O‘spirinlik davri. - O‘spirinlik davri.
- O‘spirinlik davri ikkiga bo‘linadi ilk o‘spirinlik va o‘spirinlik. Ilk o‘spirinlik davri 15-18 yoshlarni qamrab oladi. Bu kollej va litsey talabalari hisoblanishadi. O‘spirinlik davri talabalik davri hisoblanadi 19-23yoshlarni qamrab oladi. Ilk o‘spirinlik davri katta hayot ostonasida turgan yoshlar hisoblangani uchun ulardagi eng katta motivlardan biri bu kasb tanlash motivi hisoblanadi. Bu davrda mehnat faoliyati ustunlik qiladi. O‘spirinlik davriga kelib mustaqil hayotga qadam tashlanadi, buning natijasida har bir yoshda umr yo‘ldoshi tanlash funksiyasi ustunlik qiladi. Bunda har xil motivlar asosida umr yo‘ldoshi tanlanadi.
- Yetuklik davri. Yetuklik davri uch bosqichga bo‘linadi: yoshlik, birinchi bosqichi va ikkinchi bosqichi. YOshlik davri 23-28 yoshlardan iborat bo‘lib, bu davrning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida kamolga erishgan shaxs sifatida faol ishtirok etish va ishlab chiqarishda mehnat faoliyatini amalga oshirishdan iboratdir. Yetuklik davrining birinchi bosqichiga 28-35 yoshlar kiradi yetuklik davrida odam o‘zining barcha kuch-quvvati, qobiliyati, aql-zakovati, ichki imkoniyatlarini o‘z kasbiga, ijtimoiy faoliyatiga, jamoat ishlariga to‘la safarbar qila oladi. Yetuklik davrining ikkinchi bosqichi 36-55 (60) yoshlardagi erkak va ayollarni o‘z ichiga oladi. Yetuklik davrining ikkinchi bosqichida qarilik alomatlari ko‘proq o‘rin egallaydi, uning boshlanish nuqtasi 45-50 yoshlardir. Lekin odamlarning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra buchegara turlicha, masalan, bu bir kishida 60 yoshda, boshqa birida esa 70 yoshda bo‘lishi mumkin.
Psixogerontologiya keksayish davri. Keksayish davriga 61 (56) -74 yoshli erkak va ayollar kiradi. Bu davrdagi kishilarxilma-xil xususiyatlari, shaxslararo munosabatlari bilan boshqa yosh davrdagilaridan ajralib turadi. Mazkur yoshdagilarni shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin: a)mutlaqo iste’foga chiqqan, ijtimoiy faol bo‘lmagan erkak va ayollar, b)nafaqaxo‘r erkak va ayollar, lekin ijtimoiy hayotning u yoki bu jabhalarida faoliyat ko‘rsatayotgan keksalik alomatlari bosayotgan odamlar. Keksayish davrida biologik organlarning zaiflashuvi psixik jarayonlarning ham o‘zgarishiga olib keladi. Ruhiy keksayish alomatlari ayollarda ertaroq paydo bo‘ladi.. - Psixogerontologiya keksayish davri. Keksayish davriga 61 (56) -74 yoshli erkak va ayollar kiradi. Bu davrdagi kishilarxilma-xil xususiyatlari, shaxslararo munosabatlari bilan boshqa yosh davrdagilaridan ajralib turadi. Mazkur yoshdagilarni shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin: a)mutlaqo iste’foga chiqqan, ijtimoiy faol bo‘lmagan erkak va ayollar, b)nafaqaxo‘r erkak va ayollar, lekin ijtimoiy hayotning u yoki bu jabhalarida faoliyat ko‘rsatayotgan keksalik alomatlari bosayotgan odamlar. Keksayish davrida biologik organlarning zaiflashuvi psixik jarayonlarning ham o‘zgarishiga olib keladi. Ruhiy keksayish alomatlari ayollarda ertaroq paydo bo‘ladi..
Do'stlaringiz bilan baham: |