Mavzu: Iqtisodiy bilim asoslari fanini o‘qitish metodlari Reja


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana18.12.2022
Hajmi0.59 Mb.
#1029959
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4CHYDVDQpXm9pxd7oOicCtghNwYAyAN67ogoSd9E

 “YOZMA BAHS” metodi
Metodning maqsadi: o‘quvchilarga o‘quv xonasidagi tengdoshlari bilan 
birgalikda shu oila jamoatchiligi fikrini to‘lqinlantirayotgan mavzularda 
muloqotlar rejalashtirish imkonini berish. Metod orqali o‘quvchilarga berilgan 
mavzu sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirish sharoiti yaratiladi, ularda munozara 
madaniyati va o‘z fikrini asoslash qobiliyati rivojlantiriladi. 
Bu uslubdan foydalanishda o‘qituvchi o‘quvchilarni baholash uchun asos 
xizmatini o‘tovchi ajoyib materialga ega bo‘ladi. Yozma bahslar metodi bunday 
muloqotlarni o‘quv xonasidagi barcha talabalar ishtirokida yozma shaklda 
o‘tkazish imkonini beradi.


Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi: o‘quvchilar bahs mavzusi bo‘lishi kerak bo‘lgan 
mavzu bilan uyda yoki oldin o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda tanishadi. 4-jadvalda 
Yozma bahs metodi qo‘llash loyihasi keltirilgan. Bahs arafasida o‘qituvchi 
bo‘lajak mavzu to‘grisida o‘quvchilarga axborot berar ekan, bahslar qay yo‘sinda 
o‘tishini qisqacha tushuntiradi (bu, albatta, bahslar birinchi marotaba 
o‘tkazilayotgan bo‘lsa, juda muhimdir). O‘qituvchi guruh talabalarini ikkiga 
ajratadi va ularni o‘quv xonasiga ikki tomoniga qator qo‘yilgan sonlar yoniga 
o‘tkazadi va har bir guruh qatnashchilari qaysi nuqtayi nazarni himoya qilishlarini 
belgilaydi (masalan, 1-guruh ijobiy holat joriy qilinishini tarafdorlari, 2-guruh 
bunga qarshi).
Shundan so‘ng, o‘qituvchi o‘quvchilarni juftlaydi, har bir juftda qarama-
qarshi qarashlar tarafdorlari bo‘lishi kerak. Juftlar tartib raqami yoki alifbo harflari 
bilan belgilanadi. Agar o‘quv xonasi o‘quvchilar soni toq bo‘lsa, o‘quvchi 
munozaraga yetishmagan sherik huquqida qatnashishi mumkin. O‘qituvchi 1-
guruh o‘quvchilariga (keltirilgan misolda- ijobiy holatni joriy qilish tarafdorlari) 
har bir juft raqami (ramzi) bilan belgilangan katak qog‘ozli varaqlarni tarqatadi. 
O‘quvchilar auditoriyaning ikki tomonida o‘tirib, juftma-juft yozma muloqotni 
boshlaydilar. 1-guruh o‘quvchilariga o‘zlari ma’qullayotgan nuqtayi nazar
foydasiga bitta ochiq dalilni shakllantirish uchun 5 daqiqa vaqt beriladi. Ular bu 
dalilni qog‘oz varag‘iga puxta tahrir qilingan paragraf shaklida yozadilar. Bu 
vaqtdan 2-guruh o‘quvchilari o‘zlari bahs jarayonida bayon etishlari mumkin 
bo‘lgan nuqtayi nazarlarini isbotlashlari mumkin.


Yozilgan varaqlar qarshi guruhdagi sheriklarga (ijobiy holatini joriy 
qilinishiga qarshi chiquvchilarga) beriladi. Ularga juft bo‘yicha sheriklarining 
dalillariga qarshi javob topish va yozish uchun hamda o‘z qarshi dalillarini bayon 
qilishlari uchun 8 daqiqa vaqt ajratiladi. 
Dalillar almashishining bunday tartibi 2-3 marotaba takrorlanadi, bunda har bir
o‘quvchi sherigining dalil-isbotiga javob qaytarishiga va o‘zining aks dalilini 
keltirishi shart. O‘quvchilarning bilimlarini aniqlash uchun 3-4 raund yetarlidir. 
Oxirgi raundda o‘quvchilarga yakuniy fikrni yozish imkoni beriladi. Shundan 
so‘ng, yozma ish yig‘ib olinadi. Bahslarga yakun chiqarishning yaxshi shakli – 
ikkala tomonga qaratilgan savoldir: qarshi tomonning qay bir dalili va isboti siz 
uchun eng yaxshi hisoblandi?
O‘quvchi ishni yakkama-yakka yoki jufti bo‘yicha baholashi mumkin. Agar 
o‘qituvchi yozma ishni baholashni rejalashtirgan bo‘lsa, u haqida o‘quvchilarni 
darsninig boshidanoq ogohlantirish kerak. 

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling