Mavzu: ilmiy ish natijalarini rasmiylashtirish va axborotlarni uzatish bajardi: aminova mushtariy ilmiy rahbar


Axborot manbalari, ilmiy va ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar


Download 327.39 Kb.
bet24/25
Sana02.01.2022
Hajmi327.39 Kb.
#190185
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Ilmiy ish natijalarini rasmiylashtirish va axborotlarni uzatish

3.2 Axborot manbalari, ilmiy va ilmiy-texnikaviy ma’lumotlar

Axborotning yuqorilama oqimi ijrochilardan (ITI, oliy o‘quv yurtlari, TKB va boshq.) qayd etuvchi idoralarga tomon yo‘naladi, quyilama oqim esa bibliografik sharhlar, referativ va boshqa ma’lumotlar ko‘rinishida ijrochilarga ularning talabiga ko‘ra yo‘naladi.

Axborot manbalarida yangi ilmiy va ilmiy-texnikaviy ma’lumotlarni keskin sur’atda o‘sib borishi munosabati bilan axborotning “eskirishi” kuzatiladi. Chet el tadqiqotchilarining ma’lumotlariga ko‘ra axborot qiymatini pastga tushib ketish jadalligi ya’ni “eskirishi” ro‘znomalar uchun kuniga 10%, jurnallar uchun oyiga 10% va kitoblar uchun yiliga 10%ni tashkil qilar ekan. Shu sababdan axborotlarning juda katta oqimida aniq mavzuning yangi, ilg‘or yechimlarini topish murakkab masala hisoblanadi.

Zarur axborotlarni izlash ijodiy jarayon bo‘lib, shundan uni avtomatlashtirish va shakllantirishning murakkabligi kelib chiqadi.

Axborotni izlash deganda tanlangan mavzu ustida tadqiqot olib borish maqsadida zarur xujjatlarni qidirish bo‘yicha xarakatlarning yig‘indisi tushiniladi. Bu jarayon qo‘lda, mexanik ravishda, mexanizatsiyalashtirilgan tarzda va avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshirilishi mumkin.

Axborotni qo‘lda qidirish oddiy bibliografik kartochkalar, kartotekalar va bosma ko‘rsatkichlar bo‘yicha olib boriladi. Mexanik ravishda axborot tashuvchilar bo‘lib perfokartalar xizmat qiladi. Mexanizatsiyalashtirilgan tarzda axborotni qidirishda xisob-perforatsiya mashinalari, avtomatlashtirilgan tarzda qidirishda esa EVM yordamga chiqadi.

Xozirgi zamon universal axborot manbai bo‘lib Internetning Global axborot tarmog‘i, ya’ni Internet xisoblanadi. Ushbu tarmoq tadqiqotchiga turli axborot resurslari uchun yo‘l ochib beradi va quyidagi savollarga javob topishga yordam beradi:

Avtomatlashtirilgan tartibda kerak bo‘lgan axborot ob’ektini qanday topish mumkin?

Uni qanday qilib o‘z kompyuteriga ko‘chirib o‘tkazish mumkin?

Uni qanday dasturli vositalar yordamida qabul qilinadigan qilish mumkin?

Bu xolda Internetdan foydalanuvchi tarmoqlararo shlyuzlarning mavjudligi tufayli boshqa tarmoqlarning axborot reserslariga kirish imkoniyatiga erishadi.

Internetning axborot resursi deb doimiy yangilanish xolatida mavjud bo‘lgan axborot texnologiyalari va ma’lumot bazalarining yig‘indisiga aytiladi.

Ushbu yig‘indiga quyidagilar kiradi:

FTR fayl arxivlarining tizimi

WWW ma’lumot bazalari

Gopher ma’lumot bazalari

WAIS m’lumot bazalari va boshqalar.

FTR fayl arxivlarining tizimi keyingi 10-15 yil davomida yig‘ilgan ma’lumotlarning kengaytirilgan omborini tashkil qiladi. Uning xizmatidan xar bir tadqiqotchi unga kerak bo‘lgan ma’lumotlardan nusxa olish yo‘li bilan foydalanishi mumkin.

World Wide Web (WWW) gipermatnli axborot tarmog‘i (Butun dunyo o‘rgamchi ini) ko‘pgina Internet axborot arxivlariga qulay yo‘l topib beradi.

Ushbu texnologiyaning ko‘pgina interfeyslari zarur materiallarni manipulyatorning tugmasini kerak so‘z yoki grafik tasvir soxasida bosib tanlash imkoniyatini yaratadi. WWWning boshqa qidiruv vositalaridan ijobiy farqi uning ko‘p funksionalligi hisoblanadi, bunda bir betning o‘zida bir vaqtning o‘zida matn va tasvirni ko‘rish, ovozni eshitish, animatsiyani kuzatish mumkin.

Gopher taqsimlangan axborot tizimi interfeysining asosida iyerarxik katologlar g‘oyasi yotadi. U sodda va yetarli darajada ishonchli va ximoyalangan tizim hisoblanadi.

WAIS taqsimlangan axborotni izlash tizimining asosiga kalitli so‘zlardan foydalanib, mantiqiy savollarni berish orqali axborotni qidirish usuli kiritilgan. Bunda tadqiqotchi WAISning barcha serverlarini zarur xujjatlar bo‘yicha qarab chiqishi mumkin.

Axborotni samarali tarzda o‘zlashtirish ya’ni o‘rganish, eslab qolish va taxlil etish uchun bir qator shartlar bajarilishi zarur:

maqsadni aniqlab olish. Ushbu psixologik omil fikrlashni faollashtiradi, o‘qilayotgan materialni aniq tushunishga va qabul qilishga yordam beradi.

ilxomlanish, ruxlanish. Bu xolat ijodiy yondoshishning asosini tashkil qiladi, axborotni o‘zlashtirish samarasini oshiradi.

diqqat e’tiborni bir joyga qaratish. Ushbu xolat ayniqsa yangi, qiyin va murakkab matnni o‘qish jarayonida asosiy shart hisoblanadi. Materialni to‘liq o‘zlashtirishi uchun uni qayta-qayta o‘qishga to‘g‘ri keladi.

to‘g‘ri ish rejimini yaratish. 1-2 soatli aqliy ishdan so‘ng 5-7 minutli tanaffus uyushtirish tavsiya etiladi, bunda jismoniy mashqlar, chuqur nafas olish markaziy asab sistemasini rag‘batlantirib, ishlash qobiliyatini oshiradi.

Ilmiy-texnik axborotni o‘zlashtirishda ma’lumotlar ko‘chirmalar, annotatsiyalar va matnlar shaklida yig‘iladi.

Ilmiy tadqiqot ishlarining turlari.

Ilmiy tadqiqot ishlari (ITI) o‘z maqsadiga, tabiat yoki sanoat bilan bog‘liqlik darajasi va ilmiy chuqurligiga ko‘ra uchta asosiy turga ajratiladi: fundamental (nazariy), amaliy va ishlanma.

Fundamental (nazariy) tadqiqotlar atrof borliqdagi yangi qonunlarni ochishga, hodisalararo aloqalarni aniqlashga, yangi nazariya va tamoyillar yaratishga yo‘naltiriladi. Ular ijtimoiy bilimni kengaytirishga, tabiat qonunlarini yanada chuqurroq anglashga imkon beradi. Bu tadqiqotlar fanning ichida ham, ijtimoiy ishlab chiqarishda poydevor va asos (fundament) hisoblanadi.

Amaliy tadqiqotlarning ilmiy negizi (bazasi) ishlab chiqishga yo‘naltiriladi. Mazkur negiz ishlab chiqarishning yangi vositalari (uskunalar, mashinalar, materiallar va texnologiyasi)ni yaratish yoki mavjudlarini takomillashtirish bilan bevosita bog‘liq. Bu tadqiqotlar jamiyatning ishlab chiqarish muayyan tarmoqlarini rivojlantirishga bo‘lgan talablarini qondirish maqsadida bajariladi.

Ishlanmalar yoki tajriba konstruktorlik ishlari (TKI)dan maqsad amaliy (yoki fundamental) tadqiqotlarning natijalaridan texnika va ishlab chiqarish texnologiyasining yangi xillarini barpo qilish hamda o‘zlashtirish yoki mavjud namunalarni takomillashtirish maqsadida foydalanishdan iboratdir. TKI jarayonida ilmiy-tadqiqotlar texnikaviy takliflarga aylanadi. Fan va ishlab chiqarishning uyg‘unlashgan tizimida bunday aylanish tarxi 1-rasmda keltirilgan.

Fundamental va amaliy ITIlarni bajarish jarayoni bir qator asosiy bosqichlarni o‘z ichiga ola­di. Ular muayyan mantiqiy ketma-ketlikda joylashadi.


1-rasm. Ilmiy-tadqiqotlarni fan - ishlab chiqarish uyg‘unlashgan sistemasida texnikaviy takliflarga aylantirish tarxi


XULOSA


Xulosa qilib aytish mumkinki, ilmiy ish boshqa har qanday ishdan o‘zining maqsadi — yangi ilmiy bilimni olishi bilan farq qiladi. Ayni shu ish jarayonida voqelik haqidagi ob’ektiv bilimlar ishlab chiqiladi va bir tizimga solinadi.

Biroq fanda qandaydir bir yangi ilmiy faktni aniqlash kamlik qiladi, unga fan pozitsiyasidan turib izoh berish, uning umumiy bilishga oid, nazariy yoki amaliy ahamiyatini ko‘rsatish, shuningdek ilgari ma’lum bo‘lmagan yangi jarayonlar va hodisalarni oldindan ko‘ra bilish talab etiladi.

Ilmiy ish bu avvalo qat’iy rejali faoliyatdir. Garchi fanda tasodifiy kashfiyotlar qilinib tursa-da, lekin faqat rejali, zamonaviy vositalar bilan puxta qurollangan ilmiy tadqiqot tabiat va jamiyatdagi ob’ektiv qonuniyatlarni ochish va teran bilishga imkon beradi. Shundan keyin avval-boshdagi fikrning aniq maqsadni ko‘zlab ishlanishini davom ettirish, oldindan mo‘ljallangan tadqiqot sxemasini aniqlashtirish, o‘zgartirish, unga qo‘shimchalar qilish jarayoni kechadi.


Download 327.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling