Mavzu: Jahon iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasining maqsad va vazifalari Darsning maqsadi
Download 197.44 Kb.
|
Konspekt geog.9-sinf
O’tilgan mavzusi so’rash:
1. Iqtisodiy rayonlarning tabiiy – demografik salohiyatini baholang 2. JAR ning Afrika iqtisodiyotida egallagan o’rnini baholang 3. JAR aholisi haqida nima bilasiz? 4. JAR tabiiy boyliklarini ayting Yangi mavzu bayoni: Avstraliya Ittifoqi Avstraliya materigining maydonini to'liq egallagan dunyodagi yagona mamlakatdir. Uning tarkibiga materikdan tashqari Tasmaniya va boshqa qator mayda orollar kiradi. Maydoni 7741 ming km2, shundan 7687 ming km2 maydonni materikning o'zi egallagan. Dunyoning quruqlik orqali o'tgan chegarasiga ega bo'lmagan mamlakatlaridan biri. Okeaniya Tinch okeanida joylashgan orollar to'plamidir. Okeaniya uch qismdan: Polineziya, Melaneziya va Mikroneziyadan iboratdir. Melaneziya (Solomon, Yangi Gebrid, Yangi Kaledoniya va boshqa orollar) Avstraliyaga juda yaqin joylashgan, Polineziya (Gavayi, Samoa, Tokelau va boshqa orollar) esa aksincha, Avstraliyadan ancha olisda, Tinch okeanining janubiy va markaziy qismlarida joylashgan. Mikroneziya (Karolina, Marshall, Mariana, Gilbert va boshqa orollar) Yangi Gvineya orolidan shimolda, Filippin orollaridan sharq tomondagi akvatoriyada tarqalgan. Okeaniyada passat shamollar hukmronlik qiladi. Dengiz tropik iqlimi tarqalgan, yog'in ko'p yog'adi. Okeaniyada uchta mustaqil respublika va bitta unitar monarxiya mavjud, qolgan mamlakatlar va orollar mustamlaka va yarim mustamlakalardan iborat. Asosiy daryosi Murrey va uning irmog'i Darlinning suvi mavsumlar bo'yicha o'zgarib turadi. Avstraliya xilma-xil foydali qazilmalarga boy. Shulardan ba'zilari ahamiyati va zaxirasi bo'yicha dunyoda yuqori o'rinlarni egallaydi. Temir rudasi, mis, nikel, uran rudalari, boksitlar, ko'mir, oltin, olmos konlari shular jumlasidandir. Temir rudasining yirik konlari (Tom-Prays, Maunt, Maunt-Ueylbek) mamlakat g'arbida, oltin konlari (Kambalda, Leonora) Janubi-g'arbida, nikel rudalari konlari (Grinveyl) Shimoli-sharqiy va Janubi-g'arbiy qismlarida, alyuminiy (boksit) rudalari konlari (dunyoda eng yirik kon Ueypa-York yarimorolida topilgan, yana Gov va boshqalar), uran rudalari konlari (Nabarlek) Shimolda, polimetall rudalari konlari (Broken-Xill va boshqalar) janubiy va shimoliy qismlarida, olmos konlari (Uinton va boshqalar) mamlakatning sharqiy va janubiy hududlarida joylashgan. Ko'mir konlari materikning janubiy va Janubi-sharqiy qismlarida topilgan, neft va tabiiy gaz mamlakatning sharqiy hududlarida va g'arbida, okean shelfida qazib olinadi. Aholisi. Avstraliya va Okeaniyada (Gavayi orollarisiz) 2008-yilning 1-yanvar kuniga nisbatan 35,0 mln. kishi istiqomat qilgan. Shu jumladan, Avstraliyada 21,0 mln. (2/3 qismi), Yangi Zelandiyada 4,0 mln., Papua-Yangi Gvineyada 6,0 mln. kishi mavjud bo'lgan. Aholining soni juda past sur'atlar bilan ko'paymoqda. Jumladan, 1995 — 2008-yillar ichida aholi soni 28 mln. kishidan 35 mln. kishiga yetgan yoki 25% ga ko'paygan. Avstraliya Ittifoqi aholisining soni esa atigi 1,5 mln. kishiga o'sdi. Aholining o'rtacha yashash davri erkaklarda 78 yoshga, ayollarda 82 yoshga teng. Aholining milliy tarkibida avslraliyalik inglizlarning ulushi deyarli 90% ga yetadi. Ulardan tashqari, mamlakatda amerikaliklar, fransuzlar, nemislar, afrikaliklar, hindistonliklar, Janubi-sharqiy Osiyo xalqlari va hatto, o'zbeklar ham bor. Sidney shahrida o'zbeklar jamoasi hozirgi vaqtda faoliyat ko'rsatmoqda. Download 197.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling