Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Reja
-mavzu: Iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalar
Download 1.8 Mb.
|
1. MA\'RUZA (5)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mamlakat investitsiya siyosatini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarning o’rni. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning ahamiyati.
2-mavzu: Iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalar
REJA Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ob’ektiv zarurligi. Iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish shakllari. Mamlakat investitsiya siyosatini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarning o’rni. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning ahamiyati. Xorijiy investitsiyalarning mazmun-mohiyati. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ob’ektiv zarurligi. O’zbekiston Respublikasining 1998 yil 30 apreldagi “CHet el investitsiyalar” to’g’risidagi Qonunning 3-moddasiga ko’ra “CHet el investorlari asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob’ektlariga qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka doir huquqlar, chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O’zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e’tirof etiladi”. Xorijiy investitsiyalar - chet el investorlari tomonidan yuqori darajada daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat iqtisodiyotining tadbirkorlik va boshqa faoliyat ob’ektlariga safarbar etiladigan mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklardir. CHet el investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Ular milliy iqtisodiyotga chetdan, ularning kelishini rag’batlantirgan holda jalb qilinadi. CHet eldan investitsiyalash kapital oqimining bir iqtisodiyotdan boshqasiga chiqib ketishini bildiradi, boyliklarni yanada foydaliroq shartlarda joylashtirish va investitsiyalar chet ellikka – kapital egasiga qaytishiga qadar nisbatan uzoq vaqt davomida mablag’lar oqimini ta’minlash maqsadlarini nazarda tutadi. Ularga mamlakatlararo kuchib yurish xos bo’lib, chet el investitsiyalari mohiyat jihatidan o’z milliy investitsiya muhitini o’zga muhitga almashtiradi. Xavfsizlik, daromadlilik, kapitallashuv va likvidlikdan tashqari chet el investitsiyalarining o’ziga xos muhim belgisi - aniq maqsadlarni ko’zlashi hisoblanadi. Ularning e’tiborini tortuvchi iqtisodiyot ham o’z maqsadlariga erishishga intiladi. Bu maqsadlar samaradorlik, ishlab chiqarishni o’stirish, bozorlarga kirib borish kabi vazifalar bulishi mumkin. SHu sababli, o’zaro manfaatlarning mos tushishi, ishonchli munosabatlar, kirib borish sharoitlarini hisobga olish investitsiyalarning bir mamlakatdan boshqasiga ko’chishining asosi hisoblanadi. CHet el investitsiyalari ichki investitsiyalardan farqli ravishda mamlakat, valyuta, milliylashtirish, rekvizitsiya kabi qo’shimcha risklarga to’qnashish ehtimoliga ega buladi. Demak, ularning risklar doriasi ancha keng. Respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning zarurligi va ahamiyati birinchidan, ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo’ljalangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi; ikkinchidan, import o’rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo’naltirish va pirovardida aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash imkonini yaratadi; uchinchidan, kichik va o’rta biznesni rivojlantirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini jadalashtirish orqali o’sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta’minlaydi; to’rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi; beshinchidan, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga ko’maklashadi va h.k. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling