Mavzu: homilador ayollarni tekshirish usullari


(Separatio platsentae normaliter insertae praematura)


Download 7.77 Mb.
bet19/23
Sana25.10.2023
Hajmi7.77 Mb.
#1718959
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
1507648726 69262

NORMAL JOYLASHGAN PLATSENTANING BARVAQT KO‘CHISHI.

(Separatio platsentae normaliter insertae praematura)


Homiladorlik va tug‘ruq normal o‘tayotganda platsenta bachadonning yuqori segmanti devoriga yopishib turadi va tug‘ruqning III davrida ko‘chib tushadi.
Ba’zi patologik jarayonlarda normal joylashgan platsenta homila tug‘ilguncha ko‘chadi (platsentaning barvaqt ko‘chishi). Platsenta odatda bachadon bo‘ynining ochil adigan davrida barvaqt ko‘chadi.

sabablari. Homiladorlikning kechki gestozlari, nefrit, gipertoniya kasalligi, yurak poroklari, organizmda vitamin C yetishmasligi va boshqalar shunday kasalliklarga kiradi, oqibatda platsenta tomirlarida degenerativ o‘zgarishlar ro‘y beradi. Qon tomirlar sinuvc han bo‘lib qoladi. Qon bosimi ko‘tarilib tushib turishi tomirlar sinishiga olib keladi, platsentaga, bachadon muskullariga qon qo‘yilishiga sabab
44-rasm. Normal yotgan platsentaning barvaqt
ko’chishi (ichki va tashqi qon oqishi).
bo‘ladi. Bachadon devori bilan platsenta oralig‘iga qon quyilishi sababli platsenta yopishgan joydan ko‘chadi.
Platsentaning barvaqt ko‘chishiga kindikning kalta bo‘lishi, shilliq pardaning yallig‘lanishi (endometrit), shilliq parda osti dan o‘sib chiqqan bachadon fibromasi, bachadon devorlari o‘ta taranglashganda (qog‘onoq suvining ko‘p bo‘lishi, egiz homi ladorlik yirik homila) va boshqa hollard a platsenta barvaqt ko‘chishi mumkin.
Platsenta barvaqt ko‘chganda kechiktirmasdan malakali yordam berish kerak: 1) tug‘ruqni tezlik bilan avaylab tugllaash; 2) o‘tkir anemiya va shokka qarshi kurash.
Platsenta homiladorlik vaqtida yoki

bachadon bo‘ynining teshigi ochiladigan davrning boshlarida ko‘chgan bo‘lsa, kesar kesish qilinadi, chunki bunda homilani tabiiy tug‘ruq yo‘llaridan tez olishga shart – sharoit bo‘lmaydi.
Bachadon teshigi chala ochilgan, qon kam ketayotgan va ona bilan homilani ahvoli qoniqarli bo‘lsa, homila pufagi yirtiladi, platsentaning yanada ko‘chishi to‘xtab, tug‘ruq normal tugallanishi mumkin.

Download 7.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling