Mavzu: Inflatsiya riski va uning iqtisodiy ta’sirini kamaytirish yo’llari Kirish
Download 0.88 Mb.
|
Allanazaroc Shaxzod Kurs ishiii
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inflyatsiyaning turli jarayonlarga ta’siri.
Inflatsiya mukofoti. Aytaylik, boshlang‘ich R summa muayyan muddat ichida belgilangan foiz stavkasida Rt summaga aylanadi, inflyatsiya sharoitida esa u boshqa foiz stavkasini talab qilgan holda summaga aylansin.
miqdor inflyatsiya darajasi, Ik = 1 + miqdor esa inflyatsiya indeksi ekanligidan, ya’ni yillik inflyatsiya darajasida n yildan keyin dastlabki qiymatga aylanadi, bu esa boshlang‘ich R summasining murakkab foiz stavkasiga oshib borishiga teng bo‘ladi. 1-misol. Narxlar har oyda 2 foizga oshib borsin deylik. Banklar va moliya kompaniyalari ko‘pincha mijozlarni riskli omonatlarga jalb qilishadi, masalan, inflyatsiya darajasini 2% • 12 = 24% hisoblash orqali yillik 25% li, bamisoli foyda keltiradi. Aslida esa, 12 oy mobaynida narxlar (1 + 0,02)12 = 1,268 marta oshadi, ya’ni yillik inflyatsiya sur’ati 1,268 - 1 = 0,268 yoki 26,8% ni tashkil etadi. Hisoblash shuni ko‘rsatadiki, yiliga 25% foiz stavkasi unchalik ham o‘ziga jalb qilmaydi hamda faqat inflyatsiyadan yo‘qotishlarni minimallashtirish nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilishi mumkin. Agar kredit foizining oddiy yillik stavkasi i ga, inflyatsiyani hisobga olgan kredit foizi stavkasi id ga teng bo‘lsa, u holda bir tomondan va boshqa tomondan, ga teng bo‘ladi. ekvivalentlik tenglamasidan quyidagi kelib chiqadi: Bu I.Fisher formulasi deb atalib () summasi inflyatsion yo‘qotishlarni bartaraf etish maqsadida real daromad stavkasiga qo‘shilishi kerak bo‘lgan qiymatdan iborat bo‘ladi. Bu miqdor inflyatsiya mukofoti deb ataladi. Formula daromadning real stavkasiga oddiygina inflyatsiya sur’atini qo‘shgan holda inflyatsiyani hisobga oluvchi foiz stavkasini hisoblaydigan keng tarqalgan xatoning oldini oladi, ya’ni agar i = 20% vi 10% bo‘lsa, inflyatsiyani hisobga oluvchi foiz stavkasi i + = 0,2 + 0,1 = 0,3 ni yoki 30% ni tashkil qiladi. Biroq, bu yerda yoki 2% ga teng bo‘lgan boshqa qo‘shiluvchini kiritishimiz kerak bo‘ladi. O‘n minglab sh.b. ga ko‘paytirilgan bu ko‘paytma inflyatsiya summasiga sezilarli qo‘shimcha qo‘shadi. Inflyatsiyaning turli jarayonlarga ta’siri. Bu yerda qarzdorlar nima uchun kutilmagan inflyatsiyadan yutishini muhokama qilish o‘rinlidir. Aytaylik, siz bankdan 10 ming sh.b. da mablag‘ oldingiz, bir yildan so‘ng qarzning asosiy miqdorini ham va yillik 8 % bilan foizini ham to‘lashingiz kerak. Agar inflyatsiya darajasi yiliga 8 %ga belgilangan bo‘lsa, qarz bo‘yicha real foiz stavkasi nolga teng. Agar siz 10800 sh.b.dagi mablag‘ni qaytarib berishingiz kerak bo‘lsa ham, ushbu summaning real qiymati jami 10000 sh.b. dagi mablag‘ bo‘ladi. 800 sh.b.dagi foiz 10000 sh.b.dagi qarzning xarid qobiliyati pasayishini qoplaydi xolos. Boshqacha aytganda, qarzingizni "arzonlashgan" pul bilan to‘laysiz. Shuning uchun, qarz bo‘yicha foiz stavkasi oldindan belgilangan bo‘lsa, debitorlar kutilmagan inflyatsiyadan mamnun, kreditorlar esa aksincha. Inflyatsiyadan himoyalangan, depozit sertifikatlariga qilinadigan investitsiyalarni ko‘rib chiqamiz. Siz 10 sh.b.dagi mablag‘ni bir yilga quyidagi bironta sxema bilan investitsiya qilmoqchisiz: bir yil muddatga yillik 8% foiz stavkasi bilan 1-turdagi depozit sertifikatini sotib olish yoki yillik inflyatsiya darajasiga yillik 4% qo‘shib hisoblanadigan foizli boshqa 2-turdagi depozit sertifikatini sotib olish. Kelgusi yil uchun inflyatsiya darajasining istiqboliga qarab, riskli vaziyatlardan birini tanlash imkoni mavjud. Agar siz inflyatsiya darajasi yiliga 3% ekanligiga ishonch hosil qilsangiz, 2 turdagi depozit sertifikati (ikkinchi sxema) bo‘yicha nominal foiz stavkasi faqat 7% ni tashkil etadi va siz, albatta, 1-turdagi depozit sertifikatini (birinchi sxema) tanlar edingiz. Biroq, siz inflyatsiya darajasi yiliga 4% dan ortiqroq deb hisoblasangiz, u holda 2-turdagi depozit sertifikatini tanlagan bo‘lar edingiz, masalan, inflyatsiya darajasi 5% bo‘lganda, 2-turdagi depozit sertifikati bo‘yicha nominal foiz stavkasi 9% ni tashkil etadi. Ta’kidlash joizki, real pul oqimlarini diskontlashda nominal foiz stavkasidan yoki nominal pul oqimlarini diskontlashda real foiz stavkasidan foydalanish mumkin emas. Masalan aytaylik, agar siz bankka 4267 sh.b. miqdorida mablag‘ berishingiz siz uchun qiyin bo’lsin, shunda sakkiz yildan keyin o‘qishning birinchi yilini to‘lash uchun yetarlicha mablag‘ to‘plash maqsadida har yili sakkiz yil davomida pulingizni teng miqdorda (real qiymatda) qo‘yishingiz mumkin bo‘ladi. Agar siz har yili pulingiz uchun 2% miqdoridagi real foiz stavkasini olishingizga amin bo‘lsangiz, qanday summani har yili ajratishingiz kerak bo‘ladi? Inflyatsiya darajasi 4 foizga oshsa, har yili hisobvarag‘iga aniq qancha pul qo‘yishingiz kerak bo‘ladi? Ushbu savollarga javob topish uchun doimiy real to‘lovlarni va real foiz stavkasini hisobga olish kerak. Ushbu formula orqali Sn= 5000 sh.b., R = 0, i = 0,02 va t = 8 ga teng bo‘lganda joriy xarid quvvatini topib olamiz: Shunday qilib, yillik omonat miqdori bugungi kunda 582,55 sh.b. miqdoridagi xarid quvvatiga muvofiq bo‘lishi kerak. Yiliga 4% inflyatsiya darajasida har yili hisobvaraqqa qo‘yiladigan real miqdor quyidagi 1- jadvalda keltirilgan.
Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling