Mavzu: Issiqlik texnikasi predmeti va maqsadi. Asosiy tushunchalar va kattaliklar


Gaz (bug’) larni drosselash yoki ezish


Download 0.6 Mb.
bet27/50
Sana03.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1690830
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50
Bog'liq
MARUZALAR ISSIQLIK TEXNIKASI

4. Gaz (bug’) larni drosselash yoki ezish

Gaz xarakatlanayotgan quvur yo’lida kanal ko’ndalang kesimining keskin kamayishi (torayishi) amaliyotda tez - tez uchrab turadi. Quvurning bu joyida gaz bosimining kamayishi sodir bo’ladi, lekin gaz tashqi ish bajarmaydi.


Gaz va bug’larning quvurning toraygan joylaridan o’tayotganda bosimining kamayishi xodisasi drossellash yoki gazni ezish deyiladi.
Gaz oqayotgan quvur yo’lidagi xar bir jumrak (kran), diafragma yoki boshqacha usulda trubaning torayishi drossellashga olib keladi (67- shakl).
Gaz oqimining toraya boshlashi diafragmaga yetmasdan avvalroq boshlanadi. Oqimning torayishi diafragmadan biroz o’tguncha davom etadi, undan keyin gaz oqimi kengaya borib quvur kengligini to’la egallaydi. Diafragma oldida va orqasida gaz oqimi bo’lmagan “o’lik zona” xosil bo’lib, u yerda gaz (bug’) uyurmali xarakat hosil qiladi.
Diafragma orqasida quvur keskin kengayganligi va uyurmali xarakat zonasining ta’sirida r2 bosim r1 dan biroz kamroq bo’lib, ularning farqi r bo’ladi:
r1 - r2 = r (156)
67-shakl
Gaz oqimining tezligi diafragma orqasida ham biroz kamayadi (S2), keyinchalik quvurning kengligi bo’ylab oqim yoyilib tezlik avvalgi holatiga yetadi, ya’ni S1=S2 bo’ladi.
Diafragma teshigi oldida gaz bosimining kamayishi uning kinetik energiyasining ortishiga olib keladi.
- energiyalar farqi gaz zarrachalari orasidagi ishqalanish kuchini yengishga, zarb kuchini yengishga va uyurmali xarakatdan uzishga sarf bo’ladi. Ma’lumki, sarflangan ish oqibat natijada issiqlikka aylanadi va demak, gaz oqimiga qo’shilib ketadi.
Agar quvur (truba) dan tashqariga biroz issiqlik chiqishini hisobga olmasak, kinetik energiyaning o’zgarishi
(157)
C1=C2 ekanligini hisobga olsak i i2

Quvurda oqayotgan gazni drossellanishida issiqlikning entalpiyasi o’zgarishsiz qoladi, ya’ni drossellash jarayoni - izoentalpiya hisoblanadi.
Ideal sharoitda gazni drossellashda xarorat o’zgar-maydi, chunki gazning entalpiyasi o’zgarmas. Suv bug’i drossellan-ganda uning xarorati pasayadi.
Suv bug’i quvur ichida dros-sellanganda entalpiyaning va xaroratning pasayishining suv bug’i uchun “is” diagrammasida ko’rish mumkin.

68-shakl


Agar, nam bug’ drossellansa, namligi biroz kamayadi, ya’ni quriydi. Kuchliroq drosselanganda quruq bug’, xatto o’ta qizigan bug’ hosil bo’lishi ham mumkin. Drossellanganda bug’ning ish qobiliyati pasayadi.
Agar drossel oldida r1 bosimli bug’da issiqlikning pasayishi h1 bo’lsa, drossel ortida r2 bosimli bug’da issiqlikning pasayishi h2 bo’lib (68-shakl):
h21
Drosselda bug’ning ishlash qobiliyatining pasayishi bug’ turbinalarini boshqarishda keng qo’llaniladi.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling