Mavzu: Iqtisodiy tahlilning mazmuni va ahamyati
Download 0.5 Mb.
|
4.Иктисодий тихлил Mаърузалар матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- - foizda ( 0,01 aniqlikda ) 3. Muomila xarajatlari: - summda - foizda 4. Tovarlarni sotishdan olingan foyda - summda
- Savdo chegirmasi hisobiga Muomila xarajatlari darajasi hisobiga 132400 28983,6
- 121824 29074,5 23,87 25215,1 20,70 3859,4 3,17
- +325,3 +1,9 -234,4 +0,08 100 = - 326,80 100 = +2412,12 100=+ 2314,66
Jadval ma’lumotlariga asosan tovarlarni sotishdan olingan foyda 234,4 ming so’mga kamaygan. Lekin rejaga nisbatan haqiqatda 0,08 % ga oshgan. Bu foydani o’zgarishiga quyidagi omillar hisobiga bo’lgan ya’ni: tovar aylanish hajmini o’zgarishi hisobiga 326,80 ming so’mga kamaygan, savdo chegirmasi hisobiga2412,12 ming so’mga oshgan, muomila xarajatlari darajasi o’zgarishi hisobiga 2314,66 ming so’mga oshgan. 3. Korxonaning moliyaviy xo’jaligi ularning davlat boshqa korxonalar va shaxslar bilan o’zaro munosabatlarini tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan pul hisob-kitoblarini ifodalaydi. Moliyaviy holat korxonaning har tomonlama faolyatining natijalarini aks ettiradi va rejada belgilangan ishlarning bajarilishiga ta’sir ko’rsatadi. Korxonaning moliyaviy holatini tahlil qilish vazifalari: moliayviy rejani bajarilishini, mablag’larning to’g’ri yoki noto’g’ri tasdiqlanishi va ulardan to’g’ri yoki noto’g’ri foydalanishni , xo’jalikni o’z mablag’lari bilan ta’minlanganligini aniqlashda, aylanma mablag’lar zaxirasining belgilangan rejalarga va hisob-kitob intizomiga rioya qilinishi, bank kreditlaridan foydalanish, xo’jalikning to’lash qobilyati, aylanma mablag’larning aylanib turishi va boshqalarni o’zgarishidan iborat. Savdo korxonasining moliyaviy holatini darajasi debitorlik va kreditorlik qarzlarining darajasiga ham ko’p jixatdan bog’liq bo’ladi. Shuning uchun debitorlik va kreditorlik qarzlari ahvolini chuqur o’rganish zarur. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini tahlil qilishning asosiy vazifasi quyidagilardan iborat: Qarzlarning miqdorini aniqlash. Qarzlarning paydo bo’lish sabablarini ko’rsatish. To’lov intizomini mustahkamlash bo’yicha choralar belgilash. Debitorlik va kreditorlik qarzlari summasining ko’payib ketishi xo’jalik hisob-kitobining mustahkamlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Debitorlik va kreditorlik qarzlari 2 guruhga bo’lib o’rganiladi. Birinchi guruhga me’yor darajasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari kirsa, ikkinchi guruhga me’yordan tashqari debitorlik va kreditorlik qarzlari kiradi. Birinchi guruhdagi qarzlar qonun asosida byudjetga kelsa, ikkinchi guruhdagi qarzlar qonunga xilof ravishda yuzaga keladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarga iqtisodiy erkinlik berish natijasida ko’pchilik korxonalar ish faolyatini jadal suratlar bilan rivojlantirish uchun to’g’ridan-to’g’ri xorijiy davlatlarning firma va kompanyalari bilan aloqa qilmoqdaalar. Lekin shuni aytib o’tish kerakki hisoblashlarning o’z vaqtida amalgam oshirilmaganligi natijasida ko’pchilik savdo korxonalarida va firmalarda debitor va kreditor qarzlarining miqdori yildan-yilga o’sib bormoqda, bunday o’sib boorish o’z navbatida korxonaning moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Debitorlik va kreditorlik qarzlarini tahlil qilish jarayonida tahlil qilinayotga sub’ekt bo’yicha ushbu qarzlarning umumiy hajmi, shu jumladan debitor va kreditor qarzlarni qanchasi respublikadan tashqarida mavjud bo’lgan, umumiy debitor va kreditor qarzlardan qanchasini to’lov muddati o’tgan va qanchasini qanchasini to’lov muddati o’tmaganligiga alohida e’tibor berish lozim. Tahlil qilishda asosiy hujjat bo’lib 2-shakl “ Moliyaviy natijalar to’g’risidagi ma’lumotnoma “ hisoblanadi. Savdo korxonalariga bankdan kredit berish pul munosabatlari tizimini ifodalaydi, bu vosita yordamida korxona va tashkilotlarning vaqtincha bo’sh turgan mablag’larini safarbar etishni va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlash uchun qaytarish sharti bilan ulardan rejali foydalanishni amalgam oshiradi. Bank tomonidan beriladigan kredit korxonalarning asosiy va aylanma mablag’larini hosil qilishning muhilm manbai bo’lib xizmat qiladi. Bundan tashqari, kredit berishda korxonalarning xo’jalik faolyati ustidan pul bilan nazorat qilishga sharoit tug’uladi. Kredit va to’lov intizomini buzuvchi korxonalarga nisbatan turli jazolar-jarimalar, oshirilgan foizlar va boshqalar qo’llaniladi. Bank tomonidan berilgan kredit qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlarga bo’linadi. Bank tomonidan bir yil muddatga qisqa muddatli kreditlar beriladi. Uzoq muddatli kreditlarsavdo korxonalariga bank tomonidan korxonaningasosiy fondlarini kengaytirish uchun beriladi. Bank kredit berish jarayonida korxonalarning xo’jalik faolyatinio’rganadi va nazorat qiladi, korxonalar o’rtasidagihisoblashlarni tartibga solishga, moliya va to’lov intizomini mustahkamlashga imkon beradi. Kreditlar sub’ektlarga beriladigan bo’lsa, u holda tuzilgan shartnomada ularni qaytarib berish muddati, berigan kreditlarningmaqsadga muvofiq foydalanishini, olingan kreditlar o’z vaqtida qaytarilmasa to’lanadigan foiz darajalarini oshirish kabi tadbirlarni tahlil yo’li bilan oydinlashtirish lozim. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling