Mavzu: homilador ayollarni tekshirish usullari
Partogrammadagi yozuvlar – yuqori qismida quyidagi ma’lumotlar yoziladi
Download 7.77 Mb.
|
1507648726 69262
Partogrammadagi yozuvlar – yuqori qismida quyidagi ma’lumotlar yoziladi: Ayol: ismi; akusherlik ma’lumotlar (anamnezidagi tug‘ruqlar, homiladorliklar soni); ro‘yxat raqami; qabul qilingan sana; qabul qilingan vaqt nolga hisoblanadi. Kunning haqiqiy vaqtivaqt chizig‘i ostida ko‘rsatiladi. qog‘onoq pardasining yirtilish vaqti homila: yurak qisqarishi tezligi; homila suvi: tiniq(S), qon bilan bo‘yalgan (V) yoki mekoniy bilan bo‘yalgan (M) yoki qog‘onoq pardasi butun (I) bachadon bo‘yni: ochilishi sm. larda, diagrammada «X» belgisi bilan belgilanadi. Homila boshi harakati: (homila boshining keluvchi sathi), besh barmoq bilan qorin qismida paypaslash bilan aniqlanadi, diagrammada 0 belgisi bilan belgilanadi, qorinni paypaslash har bir qin ko‘ruvidan oldin bajariladi. Homila boshining shakllanishi: bu jarayon quyidagicha yoziladi: bosh suyaklar biriktiruvchi to‘qimalar bilan ajralib turibdi, buni yengil paypaslash mumkin (0), suyaklar bir-biriga biroz tegib turibdi ( + ); suyaklar bir-birining ustida joylashgan (++); suyaklar bir-birining ustida anchagina joylashgan (+ + +). Bachadon bo‘yni ochilishi: bu tug‘ruq kechishining eng muhim ko‘rsatkichi. Bachadon bo‘ynini ochilishi jadvalda «X» belgisi bilan belgilanadi. Qisqarishlar (to‘lg‘oqlar): tezligi (10 daqiqa davomida qisqarishlar soni). Davomiyligi soniyalarda. Oksitotsin: Dozasi tug‘ruqning har davriga 1 soatga mo‘ljallanib yoziladi. Dori-darmonlar va vena tomiri ichiga yuboriladigan suyuqliklar ma’lumotlar uchun joy; Qon bosimi, harorat va puls: qon bosimi va puls har soatda yoki tezroq yozib borish tavsiya etiladi. Tana harorati har 3–4 soatda yozib borishi tavsiya etiladi; Siydik: miqdori, tahlili (qon, oqsil va aseton). Har bir peshobdan so‘ng yozib boriladi. Bachadon bo‘yni ochilishi to‘g‘risidagi birinchi belgilar tug‘ruqning faol davrida ogohlik chizig‘ining tegishli nuqtalarida qo‘yiladi. Namu naviy holatlarda tug‘ruq ogohlik chizig‘i bo‘ylab kechadi. Agar tug‘ruq sust kechsa, ochilish vaqtiga qarab, chizig‘imiz harakat chizig‘i tomonga ko‘chadi. Harakat chizig‘i partogrammada ogohlik chizig‘idan o‘ngga 4 soatga surilgan bo‘ladi. Agar belgilanayotgan chiziq, harakat chizig‘ini kesib o‘tsa, tegishli aralashuvlar to‘g‘risida o‘ylash lozim. Tekshirish soniga nisbatan tekshirish usullari ko‘proq ahamiyatga egadir. Homila yurak qisqarishlari tezligini haqqoniy ko‘rsatish uchun homila yuragini auskultasiya qilish vaqti juda ahamiyatli ekanligi partogrammada yaqqol ko‘rinadi. Bu holat, yurak qisqarishlari variantlari misolida tasvirlanadi (juda qisqa), vaqti-vaqti bilan auskultasiya qilish – ma’qulroq va afzalroq. Partogrammadan maqsad – ona va bola holatini umumlashtirilgan holatda aks ettirishdir va shuning uchun, har tomonlama nazorat zarur. Partogrammaning yana bir ahamiyatli qismi bachadon bo‘ynini vaqt davomida ochilishini hamda homilaning oldinda joylashgan qismining (odatda boshi) siljishini kuzatishdir. Ta’kidlab o‘tish zarurki, tug‘ruq vaqtidagi qin orqali tekshiruvlar homila joylashgan qismining holatini kuzatish bilan barobar olib borilishi kerak, yana shuni aytib o‘tish kerakki, tug‘ruq olib borishdagi ko‘pgina xatoliklar aynan shunday kuzatuv bo‘lmagani uchun ro‘y beradi. Harakat chiziqlari va ogohlik chizig‘ini ahamiyati va xususiyati,tik chizig‘i shunday chiziqki, undan tashqarida bachadon bo‘yni ochilishi tezligi «istalgan» tezlikdan 1 soatda 1 sm. dan kam bo‘ladi. Kuzatuv olib boriladi, lekin harakat talab etilmaydi. Bunga qarama-qarshi, harakat chizig‘i – bu shunday chiziqki, shu chiziqdan tashqarida bachadon bo‘yni ochilishi tezligini istalgan darajagacha tiklash uchun talab qilinadigan harakatlar to‘g‘risida o‘ylashni taqozo etadi. Bu chiziqlar ahamiyati shundaki, ular shifokorlarga, tug‘ruq kechishidagi o‘zgarishlarni so‘z bilan tasvirlashdan (jadvalga nisbatan) ko‘ra, erta aniqlashga yordam beradi. Undan tashqari, ular ham bir tug‘ruqqa yordam berish muassasasi bo‘limlar, ham turli darajadagi akusherlik xizmatlari orasida harakat birligini ta’minlashga yordam beradi. Agar ayolni qin orqali ko‘ruv, ogohlik chizig‘ida bajarilgan bo‘lsa, keyingi tekshiruv 4 soat o‘tgandan so‘ng (agar erta ko‘ruv uchun klinik ko‘rsatmalar bo‘lmasa) bajarilishi kerak. Agar ko‘ruvgacha tug‘ruqning sust kechishi, kuzatilgan bo‘lsa va jadvaldagi nuqtamiz ogohlik va harakat chiziqlari orasida joylashsa, unda aniqki, keyingi tekshiruvni ertaroq bajarish lozim. Partogrammani o‘z vaqtida to‘ldirish, tug‘ruq kechishining me’yor dan tashqariga o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash va asossiz aralas huvlardan qochish imkonini beradi. Download 7.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling