Mavzu: ingliz tilida sinonimiya va omonimiya hodisasi
Download 217.2 Kb.
|
Abdulfayzova Orzigul Magamadaminovna
UMUMIY XULOSАLAR
1.O‘zaro sinonim bo‘lgan so‘zlar guruhi sinonimlar qatori deyiladi. Sinonimlar qatoridagi bir so‘z bosh so‘z (asosiy so‘z) hisoblanadi. Bosh so‘z o‘zining ma’nodoshlariga nisbatan ommabop bo‘ladi va muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, hozirgi adabiy tilga mansubligi, emotsional bo‘yoq, uslubiyatga ko‘ra betarafligi va shu kabi xususiyatlari bilan ajralib turadi. Shuningdek bu so‘zlar turli sohalarda turlicha ishlatiladi. Sinonim so‘zlar uslubiy jihatdan qo‘llanilishiga ko‘ra farqlanadi. 2.Ingliz va o‘zbek tillarida sinonimlarning quyidagi turlari borligiga amin bo‘ldik: to‘liq (mutlaq); qisman (nisbiy). Mutlaq sinonimlar ma’nosi bir-biriga to‘liq to‘g‘ri keluvchi, bir -birining o‘rnida erkin almashinib qo‘llaniluvchi sinonimlardir. Alloh (arab),Tangri(turkiy),Xudo(forsiy) 3.Barcha tillardagi kabi ingliz va o‘zbek tillarida ham fikr bir necha xil tarzda tinglovchga yetkaziladi. Ularni quyidagicha qiyoslaganimizda, I loved the girl/Men qizni sevdim; the girl 1 loved/men sevgan qiz. Ushbu namunalar sintaktik sinonimiyaga yaqqol misol bo‘la oladi. Nutqimizda shu kabi sinonimlardan foydalanish orqali turli xildagi qaytariqlardan, bir xil va zerikarli jumlalardan qochib, nutqning yanada jozibali, takrorlanmas, uslubiy xilma-xil bo‘lishi va adabiy tilning o‘ziga xos funksiyasini o‘tashi uchun imkon bergan bo‘lamiz. 4. M.Mirtojiyev ta’kidlaganidek, semantik sinonimlar besh ko‘rinish: ideografik,emotsional - ekspressiv, uslubiy, uzvi ta’kidli va nofaol sinonimlarga bo‘linadi. Ideografik sinonimlarning leksik ma’nosi biri ikkinchisidan ifodasi kengligi, emotsional-ekspressiv sinonimlarning emotiv yo ekspressiv semalari turliligi, uslubiy sinonimlarning turli nutqqa xosligi, uzvi ta’kidli sinonimlarning turli semasiga ta’kid tushishi, nofaol sinonimlarning biri arxaik yo dialektalligi bilan ular o‘zaro farqlanadi. 5. O‘zbek, ingliz va shu kabi tillarda muloqotga kirishganda ularda qo‘llaniladigan sinonimlarni salmog‘ini oshirish bevosita nutqimizni barqarorlogiga va bo‘yoqdorlik darajasi yuqori bo‘lishiga hissa qo‘shadi. Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, tilshunoslikda olib borilayotgan har bir izlanish nafaqat o‘zbek adabiy tilining boyib borishiga balki, shu tilda muloqot qiluvchi xalq ma’naviyatiga ham ta’sir ko‘rsatishiga aminmiz. Mana shunday mavzu va g‘oyalarni ingliz tili va boshqa xorijiy tillar bilan hamohang holda o‘rganish har bir tadqiqotchi va o‘quvchlar uchun asos vazifasini bajarib, o‘rganilayotgan obyektni yanada takomillashib, sayqallanib borishida muhim ahamiyat kasb etadi. 6. Sinonimlar guruhini har bir tahlil qilinayotgan so‘zning semantikasini ochib beruvchi qiyosiy so‘z bilan o‘rganish mumkin. Til so‘zlari tizimida o‘z ma’nosini bir-biriga yo‘naltirganligi sababli, bir xil turkumdagi boshqa so‘zlarning semantikasidan farqli o‘laroq, ularning semantikasida umumiy va farqli narsaga ega bo‘lgan ko‘plab so‘zlar turkumini ajratib ko‘rsatish mumkin. So‘zlarning ta’riflarida umumiy va turli elementlarning soni bo‘yicha ularning bog‘lanish darajasini baholash mumkin 7.Tilning rivojlanishi jarayonida lug‘at tarkibida sodir bo‘lgan fonetik o‘zgarishlar tarixan ko‘plab omonimlarning paydo bo‘lishiga xizmat qilgan. Bunday o‘zgarishlar natijasida avvallari turlicha talaffuz qilingan so‘zlar o‘xshash tovush shakliga ega bo‘la boshlagan, omonimlar paydo bo‘lgan. 8. Ingliz tilidagi omonimiyaning asosiy manbalari: 1) konversiya; 2) so‘z yasalishi; 3) qarz olish; 4) qisqartirishlar; 5) fonetik o‘zgarishlardir. 9. Ingliz tilida omonimlar quyidagi tasnif bo‘yicha ajratiladi: qisman omonimlar, mutlaq omonimlar, omofonlar, omograflar va paronimlar. 10.Omonim so‘zlarning ma’no jihatdan mos kelmasligining asosiy belgisi ularni bog‘lovchi yagona semantik komponentning yo‘qligi va uni lug‘atlar yordamida aniqlashning qiyinligidir. Omonimlar asosida hazil va latifalar yaratiladi. Omonimlar har qanday tilni boyitish va bezashga qodir, so‘zlarning o‘xshash tovushiga asoslangan ko‘p sonli so‘z birikmalarini yaratishga imkon beradi. Download 217.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling