Keksalik davri. Keksalik 75-90 yoshdagi erkak va ayollar kiradi va bunday odamlarning boshqa yosh davrlaridagi odamlardan keskin farqlanadigan xususiyatlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Keksalarni jismoniy va aqliy faollikka moyil hamda passiv turmush tarziga ko‘nikkan qariyalar guruhiga ajratish mumkin. - Keksalik davri. Keksalik 75-90 yoshdagi erkak va ayollar kiradi va bunday odamlarning boshqa yosh davrlaridagi odamlardan keskin farqlanadigan xususiyatlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. Keksalarni jismoniy va aqliy faollikka moyil hamda passiv turmush tarziga ko‘nikkan qariyalar guruhiga ajratish mumkin.
Ongning rivojlanishi va ijtimoiy-tarixiy tajribalarni o‘zlashtirilishi - Endilikda psixologik va xulq-atvor shakllanishida yangi pog‘onaga ko‘tarilish uchun organizm ichki tuzilishi va unda kechadigan jarayonlarni, irsiy axborotni o‘zgartirish shart emas.
- «Oliy psixik funksiyalar» tushunchasi fanga L.S.Vigotskiy tomonidan kiritilgan bo‘lib, bunday funksiyalar sirasiga L.S.Vigotskiy tushunchali tafakkur, mantiqiy xotira, ixtiyoriy diqqatni kiritgan edi. L.S.Vigotskiy shunday deb yozgan edi: «Oliy psixik funksiyalar» tushunchasi va tadqiqotlarimiz predmeti hodisalarning ikki guruhini o‘z ichiga oladi… Bular, birinchidan, madaniy rivojlanish va tafakkurning tashqi vositalari – til, yozuv, hisob, rasm chizishni egallash jarayonlari; ikkinchidan, chegaralanmagan va aniq belgilanmagan va an’anaviy psixologiyada ixtiyoriy diqqat, mantiqiy tafakkur, tushunchalarning hosil bo‘lishi deb ataluvchi maxsus oliy psixik funksiyalarning rivojlanish jarayonlari. Ularning ikkalasi ham birgalikda biz shartli ravishda bola xulq-atvori oliy shakllarining rivojlanish jarayoni deb ataydigan jarayonni hosil qiladi».
Mehnat qurollari, belgili tizimlarning kashf etilishi, takomillashtirilishi va keng qo‘llanilishi yordamida insoniyat o‘z tajribasini turli matnlar, ijodiy mehnat mahsuli ko‘rinishida to‘plash va saqlab qolish, ta’lim-tarbiya tizimi orqali uni avloddan-avlodga o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Keyingi avlod vakillari avvalgilari tomonidan ishlab chiqilgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirgan holda o‘z taraqqiyotlarini davom ettirdilar. - Mehnat qurollari, belgili tizimlarning kashf etilishi, takomillashtirilishi va keng qo‘llanilishi yordamida insoniyat o‘z tajribasini turli matnlar, ijodiy mehnat mahsuli ko‘rinishida to‘plash va saqlab qolish, ta’lim-tarbiya tizimi orqali uni avloddan-avlodga o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Keyingi avlod vakillari avvalgilari tomonidan ishlab chiqilgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirgan holda o‘z taraqqiyotlarini davom ettirdilar.
- Shu tarzda, asta-sekin asrdan asrga o‘tgan sayin odamlarning ijodiy layoqatlari takomillashib bordi, borliq haqidagi bilimlari kengayib va chuqurlashib, insonni hayvonot dunyosi uzra yuksak pog‘onalarga olib chiqdi. Vaqt o‘tishi bilan inson tabiatda o‘xshashi bo‘lmagan ko‘plab jismlarni yaratdi va ularni takomillashtirdi. Bu jismlar insonga moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qilish bilan birga, inson qobiliyatlarini rivojlantirish uchun manba funksiyasini o‘tadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |