Mavzu: homilador ayollarni tekshirish usullari
Tug‘ruq vaqtida ayolni ovqatlantirish
Download 7.77 Mb.
|
1507648726 69262
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hamkorlik guruhlari.
- Tug‘ruqning uchinchi davrini olib borish.
Tug‘ruq vaqtida ayolni ovqatlantirish. Tug‘ruqlar quvvat sarflashni talab qiladi. Tug‘ruq qancha vaqt davom etishini oldindan aytish mumkin bo‘lmaganligi tufayli kuch-quvvat manbai doimo to‘ldirilib turilishi zarur. Ovqatlanishni keskin chegaralanishi tug‘ruq vaqtida suvsizlanish va asidozga olib keladi, ularni tug‘ruq davrida suyuqliklar ichish va yengil ovqat qabul qilish yo‘li bilan oldini olish mumkin. Zamonaviy yondoshuvlar fiziologik tug‘ruqlar vaqtida ovqat va ichimlik qabul qilish to‘g‘risidagi masalani ayolning o‘zi hal qilishiga qo‘yib beradi.
Hamkorlik guruhlari. Hamkorlik tug‘ruqlari o‘tkazilganda doya hamshiraning vazifasi nafaqat barcha muhim klinik belgilarni qayd qilish, balki bugun tug‘ruq, davomida ayolni jismonan va emosional qo‘llab-quvvatlab turishdan ham iborat bo‘ladi. Tug‘ruqlarda ishtirok etayotgan doya o‘tkazilayotgan barcha muolajalar va tibbiy tekshiruv natijalarini ayolga tushuntirishi kerak. Tug‘ruq faoliyatining kechishi va bolaning kutilayotgan tug‘ilish vaqti to‘g‘risida ayolni xabardor qilishi lozim. Tug‘ruq zalida ayolning yaqin odamlaridan birontasini bo‘lishi (doya bilan birlikda) tug‘ruqlarni rivojlanishi va natijasi onaning tug‘ruqdan keyingi adaptasiyasi, ona va bolaning o‘zaro munosabati, ko‘krak suti bilan boqish va oilaviy er-xotinlik munosabatlarga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunda tug‘ruqlar davomliligi va kesar kesishlarning soni sezilarli qisqaradi, og‘riqsizlantirish vositalarini qo‘llanish kamayadi, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatishga ham ehtiyoj kam bo‘ladi. Shuningdek, ko‘krak suti bilan boqish va yangi tug‘ilgan chaqaloqni yaxshi holatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tug‘ruqning uchinchi davrini olib borish. Tug‘ruqning uchinchi davri (yo‘ldosh davri) bola tug‘ilgandan to yo‘ldoshni bachadondan ajralishi va uni chiqishigacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi va odatda 15–20 daqiqani egallaydi. Bola tug‘ilgandan so‘ng bachadon qisqaradi va yo‘ldoshning ajralishi yuz beradi. Bu – qon ajralmalarini boshlanishidan hamda kindikning tashqi qismini uzayishidan bilinadi. Tug‘ruq fiziologik olib borilganda yo‘ldosh faqat onaning kuchi yordamida ajralib chiqariladi. Yo‘ldosh va homila pardalarini ularning butunligini sinchiklab tekshirish lozim. Agar yo‘ldosh ajralgandan keyin bachadon gipotoniyasi tufayli qon oqishi davom etsa, aylanma harakatlar bilan bachadonning yuqori qismini uqalashni boshlash lozim (lekin uning tubini siqish kerak emas), bunda bachadondagi qon quyqalari chiqib ketadi. Yengil uqalashdan keyin bachadon qisqarishi va qattiq bo‘lib qolishi kerak. Bachadonni qisqartirish uchun muzdan foydalanish tavsiya qilinmaydi. Yo‘ldosh ajralgandan keyin faqat bachadon butunligini tekshirish va qon oqishiga gumon qilingandagina jarrohlik gemostazini ta’minlash uchun yumshoq, tug‘ruq yo‘llari ko‘zdan kechiriladi. Tug‘ruqdan keyin vaqti-vaqti bilan puls va arterial qon bosimini nazorat qilish, yaxshi qisqarganligiga ishonch hosil qilish va kamida 24 soat davomida qindan qon oqmayotganligiga guvox bo‘lish uchun bachadon holatini tekshirib turish zarur (JSST tasnifiga binoan tug‘ruqdan keyingi qon ketish birlamchi va ikkilamchi deb ta’riflanadi: birlamchi – tug‘ruqdan keyingi 24 soat davomida, ikkilamchi – tug‘ruqdan 24 soat keyingi vaqt ichida). Download 7.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling