Mavzu: inson psixikasining ontogenezda rivojlanishi rеjа
Download 0.49 Mb.
|
INSON PSIXIKASINING ONTOGENEZDA RIVOJLANISHI
3. Shuningdek, inson va hayvonlar tafakkuridagi tafovutlar ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu ikki nomlari tilga olingan tirik mavjudotlar dunyoga kelishlari bilan ko‘rgazmali-harakat ko‘rinishidagi oddiy amaliy masalalar echimini topish kabi yashirin, ammo yuzaga chiqishi tayin bo‘lgan layoqatga ega bo‘ladilar. Lekin, idrok taraqqiyotining keyingi ikki – ko‘rgazmali-tasavvur va so‘zlashuv-mantiqiy tafakkur bosqichlarida – ular o‘rtasida keskin farqlar namoyon bo‘ladi. Faqat yuqori tuzilgan hayvonlargina tasavvurlarni qo‘llay oladilar, shu bilan birga, bu fikr fanda hanuzgacha bahslarga sabab bo‘lmoqda. Odamda ushbu layoqat ikki-uch yoshlarda namoyon bo‘ladi. So‘zlashuv-mantiqiy tafakkurga keladigan bo‘lsak, hayvonlarda idrokning bu turiga tegishli belgilar ko‘rinmaydi, chunki ular mantiqni ham, so‘zlar ma’nosini ham udda qilolmaydilar.
4. Hayvonlar va odamda hissiyotlar ifodalanishining taqqoslanishi haqidagi masala o‘rganilishining murakkabligi bilan ajralib turadi. Uni hal etishdagi qiyinchilik odam va hayvonlarga xos bo‘lgan birlamchi hissiyotlar tug‘ma xususiyatga ega ekanliklarida o‘z aksini topgan. Shu bilan birga, inson hayvonlarda mavjud bo‘lmagan yuksak axloqiy his-tuyg‘ularga ega.
Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling