Mavzu: ilmiy ish natijalarini rasmiylashtirish va axborotlarni uzatish bajardi: aminova mushtariy ilmiy rahbar


Download 327.39 Kb.
bet16/25
Sana02.01.2022
Hajmi327.39 Kb.
#190185
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
Ilmiy ish natijalarini rasmiylashtirish va axborotlarni uzatish

O’n birinchi bosqichda tadqiqotchining ilmiy fikrlashi katta rol o‘ynaydi. Fikrlashni ijtimoiy-tarixiy rivojlanish mahsuli sifatida ya’ni inson faoliyatining maxsus shakli tariqasida qarash mumkin.

Fikrlash - bu tahlil va sintez qilish, taqqoslash, abstraksiyalash, umumlashtirish va xulosa qilish singari hayoliy harakatlar (operatsiyalar) asosida amalga oshiriladigan jarayon.

Xulosa qilish - bu nimanidir tasdiklash, inkor etish va hukm chikarish orqali amalga oshiriladi.

Pedagogik tadqiqotlarni olib borishda, ayniqsa, pedagogik samaralar beradigan ilmiy-uslubiy ishlanmalar yaratishda nazariy xulosa va umumlashtirishlarga tayanadigan ham nazariy, ham amaliy fikrlash tadqiqotchida rivojlangan bo‘lishi kerak. Bu borada tadqiqotchi ilmiy fikrlash uchun kuyidagilarga e’tibor berish lozim:

-tadqiqot maqsadini aniq ifodalay bilish kerak;



  • ilgari bajarilgan nazariy yoki tajribaviy (eksperimental) tadqiqotlarga tayanadigan farqni ishlab chiqqan bo‘lishi zarur;

  • tadqiqot metodologiyasini shakllantirgan bo‘lishi lozim;

  • tadqiqot bosqichlarini aniqlab chiqa olish qobiliyatiga ega bo‘lishi kerak;




  • ishlab chiqilgan uslubiyat va rejaga moye ko‘shimcha xususiy tadqiqotlar ham o‘tkaza olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish zarur;

  • olingan natijalarni ilmiy-uslubiy jihatdan tahlil qila olishi kerak;

  • xulosalarni ifodalashning tavsifli ekanligini yodda tutish darkor.

Pedagogik tadqiqot yo‘nalishi bo‘yicha fan tarixidagi dalillar misolida ilmiy izlanishning mantiqiy ketma-ketligi haqida ilmiy fikrlar tadqikotchida shakllangan bo‘ladi. Ayniqsa, bunda olimlar-ning u yoki bu nazariy yoki eksperimental kashfiyotlarga qanday erishilganliklari tahlili haqidagi ma’lumotlar muhim rol o‘ynaydi. Qanday usullar olimlarni tadqiqotlar bilan shug‘ullanishga undaganligini, nima sababdan fan rivojlanishi bosqichida ushbu muammo hal etilganligini, bu tadqiqot texnika va iqtisodiyotning rivojlanishi bilan qanday bog‘langanligini ochib berishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘z navbatida tadqiqotchida dialektik fikrlash usulini shakllantirishda zarur omil bo‘lib hisoblanadi. Bularni e’tiborga olib pedagogik tadqiqotlar olib borishda muayyan yo‘nalish bo‘yicha bilimlar tizimini ishlab chiqish kerakki, bularni bajarish davomida tadqiqotchi deduksiya usulidan foydalanib, ilmiy-uslubiy ishlanmalar haqida xulosalar chiqara olishga erishsinlar.

O’n ikkinchi boskichning vazifasi tajriba-sinov ishlarini tashkillashtirish va uyushtirish hamda ular natijalarini tadqikot maksadi nuqtai nazaridan tahlil qilishdan iborat.

Ma’lumki, har bir tadqiqotchi oldida insoniyat yaratgan jami boyliklarni o‘rganish, o‘zlashtirish va rivojlantirish vazifasi turadi. Inson kamoloti va jamiyat rivojini shusiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Mazkur vazifani amalga oshirish uchun ta’lim tizimini muntazam ravishda takomillashtirib borish, yosh avlodni ilm-fan asoslari bilan chukur kurollantirish lozim. Zero, ilm olish va uni takomillashtirish yo‘lidagi izlanish hamda zahmatlar insonning e’tiqodi va dunyokarashini shakllantirib, uni ma’naviy-axloqiy kamolot sari yetaklaydi. Bu borada olib borilayotgan pedagogik tadqiqotlar va ularning amaliy ahamiyatini roli bekiyosdir.

Shu o‘rinda bizni tashvishga solayotgan bir muammo bor, aksariyat o‘kituvchilar o‘z faoliyatida darsning ma’lum bir qismida didaktik o‘yin tashkil qilish, sahna ko‘rinishini tayyorlash yoki konferensiya darslarini tashkil qilish va shu kabilar orqadi darsda yangi pedagogik texnologiyalar YaPTni ko‘lladim, deb da’vo qiladilar. Vaholanki, YaPT bu o‘qituvchining hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti yutuklaridan oliy darajada foydalanib, yoshlarning o‘rganish jarayonini faol ishtirokchisi hamda ushbu jarayonning bajaruvchisiga aylantirishdir. Shuning uchun ham Prezidentimiz I.A.Karimov yoshlarning mustakil fikrlash, ijodiy tafakkur malakalariga ega bo‘lishlari istiqbolimizni ta’minlashda hal qiluvchi omillardan biri ekanligini kayta-qayta ta’kidlab keldilar. Bu muammo pedagogik tadqiqotlar ichida eng dolzarb hamda o‘z yechimini kutib turgan masalalardan hisoblanadi.

Shu sababli ham pedagogik tadqiqotlarning ilmiy-nazariy asoslari bilan, ularning amaliy ahamiyati ham e’tiborga olinadi. Amaliy ahamiyatini ilmiy asoslanganligini baholashda bu boradagi ilmiy-nazariy ishlanmalar nechoglik amaliyotga foydasi tegishli-ligini tajriba-sinov ishlari (TSI)da aniqlaniladi. Odatda, TSI uch boskichda iborat bo‘ladi. Bunda, avvalo, tadqiqot vazifalarini e’tiborga olgan holda TSI predmeta belgilab olinadi.


Download 327.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling