Mavzu: Inflatsiya riski va uning iqtisodiy ta’sirini kamaytirish yo’llari Kirish
Download 0.88 Mb.
|
Allanazaroc Shaxzod Kurs ishiii
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inflyatsion risklarning yuzaga kelishning asosiy sabablari
- Inflyatsiya darajasi
- 1 + ir =
Inflyatsiya riski - bu inflyatsiyaning o’sishi natijasida olinadigan pul shaklidagi daromadlarning qadrsizlanishidir. Bunda tadbirkorlar sezilarli darajada moliyaviy yo’qotishlarga duchor bo’ladilar. Inflyatsiya risklari tashqi risk hisoblanib, unga ta'sir qilish imkoniyatlari juda kichik bo'ladi. Inflyatsion risk moliyaviy risklarni tarkibiy qismi bo’lib, boshqa risklardan ajratilgan tartibda bo’lishiga qaramay investitsiya, kredit, valyuta va boshqa risklar bilan ham uzviy bog’liqdir.
Inflyatsion risklarning yuzaga kelishning asosiy sabablari milliy iqtisodiyot ayrim sohalari o‘rtasidagi nomutanosibliklar jamg‘arma va iste’mol ortasidagi nomutanosibliklar talab va taklif orasidagi nomutanosibliklar davlat daromadlari va xarajatlari orasidagi nomutanosibliklar Inflyatsya riski iste’mol narxlarini o’sishi va xarid qilib olish qobilyatining passayishi natijasida investitsiya daromadliligini kamaytiradi. Inflyatsion risklar ko’zda tutilmagan moliyaviy yuqo`tishlar paydo bo’lish ehtimoli bilan xarakterlanganligi uchun, uning darajasini baholashda investitsiyalashdan ko’zda tutilayotgan daromadning o’rtacha yoki hisob miqdoridan chetlanishi aniqlanadi. Shuning uchun investitsion risklarni baholash ko’zda tutilayotgan daromadlar va ularni yo`qotish ehtimolini baholash bilan bog’liq. Inflyatsiya riskini baholashda ikkita tushunchadan foydalaniladi: - inflyatsiya darajasi; - inflyatsiya indeksi. Inflyatsiya darajasi - o‘rganilayotgan davr ichida narxlar qancha foizga o‘zgarganligini bildiradi, ya’ni bahoning o‘sish sur’atini ko‘rsatadi:bu yerda: –inflyatsiya darajasi; N–summa (tovarning davr boshidagi bahosi); –joriy narx bilan oldingi narx orasidagi farq. Inflyatsiya indeksi - o’rganilayotgan davr ichida narxlar necha martaga oshganligini ko’rsatadi: yoki Agar o’rganilayotgan muddat bir nechta davrga (n ta davr) bo’linsa, har bir davrdagi inflyatsiya darajasi orqali aniqlandi: Agar o’rganilayotgan muddat bir hil davrga (n ta davr) bo’lib, har bir davrdagi inflyatsiya darajasi bir hil bo’lsa, inflatsiya indeksi quydagicha aniqlandi: Bundan kelib chiqib, inflyatsiyaning umumiy darajasi: Umum qabul qilingan tartibga ko‘ra, turli davrdagi iqtisodiy ko‘rsatkichlarni solishtirish uchun tovarlar, xizmatlar va aktivlar narxlari inflyatsiya darajasini hisobga olgan holda to‘g‘rilanishi yoki o‘zgartirilishi lozim. Shu bois, iqtisodchilar nominal narx nomini, ya’ni tovar va xizmatlarning “Price List”da ko‘rsatilgan narxini va pulning sotib olish qobiliyatini aks ettiruvchi real narxlarni alohida farqlashadi. Foiz stavkasi bilan inflyatsiya darajasining o’zaro nisbatini hisobga olish uchun inflyatsiyani hisobga olmagan holdagi u yoki bu valyutada aks etgan nominal foiz stavkasi in bilan nominalni inflyatsiya darajasiga tuzatuvchi real foiz stavkasi ir bilan farqlash lozim. Daromadlilikning real stavkasini hisoblash uchun mablag‘ sifatida ma’lum standartlashtirilgan iste’mol savati ishlatiladi. Shunga ko‘ra, daromadlilikning real stavkasi ushbu savatning tarkibiga bog‘liqdir. Milliy iste’mol narxlari indeksini hisoblashda taqqoslanishi mumkin bo‘lgan iste’mol tovarlari savati ishlatiladi. Agar nominal foiz stavkasi yillik 8%ni tashkil etsa, iste’mol narxlari indeksi o‘zgarishiga proporsional tarzda o‘zgaruvchi inflyatsiya darajasi esa yillik 5% bo‘lsa, daromadlilikning real stavkasi qanday bo‘ladi? Ichki hissiyotga suyangan holda, daromadlilikning real stavkasi bu – nominal foiz stavkasi va inflyatsiya o‘rtasidagi farq deb taxmin qilishimiz mumkin bo‘lib, bizning misolimizda bu ko‘rsatkich 3%ga teng bo‘lar edi. Umuman olganda, bu ham to‘g‘ri bo‘ladi. Lekin, shunday bo‘lsada, bu yerda ayrim holatlarni inobatga olmoq lozim. Daromadlilikning real stavkasi, nominal foiz stavkasi va inflyatsiya darajasining nisbati aks etgan umumiy formula quyidagi ko‘rinishga ega: 1 + ir = yoki, mos ravishda, ir Buyerda: ir – daromadlilikning real stavkasi; in – nominal foiz stavkasi; id - inflyatsiya darajasi. E’tibor bering, nominal ko‘rinishda ishonchli bo‘lgan, belgilangan daromadi bo‘lgan instrument real ko‘rinishda ma’lum darajada risk tashiydi. Misol uchun, faraz qilaylik, bank omonatchilarga risksiz dollarli yillik 8%li foiz stavkasini taklif qilmoqda. Ayni vaqtda kelajakdagi inflyatsiya darajasi avvaldan noma’lumligi sababli, real ko‘rinishda pulni ushbu bank hisob raqamiga qo‘yish riskli bo‘ladi. Agar taxmin qilinayotgan inflyatsiya darajasi yillik 5%ni tashkil etsa, daromadlilikning kutilayotgan real stavkasi yillik 2,857% bo‘ladi. Agarda inflyatsiya darajasi 5%dan yuqori bo‘lsa, daromadlilikning real stavkasi yillik 2,857%dan kam bo‘ladi. Agar yillik foiz stavkalari (APR (annual percentage rate)) nisbatini uzluksiz foizlarni hisoblash bilan birga qo‘llasak, ifoda quyidagi shaklni oladi: Shunday qilib, agar nominal APR yiliga 8% va inflyatsiya darajasi 6% bo‘lsa (uzluksiz hisoblashni hisobga olsak), haqiqiy foiz stavkasi uzluksiz hisoblanuvchi yillik ir = 8 – 6 = 2 % ga teng bo‘ladi. Qat’iy belgilangan daromadli vosita nominal ifodada ishonchli, real ifodada esa ma’lum darajada riskga ega. Misol uchun, tasavvur qilaylik, bank sarmoyadorlarga 8 foizli risksiz yillik foiz stavkasini taklif qiladi. Kelajakda inflyatsiya darajasi noma’lum ekanligi sababli, real qiymatda ushbu bank hisobvarag‘iga pul qo‘yish riskli bo‘ladi. Bunday holda kutilgan real daromadlilik stavkasi quyidagicha bo‘ladi: yoki yiliga 1,89%ni tashkil qiladi. Agar inflyatsiya darajasi 6% dan yuqori bo‘lsa, real daromadlilik stavkasi 1,89% dan kam bo‘ladi. Shunday qilib, inflyatsiya riski deb yuqori inflyatsiya natijasida olingan daromad o‘sib borishiga qaraganda tezroq (xarid qilish qobiliyati nuqtai nazaridan) qadrsizlanish riskiga aytiladi. Inflatsiya riskini minimallashtirish usullaridan biri, moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha keladigan nominal daromadga inflyatsiya mukofoti hajmining kiritilishi hisoblanadi. Inflyatsiya sur’atlarining istiqbolini belgilash qiyin bo‘lsa, moliyaviy operatsiyalar bo‘yicha olinadigan real daromad hajmini ushbu moliyaviy operatsiyalar vaqtida amal qilgan valyuta kursi bo‘yicha milliy valyutaga qayta hisoblash orqali biron bir barqaror valyutada hisob-kitob qilinishi mumkin. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling