Mavzu: Inflatsiya riski va uning iqtisodiy ta’sirini kamaytirish yo’llari Kirish


Kurs ishining mavqadi va vazifalari


Download 0.88 Mb.
bet2/9
Sana15.03.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1271980
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Allanazaroc Shaxzod Kurs ishiii

Kurs ishining mavqadi va vazifalari. Kurs ishining asosiy maqsadi O`zbekiston Respublikasida inflyatsiyaning kelib chiqishini o`rganib, uni bartaraf etish yo`llarini ishlab chiqishdan iborat. Kurs ishining maqsadidan kelib chiqib quyidagilar vazifa etib belgilandi:

  • Inflyatsiyanig kelib chiqish sabablarini o`rganish chiqish;

  • Inflyatsiyani hisoblash usullarini o`rganish;

  • O`zbekistonning inflyatsiya darajasini tahlil qilish;

  • O`zbekistonda inflyatsiyani kamaytirishning chora-tadbirlarini o`rganish.

Kurs ishining tuzilish va tarkibi. Kurs ishining tuzilishi jihatdan, rejalar uchta, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Kurs ishi 42 betdan iborat bo’lib, 4 ta rasm va 2 jadvalni o’z ichiga oladi.

1. Inflatsiya riski tushunchasi va uning mazmun mazmun-mohiyati
Iqtisodiy adabiyotlarda esa bu atama XX asrda, birinchi jahon urushidan keyin keng tarqaldi. Inflyatsiya tushunchasi juda serqirra bo’lib, iqtisodiy adabiyotlarda uning ko’plab izohlari mavjud. Ma’lumki, inflyatsiya darajasiga asosan omonatchilar, xoh u yuridik shaxs bo’lsin, xoh u jismoniy shaxs bo’lsin, o’zlarining vaqtincha bo’sh pul mablag’larini tez sur’atlarda hamda katta daromad keltiradigan sohalarga yo’naltirish orqali ta`sir etadilar. Agarda mamlakatdagi inflyatsiya darajasi yuqori sur’atda bo’lsa omonatchilar o’z mablag’larini turar-joy, xorijiy valyuta, oltin, avtomobillar sotib olishga harakat qiladilar hamda ular tijorat banklarining xizmatidan voz kechadilar.
Inflatsiya 3 turga bo’linadi
O’rmalovchi inflatsiya. Bunda nar-navo sekin o’sadi va inflatsiya suratlari yiliga 1-3 % dan 5-10 % gacha bo’ladi. Mamlakat iqtisodiy o’sishda davom etadi, ishsizlik katta bo’lmaydi bunday inflatsiya odatda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga xosdir.
Suzib yuruvchi inflatsiya. Bunda yillik inflatsiya suratlari 10 % dan 100 % gacha bo’ladi. Mamlakatda narx-navo tezroq o’sa boshlaydi, iqtisodiy o’sish suratlari pasayadi, ishsizlik ko’paya boradi. Bunday inflatsiya rivojlanmayotgan
davlatlarga xosdir.
Giperinflatsiya. Bu haddan tashqari kuchaygan inflatsiya bo’lib, uning yillik o’sish suratlari 100 % dan ko’p bo’lib, ayrim hollarda 100 % dan ham ortadi. Nar-navo shiddat bilan o’sadi, pul qadri g’oyat tez pasayadi, pul topishga intilish eng past darajaga keladi. Giperinflatsiya sharoitida korxonalar va aholi nima qilib bo’lsa ham chet-el valyutasini yig’ishga harakat qilishadi. Narx-navoni umuman tartibga solib bo’lmay qoladi, narxlar oyiga 50 % dan o’sadi. Tovarlar sotib olishda barter usulida foydalanish vujudga keladi. Pul muomalasi izdan chiqadi.

1 – rasm.
Inflyatsiya - pul massasining tovar aylanmasi ehtiyojlariga nisbatan ortib ketishi natijasida pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarining o`sishidir.

2 – rasm.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling