Mavzu: issiqxonalar tizimida geotermal


Geotermal energiyaning tabiatga zarari


Download 1.82 Mb.
bet3/3
Sana18.11.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1784427
1   2   3
Bog'liq
Mavzu issiqxonalar tizimida geotermal

Geotermal energiyaning tabiatga zarari. Geotermal elektr stansiyalaridan foydalanish ekologiyani buzilishi va atrof muhitning ifloslanishi bilan bog‘liq bо‘lgan о‘ziga xos salbiy tomonlarga ega, ya’ni:
1) geotermal elektr stansiyalaridagi chiqindi issiq suvlar daryo va kо‘llarning temperaturasini oshiradi;
2) yer osti issiq suvlari tarkibida ancha katta miqdorda ikki oksidli kremniy hamda oz miqdorda kimyoviy aktiv moddalar bо‘lib ular esa kanal, hovuz va boshqalarda tо‘planadi;
3) yer osti suvlarini intensiv chiqarish oqibatda suv sathi pasayadi, bu esa yerning chо‘kishiga olib kelishi mumkin.
Bu muammolar geotermal suvlarni tozalash hamda quduq orqali ishlatilgan suvlarni qaytadan yer ostiga haydash yо‘llari bilan hal qilinadi.
О‘zbekistonda geotermal energetika. Geotermal energetikaning tasniflanishi bо‘yicha О‘zbekiston territoriyasi normal geotermal potensialli mintaqa bо‘lib hisoblanadi. Bunday mintaqalar 40 oS/km geotermal temperaturali gradiyentga ega bо‘lib, issiqlik oqimlar esa taxminan 0,06 Vt/m2 tashkil etadi. Respublikada geotermal energetikani asosan geotermal suvlar tashkil etadi. Amalda geotermal suvlar respublikaning barcha mintaqalarda mavjud. Respublika bо‘yicha geotermal suvlarning о‘rtacha temperaturasi 45,5 oS-ga ega, eng issiq suvlar Buxora (56 oS) va Surxandaryo (50 oS) viloyatlarda bо‘ladi. 40 oS-dan yuqori temperaturali geotermal suvlar past temperaturali isitish uchun foydalaniladi (issiqlik nasoslardan foydalanib yoki ularsiz). О‘zbekistonda geotermal suvlarning yalpi potensiali 170,8 ming t n.e. hajmda baholanadi. Buxora (56,8 ming t n.e.) va Namangan (29,8 ming t n.e.) viloyatlar eng katta potensialiga ega.
Petrotermal va geotermal resurslar. Barcha qayta tiklanadigan energiya turlaridan absolyut miqdori bо‘yicha О‘zbekiston yer bag‘ri, quruq tog‘li jinslar (petrotermal resurslar) va gidrotermal suv bilan yirik basseynlar kо‘rinishda, eng katta integralli energetik potensialiga ega. Energetikada foydalanish uchun eng istiqbolli petrotermal resurslar hisoblanadi, ya’ni 4...6 km chuqurlikda yotadigan, 70 oS-dan to 3000 oS-gacha qizdirilgan granitoidlar yirik massivlar. Bunday mintaqalarga kiradi Amudaryo geologik botiqlik, Janubiy Orol yaqinida, Farg‘ona vodiy Chust-Adrasman petrotermal anomaliyasi, Qizilqum sahro.Yalpi potensialni baholash uchun 3000 m chuqurligigacha, tog‘ jinslarning issiqlik о‘tkazuvchanlikni va issiqlik oqim zichliklarning о‘rtacha statistik kattaliklarni hisobga olgan holda, о‘rtacha termogrammalar hisoblab chiqilgan. Hisoblar kо‘rsatadiki, О‘zbekiston respublikasi maydoni va 3 km chuqurligi bilan chegaralangan hajmda quruq qizdirilgan jinslarda (petrotermal resurslar) geotermal energiyaning yalpi potensiali 67×105 mln t n.e. tashkil etadi. Petrotermal resurslardan foydalanish texnologiyalar bо‘lmaganligi sababli texnik imkoniyalar aniqlanmagan. Respublikada geotermal energiya resurslarni aniq tadqiqot ishlarni о‘tkazmaganligi tufayli texnik potersiali aniqlanmagan. Keltirilgan baholar О‘zbekistonda neft va gaz konlarning tuzilishida va joylashishida bо‘ladigan chuqur issiqlik massa almashuv jarayonlarni mahsus geologik tadqiqotlarga, yer osti suv resurslarni tadqiqot natijalarga, hamda neft va gaz qidiruv burg‘ilash dala ekspeditsiyalar ma’lumotlarga asoslangan. Issiqlik ta’minotida yoki elektr energiyani ishlab chiqarishda geotermal resurslardan foydalanish masshtabli imkoniyatlarni baholash uchun kompleks tadqiqot ishlarni olib borish kerak. Geotermal elektrostansiyalarning texnologik konturda past temperaturada qaynaydigan issiqlik tashuvchilarga asoslangan energetik sikllarda birlamchi issiqlik tashuvchilarni о‘zgartirish zamonaviy texnologiyalardan
foydalanish imkoniyatlarni tadqiq qilish zarur


Energetikaning tez sur’atlar bilan rivojlanishi juda ko‘p muammolarni keltirib chiqarmoqda , Ulardan biri - insoniyat energetik «Ocharchilikka» mubtalo bo‘ladimi? Bu savolga - «yo‘q», energiya taqchilligi insoniyatga xavf solmaydi, chunki yer yuzida energiya zahiralari yetarli deb javob qaytarish mumkin. Atom va termoyadro energetikasi insoniyatni bir necha o‘n ming yilliklarda energiya bilan ta’minlash qobiliyatiga egadir. Ikkinchi muammo - energetikani yanada rivojlanishiga yo‘l qo‘yish mumkinmi? Ba’zi mutaxassislarning fikricha - «yo‘q». Elektr energiyasini ishlab chiqarishni ko‘paytirishni to‘xtatish zarur, uning o‘rniga, uni tejab samarali foydalanishni va energiya manbalarini tejashni ham amalga oshirish zarur, aks holda sivilizatsiya halokatga uchrashi mumkin. Boshqalarning fikiriga ko‘ra, energetikaning rivojlanishi tabiat va insoniyatga quyidagicha potensial xavf yetkazishi mumkin: - atmosferaning ifloslanishi; - suv havzalari va daryolarning isishi; - planeta landshaftining izdan chiqishi; - dunyoning ba’zi hududlarida iqlimning o‘zgarishi; - yerning isib ketishi; - muzlarning erishi; - okean sathining ko‘tarilishi va boshqalar. Ammo bularning barchasi bilan kurashish va ularni bartaraf qilish mumkin. Energiyani katta masshtabda qo‘llashdan, rivojlangan sanoatdan va qishloq xo‘jaligidan voz kechish insoniyatning ko‘p qismini o‘limga mahkum qiladi. Energiyasiz sanoat ishlab chiqarish usuli tabiatga yanada salbiy ta’sir ko‘rsatadi (Masalan, o‘g‘itlarsiz va irrigatsiya usulisiz haydaladigan ycrlar va o‘tloqlar nobud bo‘ladi). Tuproq unumdorligini oshirish (o‘g‘itlar va irrigatsiya), yerlarning cho‘lga aylanishiga qarshi kurashish, suv bilan ta’minlash (odamlarni, yerlarni, sanoatni), gidrotexnik inshootlar va boshqalarni qurishni energiyadan foydalanmasdan amalga oshirish mumkin emas. Energetikaning salbiy oqibatliridan: birinchisi - havo basseynining ifloslanishi (oltingugurt oksidi - SO,, ugleroda oksidi – CO2, azot oksidi - NO, va uglevodorodlar bilan). Ikkinchisi - suv havzalariga issiq tashlamalarni tashlash tufayli atrof-muhit temperaturasining ko‘tarilib borishi, ba’zibir holatlarda suv havzalarining isishi va unda kislorodning borligi sababli, suv havzalarida o‘zidan zararli moddalar ajratuvchi mikroorganizmlarning rivojlanishiga qulay sharoit yaratib berilar ekan. Shu sababli elektrostansiyalarni sovitish uchun suv resurslarini tejash va sovitishning boshqa usullarini ishlab chiqish va tatbiq qilish ham talab qilinadi. Uchinchisi - atrof-muhitning isishi natijasida sun’iy energiya zichligining o‘rtacha 1 m2 ga 0,03 vattga tengligi. Ammo quyosh nurlanishining quvvati bu miqdordan 10 ming barobar ortiq bo‘lganligi sababli uning planetaga hech qanday zarari tegmasligi mumkin. Ammo yer yuzida shunday mamlakatlar borki, ularda sun’iy energiya zichligi katta bo‘lib (masalan, Yaponiyada lm2 ga = 2 vatt to‘g‘ri keladi.), atrof - muhitga xavf tug‘dirishi mumkin, chunki u mikroiqlimga ta’sir qiladi. Sun’iy issiqlikning quyosh nurlari energiyasidan 2-3% ko‘tarilishi yer yuzidagi issiqlik balansining buzilishiga va iqlimning keskin o‘zgarishiga olib keladi. Biroq Yerning isishi asosan parnik effekti hodisasiga bog’liqdir. Parnik effekti - atmosferada hosil bo‘lgan karbonat angidrid gazi qaytarilgan infraqizil nurlarning kosmosga qaytishiga yo‘l qo'ymaslik hodisasidir. Shuning uchun karbonat angdrid gazi konsentratsiyasini belgilangan miqdordan yuqori bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Boshqa tomondan olib qaraganda, atmosferaning chang bilan qoplanishi natijasida, Yer shari temperaturasining pasayishi kuzatilmoqda (aniqlashlarga ko‘ra yer yuzida muzlash davri Yerni boshqa planetalardan kelgan zich chang bulutlari bilan qoplanganligi sabab bo‘lgan ekan). Energetikani qachongacha rivojlantirish mumkin degan savolga javob berish hozircha mumkin emas. Insoniyatning har xil faoliyati natijasida Yer sharining har xil hududlarida iqlim o‘zgarish yuz berishi mumkin (masalan, daryo suvlarining ko‘p qismidan sug‘orishda foydalanish, bug‘lanishning ko'payishi, atmosferada energetik balansning qayta taqsimlanishi va boshqalar). Odamlar o‘zlari hosil qilgan muammolarni yechish yo‘llarini topishlari mumkin, ammo bu ishlarni ham energiyasiz amalga oshirib bo'lmaydi. Shuning uchun «toza energiya» zarurdir. Energiyani tejashning asosiy maqsadi - texnik jihatdan bajarish mumkin bo‘lgan, iqtisodiy asoslangan, sotsiologik va ekologik jihatdan qo‘llash mumkin bo‘lgan choralarni tatbiq qilish yo‘li bilan energiya resurslaridan yanada samaraliroq foydalanishdir. Buning uchun tabiiy resurslar qazib olingandan iste’mol qilingunga qadar oraliqda yuqori energetik foydali ish koeffitsiyenti bilan ta’minlanishi kerak. Energiyani iqtisod qilishning maqsadi - milliy yalpi mahsulot ishlab chiqarish birligiga to‘g‘ri keladigan energiya miqdorini kamaytirishdan iborat.

Xulosa.
Inson ta’siri natijasida dunyo o‘zgarmoqda. Insoniyatning organik energetik resurslarni o‘ylamasdan energetikada, transportda, katta zavod va fabrikalarda qo’llashi, atom energetikasi va katta shaharlar chiqindilarini dunyo okeaniga tashlanishi natijasida atrof-muhit o‘zgarmoqda. Yer yuzida iqlimning o'zgarishi kuzatilmoqda, mangu muzliklar erimoqda, shaharlar suv ostida qolmoqda, o‘rmonlar yonmoqda. Yer yuzining juda ko'p mamlakatlarida insonlarni ichimlik suvining yetishmasligi, qurg‘oqchilik va ocharchilik qiynamoqda, yangi-yangi kasalliklar paydo bo’lmoqda. Yuqorida keltirilgan salbiy o‘zgarishlarning barchasi millionlab yillar tabiat tomonidan o'rnatilgan tabiiy muvozanatni insoniyat tomonidan o‘ylamasdan buzulishi natijasida yuz bermoqda. Shuning uchun ham ulug‘ ingliz faylasufi Frensis Bekon «Tabiat faqatgina unga bo‘ysunish bilan yengiladi» degan edi. Yuz berayotgan falokatlarni to'xtatish uchun nima qilish kerak? Birinchi navbatda insonning ichki dunyosini tabiatga nisbatan ijobiy o‘zgartirish, so‘ngra organik energetik resurslardan foydalanishni butunlay to'xtatish lozim. Qanday qilib? Axir zamonaviy inson maishiy qulayliklarsiz - komfortsiz, ya’ni mashinasiz, uzoqni yaqin qiluvchi tez yuruvchi poyezdlarsiz, samolyotlarsiz, televizorsiz, muzlatgichsiz, isitgichsiz, issiq va sovuq suvsiz va boshqa qulayliklarsiz yashay olmaydi-ku. Zavod va fabrikalar engergiyasiz ishlay olmaydilar. Hozirgi rivojlangan dunyoda energiya insoniyatni olg‘a yetaklovchi asosiy manba hisoblanadi. Mamlakatlarning qudrati ham ularning energiya bilan qanchalik ta’minlanganliklariga qarab belgilanadi. Atrof-muhitga zarar keltirmay insoniyat xizmatini bajaradigan energiya tabiatda mavjud bo’lgan ekologik toza tabiiy energiyalarlir. Bu energiya turlariga suv, quyosh, shamol, geotermal suvlar, geyzerlar, to’lqinlar, suv sathining ko‘tarilib-tushishi, vulqonlar, chaqmoqlar, okean va dengizlardagi har xil oqimlar, biomassa, vodorod yoqilg'isi, shahar chiqindilari, fotosintez; fotoelektrik o‘zgartiruvchilar, kimyoviy (galvanik) elementlar va boshqalar kirishi mumkin. Mana shu energiya turlari noana'naviy va qaytalanuvchi energiya manbalari deyiladi. Faqatgina yuqorida ko‘rsatilgan energiya manbalaridan toza ekologik energiya ishlab chiqarish mumkin. Mamlakatimiz kichik daryolar, irrigatsiya kanallari, suv omborlari, katta kollektorlar, soylar, baland tog‘lardagi buloqlar, termal suvlar, quyosh va shamol kabi qayta tiklanuvchi energiya manbalariga juda boydir.

Foydalanilgan adabiyotlar.


  1. T.SH.Majidov. ,,Noana’naviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari’’. Oliy o’quv yurtlari uchun darslik. ,,Voris nashriyot’’. Toshkent 2014.



  1. K. Shodimetov. ,, Muqobil energiya manbalaridan foydalanish va uning iqtisodiy istiqbollari’’ darslik. ,,ILM ZIYO’’ Toshkent 2014.

Internet saytlari:


3. Elektron kutubxona axborot tizimi-QarMII:arm.qmii.uz.
4. http://hozir.org.
5. http://library.ziyonet.uz
Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling