Mavzu: informatika va axborot texnologiyalari fanini o`qitishda loyihaviy metodlardan fotdalanish mundarija: kirish i-bob. Informatika va axborot texnologiyalari faniga kirish
Download 381.11 Kb.
|
INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI O`QITISHDA LOYIHAVIY METODLARDAN FOTDALANISH
amaliyotga yo'naltirilgan loyiha ishtirokchilarining yoki tashqi buyurtmachining ijtimoiy manfaatlariga qaratilgan bo’ladi. Masalan, turli tipdagi kompyuterlar(oddiy tipda-matn terishga, office dasturlarini o’rgatishga mo’ljallangan yoki, server vazifasini bajaruvchi, amaliy masalalarni yechishga moljallangan kompyuterlar)ni terish loyihasi
axborot loyihasi obyekt yoki biror voqeilikni tahlil qilish uchun shu sohadagi axborotlarni yig’ish, qayta ishlash asosiy tushunchalarni umumlashtirishga qaratilgan loyihalar. Masalan, axborotlashgan jamiyatnining ijoviy va salbiy tomonlari, o’quvchilarda axborot madaniyatining shakllanganligini tahlil qilish va h.k.; ilmiy loyiha biror tadqiqot olib borish jarayoni(pedagogik, ishlab chiqarish, falsafiy-jamiyatni rivojlaninshiga hissa qo’shadigan)da ilmiy xulosalar, izohlar, hukmlar berish; ijodiy loyihalalar bajarilgan biror jarayonning natijalarni taqdim etishga ijodkorning erkin va noan'anaviy yondashuvlarini o'z ichiga oladigan loyihalar. Bunga biror yangi kompyuter dasturni ishlab chiqish, ta’limiy elektron dastur yaratish, sayt yaratish va h.k. rolli loyiha - bunday loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish qiyin bo’lib, unda ishtirok etadiganlar, hayotiy, adabiy va tarixiy qahramonlar rollarini ijro etishadi. Informatika darslarida bunday loyihalarda o’quvchilar dasturchi, kompyuter qurulmalarini sotuvchishi, reklama agenti va boshqa rollarda dars mazmunini eritishga hissa qo’shishi nkerak bo’ladi 2) Davomiyligi bo'yicha: a) mini (kichik) loyihalar,bir yoki 2 darsga; b) qisqa muddatli (1-2 oyga, 1 semestrga mo’ljallangan) loyihalar; c) yillik loyihalar. 3)Bog’liqlik aloqalari bo’yicha: guruhli,biror muassasa doirasida, regionda, mintaqaviy va halqaro loyihalarga bo’linadi. Informatika darslarida loyihaviy o’qitishning natijasi biror mahsulot bo’lishi lozim: masalan, slaydlar to’plami, biror sayt, qayta ishlangan fotosuratlar, devoriy gazeta, qayta ishlangan video, audio, turli ko’rgazmalar, qo’llanmalar, iqtisodiy, statistik hisobotlar va h.k. Ta'lim loyihasi o’quvchi nuqtayi nazaridan: bu guruhda yoki yakka holda o'zingizning xohishingiz bilan qiziqarli narsalarni qilish, qobiliyatingizni oshirish imkoniyati; omma oldida erishilgan natijalarni namoyish etish imkoniyati, bilimingizni amalda qo'llash, o'z bilimlarini isbotlash tadbiri Amaliy xarakterdagi qiziqarli masalani echishga qaratilgan tadbirlar. Ta’lim loyihasi o’qituvchi nuqtayi nazaridan esa ta’lim va tarbiyani rivojlantirishga imkon beradigan o'qish va o'qitishning didaktik vositasidir. Loyihaviy o‘qitish texnologiyasini informatika o`qituvchisining o`quv faoliyatini tashkil etuvchi jarayon hisoblanadi. Bunda; O`qituvchi tomonidan taklif etilgan kichik loyihalarning maktab o`quvchilari tomonidan bajara olinadigan bo’lishii; Loyiha asosida faoliyat tashkil etilganda o`quv-mavzularda rejalashtirilayotgan loyihani topshirish muddati aniq ko’rsatilishi; Loyiha asosida o`quv faoliyatini tashkil etishga o`qituvchi rahbarlik qilishi va u loyihaning boshqaruvchi, yo’naltiruvchisi hisoblanishi; Loyihalar yakka shaxslarga va guruhlarga qaratilgan bo`lishi. Loyiha topshiriqlari aniq, ravon shakllantirilgan, uning maqsad va vazifalari tushunarli, o`quvchilar bilan uning bajarish yo`llari kelishilgan bo`lishi; Ayrim hollarda yuqori sinf o`quvchilarining hohish va istaklariga binoan loyihalarni shakllantirish loyiha rahbari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi; O`quv loyihalari oldindan ishlab chiqilgan mezon ko`rsatkichlari asosida baholanishi, loyihada predmetlararo maqsadlar ko`zda tutilsa, yakuniy baholar ham chiqarilgan bo’lishi; O`quv yili davomida o`rnatilgan tartibda tuzilgan loyihalar taqdimotini ilmiy konferensiyalarda, pedagogik kengashlarda, metod birlashmalarda himoya qilish yoki tanlovlar tariqasida o`tkazilishi kerak bo’ladi. Informatika fanidan loyiha asosida tashkil etiladigan darslar o`qituvchidan darsni tashkiliy jihatidan puxta o`ylangan, sifatli, ishchanlik muhitida, o‘quvchilarni jarayonga qiziqtira oladigan tarzda loyihalay olishni talab etadi. O`quv jarayonini loyiha asosida tashkil etishda o‘qituvchidan faollikda ish yurituvchi emas, balki keng qamrovli ijodkor pedagog rolini bajarilishi talab etiladi. Loyihalar asosida o`quv jarayonini tashkil etishda o`qituvchi fidoyilik ko`rsatishi, o`quvchini ruhlantirishi, ularni qiziqtirishi orqali pirovard maqsadga erishishi talab etiladi. Loyiha asosida tashkil etiladigan darslar va unga sarf etiladigan vaqt, tashkiliy ishlar, beriladigan va to`g`ri yo`lga soluvchi savollar oldindan rejalashtirilgan bo’lishi kerak. Bundan tashqari dars jarayonida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan kamchilik, xatolar, ularning oldini olish, jarayonning tahliliy tomonlari ham oldindan hisobga olinishi kerak. Informatika o’qituvchisi loyihaviy faoliyati ikki turga bo’linadi. Birinchisi, o’z pedagogik faoliyatini loyihalash, ikkinchisi esa, dars jarayonida loyiha texnologiyasidan foydalanish. Informatika o’qituvchisi o’z pedagogik faoliyatini loyihalashi quyidagi bosqichlardan iborat: ta’lim maqsadlari (ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi) va natijalar(mavzu o‘rganilgandan so‘ng nimalarga erishish kerakligi)ni belgilash; natijalar asosida nazorat topshiriqlari(yozma, og‘zaki uchun savollar, test,) va baholash mezonlarini ishlab chiqish; o‘quv jarayonining texnologik xaritasi (dars ishlanmasi)ni ishlab chiqish va o’qitish jarayonini amalga oshirib, xulosa va tavsiyalarga ega bo’lish [42]. Informatika o’qituvchilarini tayyorlashda loyiha texnologiyasidan foydalanishni ko’rib o’tamiz: Fan. Informatika o’qititsh metodikasi. Kurs: 3-kurs, 6-semestr Mavzu. Zamonaviy informatika xonasini jihozlash Dars turi: laboratoriya mashg‘uloti Mashg‘ulotning maqsadlari (maqsad aniqlashtiriladi) Download 381.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling