Mavzu: Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishidagi asosiy ilmiy oqimlar


Download 1.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/27
Sana07.05.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1436694
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Kurs ishi Hasanboy

Fanga qo’shgan xissasi. 
Veblen bozor iqtisodiyoti sharoitida iste'molchilar har qanday ijtimoiy va 
psixologik bosimga duchor bo'lib, ularni asossiz qarorlar qabul qilishga majbur 
qiladi, deb hisoblardi. Veblen tufayli "ko'zga ko'rinadigan iste'mol" tushunchasi 
"Veblen effekti (paradoks)" deb nomlangan iqtisodiy nazariyaga kirdi [8] Veblen 
effekti indikativ iste'molning juda keng tarqalgan hodisasi bo'lib, ular egalarining 
ijtimoiy ahamiyatini ta'kidlaydigan yuqori narxlari tufayli ko'pchilik oddiy 
iste'molchilar uchun umuman mavjud bo'lmagan tovarlar iste'mol qilinganda 
yuzaga keladi. Bunday iste'mol bilan bevosita bog'liqlik mavjud: har qanday 
mahsulotning narxi qanchalik baland bo'lsa, uning iste'mol darajasi ham shunchalik 
yuqori bo'ladi. "Bo'sh vaqt sinfi" atamasini ishlab chiqdi. 


38 
Xulosa
Iqtisodiyit Nazariyasi fani – baracha iqtisod yo’nalishlari bilan uzviy bog’liqdir. 
Qadimgi davrdan beri, davlatlarning oldida turgan ulkan vazifalardan biri, bu 
shubxasiz “Iqtisod” masalasi hisoblanadi. Chunki xalqning qorni to’q bolsa, 
siyosat yoki ilm-fanga bo’lgan qiziqish hosil bo’ladi. Avval iqtisod – keyin, 
siyostadir.Bu fanning rivojlanish tarixi ham qiziqarli, kutilmagan voqea va 
hodisalarga boydir. Chunki, hech qaysi davlat yoki jamiyatning iqtisodiyoti bir 
joyda turg’un turgan emas. Shuningdek u ya’ni iqtisod past-balandliklardan iborat. 
Nazariy bilimlar qancha puxta o’rganilsa. Amaliyotda, uning foydasi shuncha 
yuqori bo’ladi. Biz Vatanimizning erta va buguni uchun, xalq va ularning 
manfaatlari uchun va rivojlaninsh uchun ham “Iqtisodiyot”ni mukammal 
bilmog’imiz va uni o’rganib fik yuritmog’imiz shart. Iqtisodiyot nazariyasi 
fanidagi oqimlarning ham o’z qo’llanish vaqti – zamoni bordir. Misol uchun 
Keynschilik oqimida iqtisodiyotni davlat boshqarishi – iniqiroz vaqtida, tezlikda va 
katta talofatlarsiz chiqib olishini ta’minlaydi. Lekin, bu oqim ham har doim 
qo’llanilishi mumkin emas. Chunki, davlat ichidagi korxona va tashkilotlarning 
tashqi raqobatbardoshlik qobilayatini tushiradi va monopoliyani kuchaytiradi. 
Bundan ko’rish mumkinki, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi nisbatan kamroq 
bo’lgani ma’qul. Chunki davlat to’la iqtisodiyotni tark etsa, inflyatsiya darajasi 
oshadi, mahsulot tannarxining ko’tarilishi kuzatiladi. Klassik va Neoklassik 
iqtisodiy oqimlar ham, iqtisodiyotning rivojlanishida muhimdir. Hech qachon 
iqtisodiyotni bir yo’nalish yoki bir dastur va tizim orqali olib borib bo’lmaydi, uni 
turli xill tuzumlar, oqimlar, va ta’limotlar orqali boshqarish lozim. Shundagina 
o’zgarib boruvchi bozor iqtisodiyoti va siyosiy iqtisodda, har qanday havf–xatarlar 
va omillarga tayyor bo’ladi. Shuningdek, bu nazariya, uy iqtisodini olib boorish, 
boshqarish va yuritish uchun, dastur-ul a’mal bo’lib xizmat qiladi. Chunki davlat 
iqtisodiyotining rivojlanishi, eng mayda detallarning yaxshilanishi ham uni 
rivojlantiradi. Mening eng asosiy tushuncham shu bo’ldiki, iqtisodiyot va uning 
bilimlari ham, uning o’z davriga qarab o’zgarib boradi. Shuningdek, yechimlar va 
masalalar hattoki, inqirozning ham mutatsiyasi kuzatiladi. Merkantilistlar va 
Fiziokratlarning raqobati, dunyo hamjamiyatining “Iqtisodiyot”ga bo’lgan 
qarashlarini takomillashtirib, yangi oqim, nazariya va ta’limotlarni kashf etdi. 
Lekin, bu bilan, bu nazariyalar shunday o’zgarmasdan qoladi desak, xato qilgan 
bo’lamiz. Chunki kelajakdagi iqtisodiyot qanday bo’lishini bilmaymiz va shunga 
tayyor turmog’imiz lozim. Negaki, iqtisodiyotning kelajagi bizga bog’liq, kelajakni 
biz yozamiz. Xususan, tarixini ham. 

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling