Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Reja
Markazlashgan va markazlashmagan kapital qo’yilmalar
Download 1.8 Mb.
|
1. MA\'RUZA (5)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Markazlashtirilmagan investitsiyalar, ular quyidagilardan iborat
Markazlashgan va markazlashmagan kapital qo’yilmalar.
1. Markazlashtirilgan investitsiyalar, ular quyidagilardan iborat: - davlat byudjeti mablag’lari; - davlat byudjetidan tashqari fondlar mablag’lari; - hukumat kafolati ostida beriladigan xorijiy kreditlar; - hukumat qarorlarig ko’ra belgilanadigan boshqa manbalar. 2. Markazlashtirilmagan investitsiyalar, ular quyidagilardan iborat: - mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar mablag’lari; - tijorat banklarining, shu jumladan xorijiy tijorat banklarining kreditlari; - jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy jismoniy shaxslar mablag’lari; - qonun hujjatlarga zid bo’lmagan boshqa manbalar. Markazlashtirilgan investitsiyalar respublika halq xo’jaligini tarkibiy qayta qurishni, respublikaning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish salohiyatini saqlab qolish va rivojlantirishni, amalga oshirish moliyalashtirishning boshqa manbalari hisobiga mumkin bo’lmagan ijtimoiy muammolarni va boshqa muammolarni hal etishni ta’minlovchi respublika iqtisodiyotining ustuvor yo’nalishlarida asosiy fondlarini yaratish va ko’paytirish uchun foydalaniladi. Markazlashtirilgan ivestitsiyalar faqat: - respublika iqtisodiyotining ustuvor yo’nalishlariga davlat maqsadli dasturlarini va davlatlararo bitimlarni amalga oshirishga; - aholining ehtiyojmand qatlamlarini davlat tomonidan ijtimoiy muhofaa qilishni ta’minlash uchun uy-joy qurilishiga; - suv xo’jaligi qurilishiga; - aholi yashaydigan joylarning muhandislik infratuzilmasini rivojlantirishga; - davlat boshqaruvi organlari, mudofaa va huquqni muhofaza qilish organlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustaxkamlashga; - fan, ta’lim, sog’liqni saqlash, sport, madaniyat va ijtimoiy infratzilmaning boshqa tarmoqlari ob’ektlari qurilishiga; - umumdavlat tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishga va ta’biiy ofatlardan himoya qilish inshootlari qurilishiga ajratiladi. Markazlashtirilgan manbalar hisobiga ob’ektlar qurilishiga shartnomalar tuzish huquqiga ega bo’lgan tashkilot buyurtmachi hisoblanadi. Markazlashtirilgan manbalar hisobiga ob’ektlar qurilishiga shartnoma bo’yicha pudratchilar tanlov savdolari shartlariga va tuzilgan shartnomaga muvofiq ishlar bajarilishini ta’minlashga qodir bo’lgan yuridik shaxslar bo’lishlari mumkin. Zarurat bo’lganda qo’shma faoliyat to’g’risidagi shartnomaga muvofiq ish ko’ruvchi yuridik shaxs maqomiga ega bo’lmagan yuridik shaxslarning birlashmasi qurish shartnomasi bo’yicha pudratchilar bo’lishi mumkin. Buyurtmachi va pudratchi, bosh pudratchi va subpudratchilar, loyiha tashkilotlari va asbob-uskunalar, qurilish materiallari va konstruktsiyalarini yetkazib beruvchilar o’rtasidagi munosabatlar vositachi tashkilotlar va boshqa oraliq bo’g’inlarning ishtirokisiz faqat shartnoma asosida quriladi. Bunda ham moddiy-texnika resurslarini o’zaro bergan holda, ham ular berilmagan holda subpudrat tashkilotlar tomonidan ishlarning bajarilishi bitta ob’ekt qurilishi doirasida vositachining ishi hamda moddiy-texnika resurslarini tashqariga realizatsiya qilish, deb hisoblanmaydi. Markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshiriladigan kapital qurilishni moliyalashtirish va kreditlash sxemasi
Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling