Mavzu: homilador ayollarni tekshirish usullari
Tug‘ruqning ikkinchi davrini olib borish
Download 7.77 Mb.
|
1507648726 69262
- Bu sahifa navigatsiya:
- Partogramma keyin emas, balki faqat tug‘ruq jarayonida to‘lg‘aziladi.
Tug‘ruqning ikkinchi davrini olib borish. Tug‘ruq faoliyatining ravojlanishini baholash. Ona va bolaning umumiy holati doimiy ravishda kuzatilib turilganda ma’lum vaqt oralig‘ida hayotiy muhim alomatlarni qayd qilib borish lozim. Shuningdek, bir xil vaqt oralig‘ida muntazam ravishda tug‘ruq to‘lg‘oqlarining kuchi va sonini ham yozib qo‘yish kerak. Tug‘ruq jarayonining grafik yozuvi misoli bo‘lib tug‘ruqni kechishi va rivojlanishining barcha xususiyatlari ko‘rgazmali, grafik shaklda ifodalangan partogramma hisoblanadi. Partogramma yuzaga keladigan muammoni mumkin qadar oldindan bilish va aniqlab olishga imkon beradigan tarzda tuziladi. Shu sababli tibbiyot xodimi uchun partogramma qimmatli qurol hisoblanadi. Ilmiy ma’lumotlar, partogrammadan to‘g‘ri foydalanilganda patologik tug‘ruqlar sonini keskin kamayishini ko‘rsatadi. Partogramma keyin emas, balki faqat tug‘ruq jarayonida to‘lg‘aziladi.
Tug‘ruqlar birinchi davrining rivojlanishi bachadon og‘zining ochilish dinamikasiga qarab belgilanadi (oxirgi ma’lumotlar bo‘yicha soati 0,5 sm). Bachadon bo‘ynining to‘liq ochilishi deganda (umumiy andozalar bo‘yicha), uni 10 sm. ga ochilishi tushuniladi. Bachadon bo‘ynini ochilishini baxolash uchun u qin orqali tekshirib ko‘riladi. Esda tuting, infektsiya kirishi oldini olish uchun ehtiyotlik choralari saqlanishi zarur. Tekshirishdan oldin antiseptika va aseptika qoidalariga rioya qilingan holda qo‘llarni yaxshilab yuvish, tekshirishda esa steril rezina qo‘lqoplardan foydalanish lozim. Qoida bo‘yicha qin orqali tekshirishni to‘lg‘oq vaqtida o‘tkazish yaramaydi. Qin orqali tekshirish faqat tegishli tibbiy ko‘rsatmalar asosida bajarilishi kerak. partogramma Partogramma – hozirgi kunda tug‘ruqlarni olib borishda eng oddiy va samarali vosita bo‘lib hisoblanadi. Partogrammaning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: Bu – bachadon bo‘yni ochilishini uzluksiz grafik holda aks ettirish usulidir, shu bilan bir vaqtning o‘zida; Bu – ona, bola ahvolining, tug‘ruq kechishining boshqa ko‘p xusu siyatlarini; grafik holda aks ettirish usulidir. Xususiyatlarni bunday birgalikda namoyon bo‘lishi partogrammani yanada ahamiyatli qiladi. Partogramma – tibbiy yordam ko‘rsatishning barcha sharoitlarida samarali: oddiy va eng murakkab jihozlarga ega bo‘lg anda ham, tibbiy muassasalarning hamma darajalarida, barcha tug‘ruqlarda qo‘llanilishi lozim. Download 7.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling