Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Reja


Iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish shakllari


Download 1.8 Mb.
bet28/75
Sana09.06.2023
Hajmi1.8 Mb.
#1470492
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75
Bog'liq
1. MA\'RUZA (5)

Iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish shakllari.

Iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish siyosati mavjud mablag’lardan, vaqtdan va imkoniyatlardan samarali foydalanishga, turli xil risklarni, mavjud shart-sharoitlarni hisobga olgan holda boyliklarni samarali joylashtirishga va shu yo’l bilan respublika iqtisodiyotini ko’tarishga, uning jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilishiga, chet el investitsiyalarining kirib kelishini rag’batlantirish yo’li bilan investitsiyalarni, ko’proq, iqtisodiyotning ustivor tarmoqlariga jalb qilishga hamda ulardan samarali foydalanishga qaratilgan.
CHet ellik investorlar O’zbekiston Respublikasi hududida investitsiyalarni quyidagi yo’llar bilan amalga oshirishlari mumkin:
- O’zbekiston Respublikasining yuridik va (yoki) jismoniy shaxslari bilan birgalikda tashkil etilgan xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarining, banklar, sug’urta tashkilotlari va boshqa korxonalarning ustav jamg’armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo’shib qatnashish;
- chet ellik investorlarga to’liq qarashli bo’lgan xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarini, banklar, sug’urta tashkilotlari va boshqa korxonalarni barpo etish va rivojlantirish;
- mol-mulk, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarni, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz majburiyatlarini sotib olish;
- intellektual mulkka, shu jumladan mualliflik huquqlari, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xauga, shuningdek ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish;
- kontsessiyalar, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo’lgan kontsessiyalar olish;
- savdo va xizmat ko’rsatish sohalari ob’ektlariga, turar joy binolariga ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda mulk huquqini, shuningdek yerga egalik qilish va undan foydalanish (shu jumladan ijara asosida foydalanish) hamda tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini sotib olish orqali.
Bugungi kunda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning bir qancha shakllari mavjud. Bulardan:

  • ulush qo’shib qatnashishi orqali qo’shma korxonalarni tashkil etish;

  • 100% mol-mulk xorijiy investorga tegishli bo’lgan xorijiy korxonalarni tashkil etish;

  • yirik xorijiy kompaniya va firmalarning sho’’ba korxonalari va filiallarini tashkil etish;

  • kontsessiya va lizing sharnomalari tuzish;

  • tenderlar e’lon qilish;

  • erkin iqtisodiy hududlar tashkil etish;

  • moliyaviy aktivlarni sotish va sotib olish.

- yuridik shaxslar tuzish yoki ularning ustav jamg’armalarida (kapitallarida) ulushli ishtirok etish, shu jumladan mol-mulkni yoki aktsiyalarni olish;
- qimmatli qog’ozlarni, shu jumladan O’zbekiston Respublikasi rezidentlari tomonidan emissiya qilingan qarz majburiyatlarini olish;
- kontsessiyalarni, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo’lgan kontsessiyalarni olish;
- mulk huquqini, shu jumladan ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda savdo va xizmat ko’rsatish sohalari ob’ektlariga, turar joylarga mulk huquqini, shuningdek yerga hamda boshqa tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish (shu jumladan ijara asosida foydalanish) huquqini qonun hujjatlariga muvofiq olish.
CHet ellik investorlar O’zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tashkil etishlari hamda O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan uzlariga berilgan barcha huquqlar, kafolatlar va imtiyozlardan foydalanishlari mumkin.
O’zbekiston Respublikasi hududidagi chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar deganda aktsiyalarining (ulushlari, paylarining) yoki ustav jamg’armasining kamida qttiz foizini chet el investitsiyalari tashkil etadigan korxonalar tushuniladi. Ular O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid kelmaydigan har qanday tashkiliy-huquqiy shakllarda faoliyat ko’rsatadilar. CHet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona qatnashchilaridan biri ushbu qonun 4-moddasining ikkinchi, uchinchi yoki to’rtinchi xatboshilarida ko’rsatilgan chet ellik investor bo’lishi shart.
CHet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona uni ta’sis etish yo’li bilan yoki ilgari chet el investitsiyalari ishtirokisiz ta’sis etilgan korxonada ishtirok etish ulushini (payini, aktsiyalarini) yoxud bunday korxonani butunlay, shu jumladan xususiylashtirish jarayonida chet ellik investor tomonidan sotib olinishi natijasida tashkil etilishi mumkin.
CHet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona davlat ro’yxatiga olingan paytdan e’tiboran yuridik shaxs huquqiga ega bo’ladi. CHet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tashkil etish va ularni davlat ro’yxatiga olish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.




  1. Download 1.8 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling