1. Yangi Zelandiya
2. Port – Kembla
3. Gladston
4. Sidney
5. Melburn
6. Adelaida
O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.
Uyga vazifa: 59 - § 177 bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish. Mavzu yuzasidan test tuzish (5 ta)
Yangi mavzuga tayyorlanish.
Sana__________ Sinf: 9
Mavzu: Shimoliy va Markaziy Amerika davlatlarining umumiy iqtisodiy – geografik tavsifi
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga Shimoliy va Markaziy Amerika davlatlarining umumiy iqtisodiy – geografik tavsifi haqida nazariy bilimlar berish
b) O’quvchilarga ekologik tarbiya berishda hamkorlik qilish, axloqiy sifatlarni tarkib toptirish
v) O’quvchilarning ijodiy salohiyatini oshirish, mustaqil izlanishga o’rgatish
Dars turi:aralash
Dars metodi: savol - javob
Darsda foydalaniladigan jihozlar: dunyoning siyosiy xaritasi
Darsning borishi
Tashkiliy qism
O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Kun yangiliklari
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzusi so’rash:
1. Avstraliya xo’jaligining asosiy tarmoqlarini ayting
2. To’qimachilik rivojlangan shaharlarni ayting
3. Avstraliyada qanday transport turi rivojlangan?
4. Okeaniya aholisi asosan nima bilan shug’ulanadi?
Yangi mavzu bayoni:
Shimoliy va Markaziy Amerika mamlakatlari qatoriga Amerika Qo'shma Shtatlari, Kanada, Kosta-Rika, Salvador, Gvatemala, Gonduras, Meksika, Nikaragua, Panama va Belizkiradi.
Umumiy maydoni 21825 ming km2, aholisining soni (2008-y.) 480,3 mln. kishi, shundan 335,0 mln. kishi (70,0%) AQSH va Kanada mamlakatlariga to'g'ri keladi.
Mamlakatlarning aksariyat qismi respublikalar (Kosta-Rika, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua, Panama, Salvador)dan iborat. Federativ Respublikalarga AQSH va Meksika kiradi. Kanada — Hamdo'stlik tarkibidagi mustaqil Federativ ilavlat, Beliz esa Hamdo'stlik tarkibidagi davlatdir.
Mamlakatlarning geografik o'rni juda qulay, ularning ba'zilari (AQSH, Kanada, Meksika, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika, Panama) ikki, hatto uch okean akvatoriyasiga chiqish yo'liga ega.
Tabiiy resurslarga juda boy. Bu o'rinda, ayniqsa, AQSH, Kanada va Meksika keskin ajralib turadi.
AQSH va Kanada tabiiy resurslarning xilma-xil turlari va ulkan zaxiralariga ega. Meksika ham neft, polimetall rudalari va kimyoviy xomashyo resurslariga boy. Neft Meksika qoitig'idan qazib olinadi.
Markaziy Amerika mamlakatlarining asosiy tabiiy boyligi — bu o'rmonlardir. O'rmonlarda qimmatbaho daraxtlar o'sadi.
Aholisining asosiy qismi AQSH, Meksika va Kanadaga to'g'ri keladi. Qolgan mamlakatlarda 0,3 mln. kishidan (Beliz) 13,0 mln. kishigacha (Gvatemala) aholi yashaydi. Aholi, asosan, tabiiy ko'payish va qisman migratsiya (AQSH, Kanada) hisobiga o'smoqda. Aholi sonining o'rtacha yillik o'sish sur'atlari AQSH va Kanadada 0,6—0,7% dan, Gvatemala, Gonduras va Nikaraguada 2,5—3,0% gacha yetadi.
Aholi notekis joylashgan. Uning asosiy qismi materikning g'arbiy va sharqiy sohillarida, dehqonchilik uchun qulay bo'lgan tekislik va tog'oldi mintaqalarida istiqomat qiladi. AQSH va Kanadaning Buyuk ko'llarga tutash hududlarida, Atlantika va Tinch okeani sohillarida aholi, ayniqsa, zich joylashgan.
Markaziy Amerika mamlakatlari sanoatida tog'-kon va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari yetakchi o'rinlarni egallaydi.
Xalqaro iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishda, ya'ni eksport-import operatsiyalarida dengiz transporti, ichki aloqalarda temiryo'l va avtomobil transporti muhim rol o'ynaydi.
Quvur transporti AQSH, Kanada va Meksikada yuqori darajada rivojlangan
Do'stlaringiz bilan baham: |