Mavzu: ilmiy ish natijalarini rasmiylashtirish va axborotlarni uzatish bajardi: aminova mushtariy ilmiy rahbar
Download 327.39 Kb.
|
Ilmiy ish natijalarini rasmiylashtirish va axborotlarni uzatish
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’n beshinchi
O’n to‘rtinchi bosqichda aniqlangan pedagogik samaradorlik mezoni bo‘yicha tajriba sinov ishi natijalarini baholash jarayoni qarab chiqiladi. Bunda, albatta ilmiy-nazariy ishlanmalar va ular orqali hosil bo‘lgan ta’lim texnologiyasini amaliyotda ko‘llash natijasida hosil bo‘lgan axborotlarning aniqlik darajasi muhim rol o‘ynaydi, chunki samaradorlikni hisoblashlardagi foizni belgilash muammosi hamda ularni ko‘rgazmali tasvirlashlarda aniklik muhim rol o‘ynaydi.
Bunda pedagogik samaradorlikni aniklash va baholashda ishlab chiqilgan ta’lim texnologiyasini amaliyotga ko‘llashdagi tajriba sinov ishi natijalari bo‘yicha muammoga qo‘yilgan maqsadga erishganlikka avvalo tashxis ko‘yiladi. Bu jarayon ham o‘ziga xos ijodiy faoliyat bo‘lib, yangi pedagogik texnologiya, yangi axborot texnologiyalari va ularning samaradorligi kelajakda shug‘ullanilayotgan yo‘nalish tarakkiyotiga mazkur ishlanmalar ta’siri salmogini baholay bilishdan iboratdir. Keyin tadqiqot natijasining moye sohasini takomillash-tirishga va rivojlantirishga bashorat kilinadi. Bu tashxis va bashorat orkali ilmiy tadqiqot ishiga xulosa chiqarilib, umumlashtirilib, unda maqsadga erishganlik, tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyatiga rasmiylashtirilib, yaratilgan ishlanma-larni amaliyotga ko‘llashda yo‘riqnoma ko‘rsatmalar tayyorlanadi. O’n beshinchi boskichda tadqikot natijalarini sarhisob qilib, uni amaliy hayotga ko‘llashga tegishli bo‘lgan barcha hujjatlar: yo‘riqnomalar, ko‘rsatmalar va tavsiyanomalar tayyorlanadi. Tadqiqotning amaliy ahamiyati bahosi rasmiylashtiriladi va lozim topilganda ulardan ommaviy foydalanish uchun risolalar tayyorlanadi. Qayd etilgan algoritmik tizimdagi boskichlar doimo o‘zaro aloqadorlikda bo‘lib, to‘g‘ri aloqadorlik davrida hamma bosqich, albatta katnashadi. Teskari aloqa paytida o‘ziga kerakli bosqichga murojaat qilish mumkin. Bu yaratilgan algoritmik tizimni joriy qilishda o‘z navbatida tadqiqotchidan dastlabki ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlashdan tortib ta’lim modullari yoki modellarni tuzishga ilmiy tadqiqot ishlarini yuqori saviyada olib borishni talab etadi. Tabiiyki, bu bilan ishlab chiqilgan ta’lim texnologiyalarining hayotiyligi oshadi va pedagogik samaradorligini ta’minlash kafolatlanadi. Pedagogik tadqiqotni boshqarishning algoritmik tizimini amaliyotda joriy qilishda ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, saklash, uzatish ishlarini bajaruvchi sakkiz algoritmik blok quyidagi funksiyalarni bajaradi: masalaning (muammosini) qo‘yilishini aniqlash va saqlash; o‘rganiladigan joy va jarayonni aniqlash; ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlarga ajratish va taqsimlash; tuzilgan ta’lim modullari va modellari tuzilmasini muammo qo‘yilishini e’tiborga olib sintez qilish; foydalaniladigan mezonni aniklash va asoslash; foydalanishi kerak bo‘lgan ta’lim texnologiyasini tanlash va saklash; boshqarshpni joriy qilish uchun boshqarish algoritmini tanlash, saqlash va asoslash; algoritmik tizimni joriy kilishga tayyorlash. Pedagogik tadqiqotlarni boshkarishning algoritmik tizimi yaratilishi mazkur sohadagi ilmiy izlanishlarni optimal variantini tanlashni kafolatlaydi. Yaratilgan algoritmik tizimning ta’lim-tarbiya jarayonini ilmiy tahlil qilishga, ya’ni mazkur soha bo‘yicha hodisa va jarayonlardagi qonuniyatlarni yechishga ko‘llanishi nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga ega. Pedagogik amaliyotlarni boshkarishning algoritmik tizimi ta’lim-tarbiya sohasidagi ko‘pgina muammolarning optimal yechimlarini topish uchun universal metodologiya (uslubiyot) bo‘lib, undan, ozgina o‘zgartirishlar qilish orqali boshqa texnik va iqtisodiy muammolar yechimini topishda ham foydalanish mumkin. Download 327.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling