Mavzu: informatika va axborot texnologiyalari fanini o`qitishda loyihaviy metodlardan fotdalanish mundarija: kirish i-bob. Informatika va axborot texnologiyalari faniga kirish


Download 381.11 Kb.
bet13/15
Sana16.06.2023
Hajmi381.11 Kb.
#1503620
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O`QITISHDA LOYIHAVIY METODLARDAN FOTDALANISH

Pedagogik tashxislash - o‘quv jarayonini maqbullashtirish, o‘quvchilar bilim darajasini farqlash, ta’lim dasturi va metodlarini takomillashtirishga qaratilgan monitoring va baholash usullari majmuidir.
Pedagogik tashxislashda o‘qituvchi quyidagilarni hisobga olishi zarur:

  • nimani, nega o‘rgatish kerak;

  • qanday darajada o‘rgatish kerak;

  • qanaqa metodlar, vositalar, pedagogik va axborot texnologiyalari, ularning integratsiyasidan foydalanib o‘rgatish kerak;

  • qanday sharoitda (o‘zini-o‘zi bilish, o‘zini-o‘zi nazorat qilish, o‘zini-o‘zi baholash) o‘rgatish kerak va h.k.

Pedagogik tashxislashninng asosiy metodlari test, og‘zaki so‘rov, yozma ishlardir. Pedagogik tashxislash ta’lim jarayonining natijasini hisobga oladi. Natija-pedagogik faoliyatning yakuni bo‘lib, u yutuqlar va muvaffaqiyatli bo‘lishi ham, muvaffaqiyatsiz bo‘lishi ham mumkin.
Natija – oldindan belgilangan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan, faoliyat oxirida aniqlanadigan, maqsadli o‘zgarishdir. Boshqacha aytadigan bo‘lsak, natija qo‘yilgan maqsadga yo‘naltirilgan jarayon tugagandan keyingi holat. Bu holat ijobiy ham, salbiy ham bo‘lishi mumkin.
Faoliyat natijasi maqsad bilan bog‘liq. Maqsad- ta’lim jarayonidan kutilgan natijaning ifodasi. Maqsadga, ya’ni kutiladigan natijaga pedagogik vazifani hal etish orqali erishiladi. Shuning uchun maqsad ham, kutiladigan natija ham ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi qismlardan tashkil topib, shaxsga ta’lim beruvchi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi bir butun jarayon sifatida qaraladi (13.1-rasm).

13.1-расм. Pedagogik faoliyatda maqsad va natija
Natijaviylik esa mahsuldorlik, samaradorlik ya’ni ta’lim jarayoni yakunida ijobiy natijaga erishishdir.
Informatika ta’limi jarayonida natija va natijaviylikka erishganlikni baholash orqali aniqlash mumkin. Natijani baholash uchun baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari belgilangan bo‘lishi kerak. Baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari o’quvchi shaxsning rivojlanish bosqichining asosiy g‘oyasi, maqsadi va vazifasidan kelib chiqib informatika o‘qituvchisi tomonidan ishlab chiqiladi.

Download 381.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling