Mavzu: Iqtisodiy bilim asoslari fanini o‘qitish metodlari Reja


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana18.12.2022
Hajmi0.59 Mb.
#1029959
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4CHYDVDQpXm9pxd7oOicCtghNwYAyAN67ogoSd9E

 “Charxpalak” metodi 
«Charxpalak» interfaol metodi yordamida o‘quvchining o‘z-o‘zini baholash 
keltirilgan. Metod bitta o‘quvchini emas, balki o‘quvchilarni guruh-guruhga 
ajratib ular o‘rtasida musobaqa shaklida o‘tkazilishi ham mumkin. Bu orqali 
o‘qituvchi o‘quvchilarga nafaqat nazariy bilim beradi, balki shuning bilan birga 
ularni olgan bilimlarini tekshirishi ham mumkin. 
“TUSHUNCHALAR TAHLILI” METODI
“Tushunchalar tahlili” metodi mazkur metod ta’lim oluvchilarni mavzu 
bo‘yicha tayanch tushunchalarni o‘zlashtirish darajasini aniqlash, o‘z bilimlarini 


mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu bo‘yicha 
dastlabki bilimlar darajasini tashxis qilish maqsadida qo‘llaniladi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
• ishtirokchilar mashg‘ulot qoidalari bilan tanishtiriladi;
• ishtirokchilarga mavzuga yoki bobga tegishli bo‘lgan so‘zlar, 
tushunchalar nomi tushirilgan tarqatmalar beriladi (individual yoki guruhli 
tartibda);
• ishtirokchilar mazkur tushunchalar qanday ma’no anglatishi, qachon, 
qanday holatlarda qo‘llanilishi haqida yozma ma’lumot beradilar;
• belgilangan vaqt yakuniga yetgach berilgan tushunchalarning to‘g‘ri 
va to‘liq izohini o‘qib eshittiradi yoki slayd orqali namoyish etadi;
• har bir ishtirokchi berilgan to‘g‘ri javoblar bilan o‘zining shaxsiy 
munosabatini taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va o‘z bilim darajasini tekshirib
baholaydi.
Tushunchalar  
Sizningcha bu tushuncha qanday 
ma’noni anglatadi?  
Qo‘shimcha 
ma’lumotlar 

“TARMOQLAR” METODI (KLASTER) 
Fikrlarning tarmoqlanishi – bu metod o‘quvchilarni biron-bir mavzuni chuqur 
o‘rganishlariga yordam berib, o‘quvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq 
fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog‘langan holda 
tarmoqlashga o‘rgatadi.
Bu metod biror mavzuni chuqur o‘rganishdan avval, o‘quvchilarning fikrlash 
faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. 


Shuningdek, 
o‘tilgan 
mavzuni 
mustahkamlash, 
yaxshi 
o‘zlashtirish, 
umumlashtirish hamda o‘quvchilarni shu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini chizma 
shaklida ifodalashga undaydi.
TANQIDIY TAFAKKUR metodi

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling