Birinchi asoslovchi bosqich: Bunda TSIning predmeti bilan bog‘liq bo‘lgan savollar bo‘yicha ta’lim oluvchilar bilan suhbatlar o‘tkaziladi, o‘kituvchilar bilan davra suhbatlari o‘tkaziladi va mutaxassis olimlardan intervyular olinadi. Anketa savollari tuzilib, ular tahlil kilinadi.
O’tkazilgan suhbatlar, intervyular, anketa va test savollari natijalari bo‘yicha kuyidagilar aniqlanadi:
ta’lim oluvchilarning muayyan ta’lim yo‘nalishdan xabardorligi aniqlanadi (yo‘nalish tarixi, rivojlanish bosqichlari, ulardagi foydalanilgan ilg‘or texnologiyalar va ularning nazariy va amaliy ahamiyatlari);
ta’lim beruvchilarning muayyan yo‘nalish bo‘yicha ilmiy-uslubiy salohiyati (Bu soha bo‘yicha fan-texnika yutuqlari, texnologiyalarni egallaganligi, mazkur yo‘nalish bo‘yicha ta’lim-tarbiya jarayonini optimal boshqara olish qobiliyati, tayanch tushunchalar bilan qurollanganligi va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan tanishligi hamda ulardan ta’lim-tarbiya jarayoniga moslarini tanlay bilish qobiliyati).
Olingan natijalar tahliliga asoslanib, ta’lim oluvchilar va beruvchilardagi bu bilimlar «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» bilan belgilangan milliy yo‘naltirish tamoyillarini to‘liq amalga oshirish imkoni yetarliligi aniqlanadi. Bunda, asosan tajriba sinov ishini amalga oshirish xususiyatlaridan kelib chikib ta’lim oluvchini tegishli axborotlar bilan te’minlashda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish shakllari, usullari, vositalari va mazmuni ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |