mavzu. Iqtisodiy tebranishlar. Ishsizlik. Iqtisodiy davrlar va iqtisodiy tebranishlarning sabablari


texnologik rasman ish bilan band bo‘lsalarda, amalda to‘liq holda ishlamaydiganlar. yashirin


Download 23.37 Kb.
bet7/8
Sana19.06.2023
Hajmi23.37 Kb.
#1621662
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-MAVZU. IQTISODIY TEBRANISHLAR. ISHSIZLIK (2)

texnologik
    • rasman ish bilan band bo‘lsalarda, amalda to‘liq holda ishlamaydiganlar.

yashirin
Ishsizlik darajasi
Bu ishsizlar sonining ishchi kuchi tarkibidagi ulushidir.
Ishsizlik darajasi =

Ишсизлик даражасини ҳисоблашда қуйидаги сабабларга кўра хатолар пайдо бўлиши мумкин:


ҚИСМАН БАНДЛИК
тўлиқсиз иш куни ёки иш ҳафта ишлаётган шахсларни иш билан бандлар сафида хисобга олиш;
МАВСУМИЙ БАНДЛИК
мавсумий ишларда ишлаётган шахсларни (ишлаётган пайтида) иш билан бандлар сафида хисобга олиш;
ИШ ТОПИШГА ИШОНЧИНИ ЙЎҚОТГАН ИШЧИЛАР СОНИ.
Ишлашни хоҳлаётган, лекин иш қидирмай қўйган шахслар ишчи кучи хисобига кирмайди, аммо аслида улар ишчи кучидир;
НОТЎҒРИ МАЪЛУМОТ
ишсизлик бўйича нафақа олиш учун иш қидирмай қўйган шахсларнинг иш қидираётганлиги тўғрисида маълумот беришлари (бундай шахслар ишчи кучига кирмаслиги керак, лекин аслида улар хисобга олинади);
ЯШИРИН БАНДЛИК
яширин иқтисодиётда ишлаётганларни ишсизлар сафида хисобга олиш.
3. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari. A.Ouken qonuni.
Barcha mavjud resurslardan to‘liq foydalanish yoki ishsizlikning tabiiy darajasi holatida iqtisodiyotda yaratilishi mumkin bo‘lgan mahsulot hajmini iqtisodiyotning ishlab chiqarish potensiali deb ataladi. Mamlakatning ishlab chiqarish potensiali potensial YaIM ko‘rsatkichi bilan o‘lchanadi.
Makroiqtisodiy beqarorlik tufayli, iqtisodiy pasayish davrida mamlakat o‘z iqtisodiy potensialini to‘liq ishga solmasdan, yaratilgan haqiqiy YaIM hajmi (Yh) potensial YaIM (Yp) hajmidan ortda qoladi. Ya’ni YaIMning uzilishi (YuZ) ro‘y beradi.
Yuz = 100
Potensial YaIM deganda mamlakatdagi ishlab chiqarish resurslaridan to‘liq foydalanilgan sharoitda mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish hajmi tushuniladi.
Potensial YaIM*ni hisoblashda mamlakatda ishsizlik mutlaqo yo‘q deb emas, balki mavjud, biroq u tabiiy darajada, deb hisoblanadi.
Ishsizlik darajasining oshishi natijasida iqtisodiyot potensial YaIM hajmini ololmaydi. Shu sababli mamlakat miqyosida ishsizlikni uning tabiiy darajasida saqlash va tartibga solish iqtisodiy jihatdan katta ahamiyatga ega. Ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan qanchalik yuqori bo‘lsa, YaIM uzilishi shuncha ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun ham potensial hajmdagi YaIM* haqiqiy YaIM dan katta bo‘ladi.
Ishsizlik darajasi va YaIM uzilishi o‘rtasidagi miqdoriy nisbatni ingliz iqtisodchisi Artur Ouken matematik holda isbotlab bergan. Shuning uchun bu qonun, OUKEN qonuni deyiladi. Qonunning mohiyati shundan iboratki, agar ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga oshib ketsa, ya’ni davriy ishsizlik 1 foizni tashkil etsa milliy iqtisodiyot YaIMni ikki yarim foizga kam yaratadi. YaIMning pastroq darajasi o‘z navbatida, ishlab chiqarishda qatnashuvchilar daromadlarining nisbatan kamroq bo‘lishini va iqtisodiyotning kelgusi taraqqiyotini investitsiyalash imkoniyatlari qisqarishini bildiradi.
Ouken qonuni ishsizlikning turli darajalaridagi mahsulot yo‘qotishlari hajmini aniqlash imkonini beradi. Hozirgi kunda β koeffitsienti deb atalgan bu koeffitsient miqdori 2 foizdan 3 foiz oralig‘ida deb hisoblanadi.
Ouken qonunini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin:

Download 23.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling