Mavzu: Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni va mohiyati. Reja
Mamlakat investitsiya siyosatini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarning o’rni. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning ahamiyati
Download 1.8 Mb.
|
1. MA\'RUZA (5)
Mamlakat investitsiya siyosatini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarning o’rni. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning ahamiyati.
Xorijiy investitsiyalarni jalb etish tadbirlarini amalga oshirishda quyidagi tamoyillarga asoslaniladi: tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish sohasida aniq maqsadni ko’zlab siyosat yuritish; respublika iqtisodiyotiga bevosita kapital mablag’ni keng jalb etishni ta’minlaydigan huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-sharoitlarni tobora takomillashtirish; respublika jahon darajasidagi texnologiyalarni yetkazib berayotgan, iqtisodiyotning zamonaviy tarkibini vujdudga keltirishga ko’maklashayotgan xorijiy sarmoyadorlarga nisbatan iqtisodiy rag’batlantirish tamoillarini qullash; mablag’larni raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqaradigan, mamalakatning eksport salohiyatini kutara oladigan muhim ustuvor tarmoqlarga yunaltirish. Respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarning o’rni ishlab chiqarish quvvatlarining jismoniy va ma’naviy eskirganligi, ularning qayta tiklashga yoki texnik jihatdan qayta jihozlashga yoki umuman, yangilashga oid bo’lib qolganligi; sanoat tarmog’ida moddiy texnika bazasining o’ta pastligi va ko’pgina zarar ko’rib ishlaydigan korxonalarning mavjudligi; respublika milliy daromadida jamg’arish bilan iste’mol o’rtasidagi nisbatning iste’mol tomonga ko’plab sarflanayotgani va jamg’arishning investitsiya manbai sifatida kamayib borayotganligi; O’zbekistonning tabiiy boyliklarga boyligi va bu yerda ko’plab qayta ishlovchi korxonalarni qurish imkoniyatining mavjudligi; aholi sonining o’sib borayotganligi va kichik zamonaviy ixcham korxonalarni barpo etish, ularni mehnat resurslarining manbai bo’lmish qishloqqa yaqinlashtirish zarurligi; respublika eksportida xom ashyo salmog’ini kamaytirish va ko’plab tayyor mahsulotlar chiqarish imkoniyatiga ega bo’lishligi bilan izohlanadi. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdan maqsad, kontrakt ishtirokchilarini patentlar, savdo markazlariga ega bo’lishga, boshqarish tajribasini egallashga, sotish bozorlarini o’rganishga, tashkiliy bilimlarni egallash va boshqalarni o’zlashtirishga qaratiladi. Bunda eng muhimi jahon bozoriga o’z mahsulotlarini olib chiqish va ushbu bozor ishtirokchisi bo’lishdir. To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning O’zbekistonga kirib kelishi, qisqa vaqt ichida, mulkchilikning turli shakllarini tashkil topishiga ko’maklashdi, O’zbekiston iqtisodiyotida tarkibiy qayta qurishni, nufuzli tarmoqlarni barpo etilishini ta’minladi. Eng muhimi, O’zbekiston iqtisodiyotining baynalminallashini va O’zbekistonning xalqaro bozorga o’z mahsulotlarini olib chiqishini va u yerda o’z o’rniga ega bo’lishini ta’minlaydi. Buning oqibatida eksport o’sishini va respublikamizning to’lov balansini tobora ijobiylashib borishiga erishiladi. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling