Mavzu: Iqtisodiy bilim asoslari fanini o‘qitish metodlari Reja


Interfaol ta'lim texnologiyasi


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana18.12.2022
Hajmi0.59 Mb.
#1029959
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4CHYDVDQpXm9pxd7oOicCtghNwYAyAN67ogoSd9E

Interfaol ta'lim texnologiyasi - har bir o‘qituvchi barcha o‘quvchilar 
ko‘zda tutilgandek o‘zlashtiradigan mashg‘ulot olib borishni ta'minlaydi. Bunda 


har bir o‘quvchi o‘z motivlari va intellektual darajasiga ega holda mashg‘ulotni 
oldindan ko‘zda tutilgan darajada o‘zlashtiradi.
Interfaol mashg‘ulotlarni amalda qo‘llash bo‘yicha ayrim tajribalarni 
o‘rganish asosida bu mashg‘ulotlarning sifat va samaradorligini oshirishga ta'sir 
etuvchi ayrim omillarni ko‘rsatishimiz mumkin. Ularni shartli ravishda tashkiliy 
pedagogik, ilmiy-metodik hamda o‘qituvchiga, o‘quvchilarga, ta'lim vositalariga 
bog‘liq omillar deb atash mumkin. Ular o‘z mohiyatiga ko‘ra ijobiy yoki salbiy 
ta'sir ko‘rsatishini nazarda tutishimiz lozim
.

Interfaol ta'limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar o‘tkazish, 


o‘quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma'ruzalar soni 
kamligi, lekin seminarlar soni ko‘pligi, o‘quvchilar tashabbus ko‘rsatishlariga 
imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo‘lib ishlash 
uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat 
bo‘lib, ular ta'lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o‘ziga xos 
ahamiyatga ega.
Hozirda 
ta'lim 
metodlarini 
takomillashtirish 
sohasidagi 
asosiy 
yo‘nalishlardan biri interfaol ta'lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. 
Interfaol usullarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil 
qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya 
qila bilish, sog‘lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari shakllanib, 
rivojlanib boradi.
Iqtisodiy ta'limdagi milliy ta'lim texnologiyalari birinchi navbatda 
insonparvarlik tamoyiliga asoslanadi. Ushbu yo‘nalishning asosiy farq qiluvchi 
tomoni bo‘lib, unda talabaning individualligiga (iqtisodiyot sohasidagi bo‘lajak 
mutaxassis, uning shaxsi, alohida xususiyatlarini e'tiborga olgan holda mustaqil 
faol bilim olish faoliyatiga aniq yo‘naltirilganlik) alohida e'tibor qaratilishidir. 
Ushbu fikr va mulohozalardan kelib chiqib, iqtisodiy ta'limda o‘quv fanlari 
bo‘yicha ta'lim texnologiyalarini loyihalashtirishga bo‘lgan quyidagi asosiy 
konseptual yondashuvlarni ajratib ko‘rsatish mumkin:



shaxsga yo‘naltirilgan ta'lim. O‘z mohiyatiga ko‘ra, ta'lim 
jarayonidagi barcha ishtirokchilarning to‘laqonli rivojlanishini ko‘zda tutadi. 
Ushbu 
holat 
faqatgina 
ta'lim 
jarayonini 
individuallashtirish 
va 
tabaqalashtirishnigina emas, (davlat ta'lim standartlari talablariga rioya qilgan 
holda 
ta'lim 
oluvchining 
shaxsini 
intellektual 
rivojlanish 
darajasiga 
yo‘naltirilganlik) balki ruhiy-kasbiy va shaxsiy xususiyatlari hamda ta'lim 
oluvchining qobiliyatlarini e'tiborga olishni ko‘zda tutadi;

tizimli yondashuv ta'lim texnologiyasi tizimining barcha belgilariga 
(jarayonning mantiqi, barcha tarkibiy qismlarning o‘zaro aloqadorligi, bir 
butunligi) ega bo‘lishi lozim;

faoliyatli yondashuv. Ta'limni shaxsning jarayonli sifatlarini shakl-
lanishiga, ta'lim oluvchining faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish, o‘quv 
jarayonida uning barcha qobiliyatlari va imkoniyatlarini yuzaga chiqarish
mehnatsevarlik va tashabbuskorlikka yo‘naltirilganligini belgilab beradi;

suhbatli 
yondashuv. 
Sub'ektlarning 
(ta'lim 
jarayonining 
ishtirokchilari) o‘zaro ta'siri va psixologik birdamligini yaratishning zarurligi. 
Bunga asosan shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-o‘zini taqdimot qilishi 
kabi ijodiy jarayonlari kuchayadi;

hamkorlikdagi ta'limni tashkil etish. Demokratizm, tenglik, ta'lim 
oluvchi va ta'lim beruvchi o‘rtasidagi sub'ektiv munosabatlarida sherikchilik, 
faoliyatning maqsadi va mazmunini hamkorlikda ishlab chiqish va erishilgan 
natijalarni baholash;

muammoli o‘qitish. Ta'lim mazmunini muammoli taqdim etish 
asosida ta'lim oluvchilar bilan faol o‘zaro ta'sir etish usullaridan biri hisoblanadi. 
Bu usulda ilmiy bilishdagi obyektiv qarama-qarshiliklarni va ularni bartaraf etish 
usullarini aniqlash, demokratik fikrlashni shakllantirish va rivojlantirish, amaliy 
faoliyatda ulardan ijodiy foydalanish bo‘yicha mustaqil ijodiy-bilish faoliyati 
ta'minlanadi;

axborotlarni taqdim etishning eng yangi vositalari va usullarini 
qo‘llash;



yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini ta'lim berish jarayoniga 
tatbiq etish.
O‘quv dasturi doirasida moliyaviy va boshqaruv tahlili, iqtisodiy tahlil fanini 
o‘qitish o‘quv jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan, texnik vositalar, 
tarqatma materiallar va ko‘rgazma qurollardan foydalanishni ko‘zda tutadi. 
Ma'ruza mashg‘ulotlarini olib borishda muammoli, mualliflik, binar, vizual kabi 
interaktiv shakllardan foydalanish ko‘zda tutiladi. Amaliy mashg‘ulotlarni 
o‘tkazishda hamkorlikda o‘qish (koop-koop), insert, klaster, T-sxema kabi o‘qitish 
usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Har bir ko‘rsatib o‘tilgan ta'lim texnologiyalari, birinchidan o‘quv 
mashg‘ulotlarini o‘tkazish sharoitlari, pedagogik maqsadlari, vazifalari va 
kutilayotgan o‘quv natijalari, o‘quv mashg‘ulotining rejasi, o‘qitish usullari va 
vositalari to‘g‘risidagi axborot materialiga ega bo‘ladi. Ikkinchidan, bu o‘quv 
mashg‘ulotining texnologik xaritasi bo‘lib, unda o‘quv mashg‘ulotida qo‘yilgan 
maqsadlarga erishish bo‘yicha ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchining hamkorlikdagi 
bosqichma-bosqich faoliyati bayon etilgan bo‘ladi. Barcha axborotlar maksimal 
darajada umumlashtirilgan va tartibga solingan bo‘ladi. Axborotlar lo‘nda shaklda 
bayon etilgan, qabul qilish va eslab qolish uchun qulay shaklda, ya'ni jadvallar va 
chizmalar ko‘rinishida taqdim etiladi.
Ilg‘or pedagogik texnologiyalar quyidagi o‘qitishning interaktiv usullaridan 
foydalanishni ko‘zda tutadi: ma'ruza-disputlar, seminardisputlar, ishbilarmonlik 
o‘yinlari, iqtisodiy debatlar, keys-stadi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling