaygan sayin oldingi suv bilan homila pufagi tobora ko‘p to‘lishadi va ochilish davrining oxiriga yaqinlashganda dard tutmay turgan davrda ham homila pufagining tarangligi susaymaydi, homila pufagi yorilay deb turadi. Normal sharoitda homila pufagi bachadon bo‘ynining tashqi teshigi to‘la yoki deyarli to‘la ochilgach, dard tutayotgan vaqtda yoriladi (qog‘onoq suvining o‘z vaqtida ketishi). Homila pufagi yorilgach, oldingi suv ketadi. Orqa suv, odatda, bola tug‘ilgandan keyin oqib chiqadi. Homila pufagi ba’zan tashqi teshik to‘la ochilmasdan turib yorilsa qog‘onoq suvi barvaqt (erta) ketdi deyishadi, tug‘ruq boshlanmasdan turib suv ketishi muddatidan oldin suv ketishi deb ataladi. Qog‘onoq suvlarining barvaqt va muddatidan oldin ketishi tug‘ruqning kechishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Pardalar haddan tashqari zich bo‘lsa homila pufagi tashqi teshigi to‘la ochilgandan keyin kech yoriladi (homila pufagining kech yorilishi), ba’zan homilaning tug‘ilish davrigacha saqlanib turadi va oldinda yotgan qismning oldida jinsiy yoriqdan do‘ppayib ko‘rinib turadi, bunday hollarda barmoq bilan yoki asbob (Koxer qisqichi) bilan homila pufagi yirtiladi. Download 7.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling