mavzu. Iqtisodiy tebranishlar. Ishsizlik. Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari


Download 23.37 Kb.
bet6/8
Sana19.06.2023
Hajmi23.37 Kb.
#1621662
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-MAVZU. IQTISODIY TEBRANISHLAR. ISHSIZLIK (2)

Davriy ishsizlik asosan ishlab chiqarishning pasayishi natijasida ishchi kuchiga bo‘lgan talabning kamayishidan paydo bo‘ladi. Davriy pasayish tovar va xizmatlarga bo‘lgan yalpi talabning kamayishini, shunga muvofiq, yalpi tatalabning kamayishini, va oqibatda aholining ish bilan bandligi qisqarishi va ishsizlikning o‘sishini bildiradi.
To‘la ish bilan bandlik ishchi kuchining 100 foiz ish bilan ta’minlanganligini bildirmaydi. Aksincha, friksion va strukturali ishsizlik ilojsiz hol bo‘lganligini hisobga olsak, biz mutlaq to‘la ish bilan bandlilikka erishib bo‘lmasligini tushunamiz.
Agarda davriy ishsizlik bo‘lmasa, u holda to‘la ish bilan bandlilikka erishiladi. To‘la ish bilan bandlik davridagi ishsizlik, ishsizlikning tabiiy darajasi deyiladi.
Bunga ish qidiruvchilar soni bo‘sh ish joylari soniga muvofiq kelsagina erishish mumkin. Ishsizlikning tabiiy darajasi friksion va tarkibiy ishsizlik yig‘indisiga teng bo‘ladi.
Ishsizlikning tabiiy darajasi doimiy emas, chunki u iqtisodiy vaziyat, qonun va milliy an’analar bilan bog‘liq holda o‘zgarib turadi. Ishsizlikning tabiiy darajasi mamlakatdagi oxirgi o‘n yilda mavjud bo‘lgan haqiqiy ishsizlik darajasi va keyingi o‘n yil uchun prognoz qilib hisoblangan ishsizlik darajalarining o‘rtacha miqdori sifatida belgilanadi.
Ishsizlik turlari
    • Kishilar turli sabablarga ko‘ra o‘z ishlarini almashtirish vaqtida ishsiz qolishi.

friksion
    • FTT natijasida yuzaga keladigan ishsizlik.

tarkibiy
    • Iqtisodiy siklning inqiroz fazasida paydo bo‘ladigan ishsizlik.

siklik
    • Mehnat birjalarining yetarli darajada rivojlanmaganligi natijasida paydo bo‘ladigan ishsizlik.

institutsional
    • ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, robotlashtirish va informatsion texnologiyani qo‘llash natijasida vujudga keladigan ishsizlik.


Download 23.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling