a) mashg‘ulotning ta’limiy maqsadi: Bu darsda bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini:
informatika xonasini jihozlashni o‘rganishiga erishish;
informatika xonasida partalar, kompyuterlar, o‘qituvchi o‘rni, elektron doskaning joylashuvini o‘rgatish;
informatika xonasidan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatish;
zamonaviy informatika xonasidan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishga o‘rgatish.
b) mashg‘ulotning tarbiyaviy maqsadi:
Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida zamonaviy informatika xonasidan foydalanishga erishish orqali o‘z-o‘ziga ishonch, o‘qituvchilik g‘ururini tarbiyalash.
v) mashg‘ulotning rivojlantiruvchi maqsadi:
Bo‘lajak informatika o‘qituvchilarida mavjud mutaxasislikka oid bilimlarini zamonaviy informatika xonasidan foydalanish orqali rivojlantirishga erishish.
2.Mashg‘ulot turi (mashg‘ulot shakli) - laboratoriya mashg‘uloti
3. Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan metod va texnologiya (mashg‘ulot qo‘llaniladigan metod va texnologiya tahlil qilinib tanlanadi): aqliy hujum, loyiha texnologiyasi, kichik guruhlarda ishlash hamkorlikda ishlash
4. Mashg‘ulotning jihozlari (vositalar tahlil qilinib, tanlanadi): kompyuter, elektron doska, zamonaviy informatika xonasi aks ettirish uchun plakatlar yoki prezentatsiyalar.
5. Mashg‘ulotdan kutiladigan natijalar (kutiladigan natija aniqlashtiriladi)
Bu dars yakunida bo‘lajak informatika o‘qituvchilari:
informatika xonasini jihozlashni o‘rganishga erishadilar;
informatika xonasida partalar, kompyuterlar, o‘qituvchi o‘rni, elektron doskaning joylashuvini o‘rganadilar;
informatika xonasidan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganadilar;
zamonaviy informatika xonasidan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishni o‘rganib oladilar.
Darsning borishi, (mashg‘ulot mazmuni yoritiladi)
Darsning tashkiliy qismi (o‘qituvchi darsga kiradi, salomlashadi, davomat aniqlaydi, auditoriya tozaligini tekshiradi, proyektor orqali tayyorlangan slaydni ekranga tushirib, mavzu va uni maqsadini e’lon qiladi).
Darsning mazmuni (O‘qituvchi guruhni 3 ta kichik guruhga bo‘lib, 3ta plakat qog‘oz beradi va guruhlarga bir xildagi topshiriqni slayd shaklida ekranga tushirib qo‘yadi (1-slayd)).
Siz o‘zingiz dars olib boradigan zamonaviy informatika xonasini qanday bo‘lishini xoxlaysiz? Xona loyihasini yarating (plakatga tasvirlang yoki prezentatsiyasini yarating!
Xona qanaqa xavfsizlik qoidalariga amal qilish lozim deb o‘ylaysiz?
1-slayd
Beriladigan vaqt- 60 minut
Talabalar o‘zaro kelishgan holda, berilgan topshiriq bo‘yicha guruhlarda mustaqil ishlaydilar, berilgan vaqt tugagach taqdimotni o‘tkazadilar. Taqdimotlar quyidagicha bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |