Mavzu: Ishchi jism ko‘rsatkichlarini aniqlash asboblari va usullari


Download 1.9 Mb.
bet17/19
Sana31.08.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1671866
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
AMALIY МАSHG

3. TAJRIBA DASTGOHINING TUZILISHI:
Qurilma diametri d=58 mm va uzunligi l=800 mm bo‘lgan po‘lat quvurdan (1) tuzilgan bo‘lib, maxsus oyoqlarga o‘rnatilgan (5.1-rasm). Quvurni qizdirish uchun ichiga nixrom sim chulg‘ami o‘rnatilgan. Elektr qizdirgich tarmog‘iga ampermetr, voltmetr va LATR lar ulangan. Vaqt birligida qancha issiqlik ajralib chiqqan bo‘lsa shuncha issiqlik quvur sirti orqali atrof muhitga bir maromda tarqaladi. Oddiyroq qilib aytganda issiqlik berish vaqtga bog‘liq bo‘lmaydi, ya’ni statsionar bo‘ladi. Isitish chulg‘amidagi quvvat LATR orqali boshqariladi. quvur sirtining harorati oltita termojuft yordamida o‘lchanadi. Termojuftning qizigan uchlari (6) quvur sirtida bir tekis joylashtirilgan, sovuq uchlari (7) odatda eriyotgan muz solingan idishga qo‘yiladi. Har bir termojuft hosil qilgan termoelektr yurituvchi kuch (TEYuK) maxsus qo‘shib-ajratgich bilan galma-gal o‘lchov asbobi -millivoltmetrga ulanib o‘lchanadi. Olingan TEYuKlarning o‘rtacha qiymati topiladi. Termojuftning TEYuKini haroratga bog‘liqlik jadvalidan yoki tavsiflash egri chizig‘iidan foydalanib, o‘rtacha TEYuKga to‘g‘ri keluvchi o‘rtacha harorat topiladi. Atrof muhitning harorati xonaga o‘rnatilgan simobli termometrdan topiladi.

5.1-rasm
4. TAJRIBANI O‘TKAZISH TARTIBI:

  1. Sinov jadvalini tayyorlang.

  2. Tajriba qurilmasi bilan tanishing.

  3. Termojuft idishiga muz qo‘ying.

  4. LATRning quvvatini oxirigacha kamaytiring.

  5. Qurilmani elektr tarmog‘iga ulang.

  6. LATR yordamida ampermetr va voltmetrga qarab ma’lum quvvatni qo‘ying.

  7. 10-15 daqiqadan so‘ng quvur bir me’yorda qiziydi, ya’ni statsionar issiqlik berish jarayoni sodir bo‘ladi. Bu hodisani ixtiyoriy bir-ikkita termojuftni ulab ko‘rib bilib olish mumkin. Navbatma-navbat termojuftlarni ulab, TEYuKlarni topamiz va jadvalga kiritamiz.

  8. Simobli termometr yordamida xonaning haroratini o‘lchab, jadvaldagi atrof muhitning harorati degan joyga yoziladi.

  9. Tajriba yana ikki marotaba qizdirgichning boshqa quvvatlari uchun takrorlanadi.


Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling