Mavzu: Issiqlik texnikasi predmeti va maqsadi. Asosiy tushunchalar va kattaliklar


Suyuqliklarning erkin xarakati holatida


Download 0.6 Mb.
bet45/50
Sana03.10.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1690830
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
MARUZALAR ISSIQLIK TEXNIKASI

2. Suyuqliklarning erkin xarakati holatida
issiqlikning berilishi
Isigan va sovuq gazlar (suyuqliklar) zichliklarining xar hilligi hisobiga bo’ladigan issiqlik almashinish suyuqliklarning erkin xarakatidagi issiqlik berilishi deyiladi.

Bunday tabiiy konvektsiya usulida xonalarning isishi, idishdagi suv yoki suyuqliklarning isishi, sovutgichdagi mahsulotlarning sovushi, atmosfera havosining sovushi (isishi) va x.k. sodir bo’ladi.
5-shaklda isigan devor (pech) bilan xona havosi orasida issiqlik berilishidagi jarayon ifodalangan bo’lib, a ning o’zgarib borish grafigi bilan ko’rsatilgan.

5-shakl.


3.Suyuqlikning qaynashi (bug’ga aylanishi) va suyuqlikka aylanishi (kondensatsiya) da issiqlikning berilishi
Qaynash jarayonida idish devoriga tegib turgan suyuqlik qatlamining xarorati to’yingan bug’ xaroratidan yuqoriroq bo’ladi. Bunday xaroratlar farqini xaroratlar bosimi deb yuritiladi.
Xarorat bosimining ortib borishi bilan qaynash jarayoni kuchayib,juda ko’p miqdorda bug’ pufakchalari xosil bo’ladi va pufakchali bug’lanish deyiladi (6a-shakl ).
Xarorat bosimining yanada ortib borishi natijasida bug’ pufakchalari bir-biriga qo’shilishib, yupqa qatlam (plyonka) xosil qiladi, buni plyonkali bug’lanish deyiladi (6b-shakl).
6v-shaklda xaroratlar bosimi juda katta bo’lganda suyuqlik va idish devori tasvirlangan.Masalan, qizigan qozonga, dazmolga yoki pechga suv tomsa, oniy bug’ plyonkasi hosil bo’ladi va suv tomchisini otib (sachratib) yuboradi.
Bug’ning suyuqlikka aylanishi (kondensatsiyadagi) issiqlik berilishi kondensatsiyalanish turiga bog’lik bo’ladi. Kondensatsiyalanish plyonkasimon va tomchisimon bo’lishi mumkin.







6- shakl












7-shakl.
Ma’lumki, bug’ tegib turgan idish devorining xarorati (tg) bug’ xarorati (t) dan ancha past bo’lganda kondensatsiya sodir bo’ladi, ya’ni t > tg .
Suv bug’ining kondensatsiyalanishi ko’pincha plyonkasimon bo’ladi, tomchisimon kondensatsiya bo’lishi uchun idish devori moylangan bo’lishi kerak.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling