Mavzu: Issiqlik texnikasi predmeti va maqsadi. Asosiy tushunchalar va kattaliklar
Download 0.6 Mb.
|
MARUZALAR ISSIQLIK TEXNIKASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Issiqlik nasoslari
Sovituvchi agentlar
Sovituvchi agentlar inson organizmi uchun zararsiz bo’lishi, metallarni korroziyadan saqlanishiga yordam beradigan va portlamaydigan suyuqlik bo’lishi kerak. Bundan tashqari, ularni termodinamikaviy xossalari quyidagicha bo’lishi kerak: - bug’lanish va kondensatsiya bo’lish xaroratida bosimni pastligi; -bug’ning solishtirma hajmi kichikligi; - suyuqlik issiqlik sig’imining kichikligi; - issiqlik o’tkazuvchanligi va issiqlik uzatish koeffitsiyentlari yuqori bo’lishi kerak. Sovituvchi agentni fizik xossalariga ko’ra uchta gruppaga bo’linadi. Atmosfera bosimidan yuqori, o’rtacha va past xaroratda bug’lanadi. 3. Issiqlik nasoslari Tabiatda juda ko’p issiqlik miqdorlari mavjud bo’lib, ularning xaroratlari 273 0K dan yuqori, lekin issiqlik mashinalarida ishlatish uchun kamlik qiladi. Masalan; dengiz, daryo va buloq suvlarining xaroratlari 0 0S dan ancha yuqori. Ba’zi xollarda, korxona va xo’jaliklarda ancha yuqori xaroratli suvlar ham tashqariga to’kib yuboriladi. Nisbatan yuqori bo’lmagan (10...20 0S) xaroratli issiqlik manbalarining issiqligidan foydalanish uchun issiqlik nasoslari degan qurilmalar ishla-tiladi. Izox: Suv yuqoridan pastga o’zi oqdi, pastdan yuqoriga suv nasosi bilan majburan xaydaladi. SHuningdek, issiqroq jismdan sovuqroq jismga issiqlik o’zi o’tadi, sovuqroq jismdan issiqroq jismga issiqlik o’zi o’tmaydi, issiqlik nasosi bilan majburan xaydaladi. Qurilmaning ishlash ketma-ketligi quyidagicha (16-shakl): T1 xaroratli daryo suvi bug’latgich (1) ichidagi truba chulg’ami (zmeyevik) orkali o’tib o’zidagi ko’p bo’lmagan issiqlik miqdori q1 xisobiga yengil bug’lanadigan suyuqlik (freon) ni bug’lantiradi. Xosil bo’lgan freon bug’i kompressor (2) da siqilib bosimi R2 va xarorati T2 ga ko’tariladi. yengil bug’lanadigan ishchi jism (freon) ning bug’i kondensator 3 da suyuqlikka aylanib, bug’ning suyuqlikka aylanishidagi q issiqlik miqdorini truba chulg’ami ichidan o’tayotgan suvga beradi. 16-shakl Nisbatan sovigan ishchi jism (freon) suyuq xolatda bosim pasaytirgich (drossel) orqali yana bug’latgich (1) ga keladi va tsikl takrorlanaveradi. SHunday qilib, nisbatan pastroq xaroratli daryo suvining issiqligi, aytaylik xonalarni isitish uchun kerakli 50...60 0S li suvga xaydaladi. YA’ni taxminan 10... 15 0S li suv bilan xonalarni 50...60 0S li isituvchi suv bilan ta’minlash mumkin. Issiklik nasosini ishlatish uchun sarflanadigan ish miqdori: ℓ = q - q1 Issiqlikdan foydalanish koeffitsiyenti esa: = (132) Tenglikdan ko’rinib turibdiki, koeffitsent ning qiymati birdan katta. Agar issiqlik nasosi Karno (teskari) tsikli bo’yicha ishlasa: (133) Tushunarliroq bo’lishi uchun misol keltiramiz; daryo suvi +7 0S (280 0K), xonalarni isitish uchun esa +70 0S (343 0K) li suv kerak bo’lsa, yoki q = ·ℓ = 5,4 · ℓ YA’ni qurilma (nasos) o’zini aylantirishga sarflanadigan ishga qaraganda 5,4 marta ko’proq issiqlik beradi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling