Mavzu: Iqtisodiy bilim asoslari fanini o‘qitish metodlari Reja


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana18.12.2022
Hajmi0.59 Mb.
#1029959
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4CHYDVDQpXm9pxd7oOicCtghNwYAyAN67ogoSd9E



Mavzu: Iqtisodiy bilim asoslari fanini o‘qitish metodlari 
Reja:
1. Interfaol metodlarning ta'lim va tarbiya jarayonidagi o‘rni va ahamiyati
2. Iqtisodiy bilim asoslri darslarida “Bahs-munozara”, “Loyiha”, Charxpalak, BBB
metodlaridan foydalanish 
3. “Tushunchalar tahlili”, “Klaster”, FSMU interfaol uslublaridan iqtisodiy bilim 
asoslari fani darslarida foydalanish 
 
Interfaol metod – ta'lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi 
o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini 
faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Interaktiv» (interfaol)-inglizcha so‘z bo‘lib, interact»- inter-bu o‘zaro, act-bu 
harakat qilmoq ma'nosini anglatadi.Umumlashtirganda esa interaktiv (interfaol) –
o‘zaro harakat qilmoq ma'nosini anglatadi. Interfaol ta'lim bu:

strategiya va metodologiya;

doimiy muloqotga asoslangan metodlar tizimi;

birgalikdagi o‘qish va faol ishtirok etishdir.
Interfaol metod-ta'lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi 
faollikni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini faollashtirish, 
shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo‘llash dars 
samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta'limning asosiy mezonlari: 
norasmiy bahs-munozaralar o‘tkazish, o‘quv materialini erkin bayon etish va 
ifodalash imkoniyati, ma'ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko‘pligi, 
o‘quvchilar tashabbus ko‘rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta 
guruh, sinf jamoasi bo‘lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish 
va boshqa metodlardan iborat bo‘lib, ular ta'lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini 
oshirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling