Mavzu: Iqtisodiy bilim asoslari fanini o‘qitish metodlari Reja
Interfaol ta'lim texnologiyasi
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
4CHYDVDQpXm9pxd7oOicCtghNwYAyAN67ogoSd9E
Interfaol ta'lim texnologiyasi - har bir o‘qituvchi barcha o‘quvchilar
ko‘zda tutilgandek o‘zlashtiradigan mashg‘ulot olib borishni ta'minlaydi. Bunda har bir o‘quvchi o‘z motivlari va intellektual darajasiga ega holda mashg‘ulotni oldindan ko‘zda tutilgan darajada o‘zlashtiradi. Interfaol mashg‘ulotlarni amalda qo‘llash bo‘yicha ayrim tajribalarni o‘rganish asosida bu mashg‘ulotlarning sifat va samaradorligini oshirishga ta'sir etuvchi ayrim omillarni ko‘rsatishimiz mumkin. Ularni shartli ravishda tashkiliy pedagogik, ilmiy-metodik hamda o‘qituvchiga, o‘quvchilarga, ta'lim vositalariga bog‘liq omillar deb atash mumkin. Ular o‘z mohiyatiga ko‘ra ijobiy yoki salbiy ta'sir ko‘rsatishini nazarda tutishimiz lozim . Interfaol ta'limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar o‘tkazish, o‘quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma'ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko‘pligi, o‘quvchilar tashabbus ko‘rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo‘lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo‘lib, ular ta'lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega. Hozirda ta'lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo‘nalishlardan biri interfaol ta'lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Interfaol usullarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog‘lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi. Iqtisodiy ta'limdagi milliy ta'lim texnologiyalari birinchi navbatda insonparvarlik tamoyiliga asoslanadi. Ushbu yo‘nalishning asosiy farq qiluvchi tomoni bo‘lib, unda talabaning individualligiga (iqtisodiyot sohasidagi bo‘lajak mutaxassis, uning shaxsi, alohida xususiyatlarini e'tiborga olgan holda mustaqil faol bilim olish faoliyatiga aniq yo‘naltirilganlik) alohida e'tibor qaratilishidir. Ushbu fikr va mulohozalardan kelib chiqib, iqtisodiy ta'limda o‘quv fanlari bo‘yicha ta'lim texnologiyalarini loyihalashtirishga bo‘lgan quyidagi asosiy konseptual yondashuvlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: - shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim. O‘z mohiyatiga ko‘ra, ta'lim jarayonidagi barcha ishtirokchilarning to‘laqonli rivojlanishini ko‘zda tutadi. Ushbu holat faqatgina ta'lim jarayonini individuallashtirish va tabaqalashtirishnigina emas, (davlat ta'lim standartlari talablariga rioya qilgan holda ta'lim oluvchining shaxsini intellektual rivojlanish darajasiga yo‘naltirilganlik) balki ruhiy-kasbiy va shaxsiy xususiyatlari hamda ta'lim oluvchining qobiliyatlarini e'tiborga olishni ko‘zda tutadi; - tizimli yondashuv ta'lim texnologiyasi tizimining barcha belgilariga (jarayonning mantiqi, barcha tarkibiy qismlarning o‘zaro aloqadorligi, bir butunligi) ega bo‘lishi lozim; - faoliyatli yondashuv. Ta'limni shaxsning jarayonli sifatlarini shakl- lanishiga, ta'lim oluvchining faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyatlari va imkoniyatlarini yuzaga chiqarish, mehnatsevarlik va tashabbuskorlikka yo‘naltirilganligini belgilab beradi; - suhbatli yondashuv. Sub'ektlarning (ta'lim jarayonining ishtirokchilari) o‘zaro ta'siri va psixologik birdamligini yaratishning zarurligi. Bunga asosan shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-o‘zini taqdimot qilishi kabi ijodiy jarayonlari kuchayadi; - hamkorlikdagi ta'limni tashkil etish. Demokratizm, tenglik, ta'lim oluvchi va ta'lim beruvchi o‘rtasidagi sub'ektiv munosabatlarida sherikchilik, faoliyatning maqsadi va mazmunini hamkorlikda ishlab chiqish va erishilgan natijalarni baholash; - muammoli o‘qitish. Ta'lim mazmunini muammoli taqdim etish asosida ta'lim oluvchilar bilan faol o‘zaro ta'sir etish usullaridan biri hisoblanadi. Bu usulda ilmiy bilishdagi obyektiv qarama-qarshiliklarni va ularni bartaraf etish usullarini aniqlash, demokratik fikrlashni shakllantirish va rivojlantirish, amaliy faoliyatda ulardan ijodiy foydalanish bo‘yicha mustaqil ijodiy-bilish faoliyati ta'minlanadi; - axborotlarni taqdim etishning eng yangi vositalari va usullarini qo‘llash; - yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini ta'lim berish jarayoniga tatbiq etish. O‘quv dasturi doirasida moliyaviy va boshqaruv tahlili, iqtisodiy tahlil fanini o‘qitish o‘quv jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan, texnik vositalar, tarqatma materiallar va ko‘rgazma qurollardan foydalanishni ko‘zda tutadi. Ma'ruza mashg‘ulotlarini olib borishda muammoli, mualliflik, binar, vizual kabi interaktiv shakllardan foydalanish ko‘zda tutiladi. Amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda hamkorlikda o‘qish (koop-koop), insert, klaster, T-sxema kabi o‘qitish usullaridan foydalanish tavsiya etiladi. Har bir ko‘rsatib o‘tilgan ta'lim texnologiyalari, birinchidan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish sharoitlari, pedagogik maqsadlari, vazifalari va kutilayotgan o‘quv natijalari, o‘quv mashg‘ulotining rejasi, o‘qitish usullari va vositalari to‘g‘risidagi axborot materialiga ega bo‘ladi. Ikkinchidan, bu o‘quv mashg‘ulotining texnologik xaritasi bo‘lib, unda o‘quv mashg‘ulotida qo‘yilgan maqsadlarga erishish bo‘yicha ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchining hamkorlikdagi bosqichma-bosqich faoliyati bayon etilgan bo‘ladi. Barcha axborotlar maksimal darajada umumlashtirilgan va tartibga solingan bo‘ladi. Axborotlar lo‘nda shaklda bayon etilgan, qabul qilish va eslab qolish uchun qulay shaklda, ya'ni jadvallar va chizmalar ko‘rinishida taqdim etiladi. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar quyidagi o‘qitishning interaktiv usullaridan foydalanishni ko‘zda tutadi: ma'ruza-disputlar, seminardisputlar, ishbilarmonlik o‘yinlari, iqtisodiy debatlar, keys-stadi. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling