Mavzu: Jahon iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasining maqsad va vazifalari Darsning maqsadi
Download 197.44 Kb.
|
Konspekt geog.9-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi. Uyga vazifa
- Mavzu: JanubiyAfrikaRespublikasi Darsning maqsadi
- Dars turi
- O’tilgan mavzusi so’rash
- Mavzuni mustahkamlash: Xarita bilan ishlash
- Mavzu: Avstraliya va Okeaniyaga umumiy tavsif Darsning maqsadi
Mavzuni mustahkamlash:
Shimoliy Afrika xo’jaligi bo’yicha quyidagi jadvalni to’ldiring
O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi. Uyga vazifa: 56 - § 172 bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish. Mavzu yuzasidan test tuzish (5 ta) Yangi mavzuga tayyorlanish. Sana__________ Sinf: 9 Mavzu: JanubiyAfrikaRespublikasi Darsning maqsadi: a) O’quvchilarga Janubiy Afrika Respublikasi haqida nazariy bilimlar berish b) O’quvchilarga iqtisodiy tarbiya berishda hamkorlik qilish, hamjohatlikni o’rgatish v) O’quvchilarning fikrlash qobiliyatini oshirish, tasavvurlarini kengaytirish Dars turi:aralash Dars metodi: savol - javob Darsda foydalaniladigan jihozlar: dunyoning siyosiy xaritasi Darsning borishi Tashkiliy qism O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash Kun yangiliklari Uyga vazifani so’rash O’tilgan mavzusi so’rash: 1. Afrika xo’jaligining hududiy tarkibini baholang 2. Sanoatning asosiy tarmoqlarini ayting 3. Shimoliy Afrika aholisi zichligini toping 4. Afrika mamlakatlari qaysi xususiyatlari bilan ajralib turadi? Yangi mavzu bayoni: Tropik Afrika yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, G'arbiy, Markaziy, Sharqiy va Janubiy Afrikadan tashkil topgan. Tropik Afrika mamlakatlariga xos umumiy ko'rsatkichlar (2007-y.)
Shularning ichida tabiiy salohiyatining kattaligi bo'yicha G'arbiy va Janubiy, demografik salohiyati bo'yicha esa G'arbiy va Sharqiy mintaqalar ajralib turadi. G'arbiy va Janubiy mintaqalar, undan tashqari mamlakatlar soni bo'yicha ham, peshqadamlik qiladi. Mamlakatlar ichida JAR alohida ahamiyatga ega (20-jadval). Buni eksport-import aloqalaridan ham bilish mumkin. JAR 2007-yilda 82,1 mlrd. AQSH dollariga teng mollarni import qilgan, eksport hajmi esa 76,3 mlrd. AQSH dollarini tashkil etgan. Bu ancha katta ko'rsatkichdir. JAR Afrika hududining 4,1% ini egallagani hamda aholisining 4,3% ini o'zida jamlagani holda, ushbu mamlakatga qit'a miqyosida sanoat mahsulotining 40% i, poiatning 70% i, temiryo'llarning 1/3 qismi, barcha yuk va yengil avtomobillarning 40% i to'g'ri keladi. Dunyoda qazib olingan oltinning 20% i, 100 mln. karat jami olmosning hamda 55 mln. karat zargarlik olmosining tegishli ravishda 10 va 5 mln. karati mazkur mamlakatga to'g'ri keladi. Mamlakat uran qazib olish bo'yicha (yiliga 3,5 ming t) dunyoda Kanada va AQSHdan keyin turadi. Shunga qaramasdan, JAR ning barcha hududlarini iqtisodiy rivojlangan, deb hisoblashga asos yo'q. Janubiy Afrika Respublikasini ikki iqtisodiyot, ya'ni iqtisodiy rivojlangan davlatlarning ham, rivojlanayotgan davlatlarning ham jihatlari xos bo'lgan mamlakat deb atash mumkin. Mavzuni mustahkamlash: Xarita bilan ishlash Quyidagi Afrika davlatlarini xaritadan ko’rsating 1. Barcha Afrika davlatlarini va ularning poytaxtlarini ko’rsatish 2. Shimoliy Afrika davlatlarini ko’rsatish 3. Tropik Afrika davlatlarini ko’rsatish 4. JAR ni chegaralab berish O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi. Uyga vazifa: 57 - § 174 bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish. Mavzu yuzasidan krossvord tuzish (5 ta) Yangi mavzuga tayyorlanish. Sana__________ Sinf: 9 Mavzu: Avstraliya va Okeaniyaga umumiy tavsif Darsning maqsadi: a) O’quvchilarga Avstraliya va Okeaniya haqida nazariy bilimlar berish b) O’quvchilarga mehnat tarbiyasini berishda hamkorlik qilish, estetik tuyg’ularni shakllantirish v) O’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish, fikrlash qobiliyatini kengaytirish Dars turi:aralash Dars metodi: savol - javob Darsda foydalaniladigan jihozlar: dunyoning siyosiy xaritasi Darsning borishi Tashkiliy qism O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash Kun yangiliklari Uyga vazifani so’rash Download 197.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling