Mavzu: Iqtisodiy bilim asoslari fanini o‘qitish metodlari Reja
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
4CHYDVDQpXm9pxd7oOicCtghNwYAyAN67ogoSd9E
- Bu sahifa navigatsiya:
- Interfaol metod
Mavzu: Iqtisodiy bilim asoslari fanini o‘qitish metodlari Reja: 1. Interfaol metodlarning ta'lim va tarbiya jarayonidagi o‘rni va ahamiyati 2. Iqtisodiy bilim asoslri darslarida “Bahs-munozara”, “Loyiha”, Charxpalak, BBB metodlaridan foydalanish 3. “Tushunchalar tahlili”, “Klaster”, FSMU interfaol uslublaridan iqtisodiy bilim asoslari fani darslarida foydalanish Interfaol metod – ta'lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interaktiv» (interfaol)-inglizcha so‘z bo‘lib, interact»- inter-bu o‘zaro, act-bu harakat qilmoq ma'nosini anglatadi.Umumlashtirganda esa interaktiv (interfaol) – o‘zaro harakat qilmoq ma'nosini anglatadi. Interfaol ta'lim bu: - strategiya va metodologiya; - doimiy muloqotga asoslangan metodlar tizimi; - birgalikdagi o‘qish va faol ishtirok etishdir. Interfaol metod-ta'lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo‘llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta'limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar o‘tkazish, o‘quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma'ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko‘pligi, o‘quvchilar tashabbus ko‘rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo‘lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo‘lib, ular ta'lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling