Mavzu: Jahon iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasining maqsad va vazifalari Darsning maqsadi


Download 197.44 Kb.
bet86/94
Sana15.01.2023
Hajmi197.44 Kb.
#1093885
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   94
Bog'liq
Konspekt geog.9-sinf

Mavzuni mustahkamlash:
Xarita bilan ishlash
Shimoliy va Markaziy Amerika davlatlarini xaritadan ko’rsatish. Chegaralash va poytaxtlarini topish


O’quvchilarni baholash.
Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi.


Uyga vazifa: 60 - § 179 bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish. Mavzu yuzasidan krossvord tuzish (5 ta)
Yangi mavzuga tayyorlanish.
Sana__________ Sinf: 9
Mavzu: Amerika Qo’shma Shtatlari. Geografik o’rni va umumiy ma’lumotlar
Darsning maqsadi:
a) O’quvchilarga Amerika Qo’shma Shtatlarining geografik o’rni haqida nazariy bilimlar berish
b) O’quvchilarga iqtisodiy tarbiya berishda hamkorlik qilish, boshqa davlatlarga hurmat ruhida tarbiyalash
v) O’quvchilarning ijodiy salohiyati va og’zaki nutqini rivojlantirish


Dars turi:aralash
Dars metodi: savol - javob
Darsda foydalaniladigan jihozlar: dunyoning siyosiy xaritasi


Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism

O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Kun yangiliklari
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzusi so’rash:
1. Markaziy Amerika mamlakatlarini nima uchun “Banan respublikalar” deb atashadi?
2. Sanoati va qishloq xo’jaligining asosiy tarmoqlarini ayting
3. Shimoliy va Markaziy Amerikada nima sababdan quvur va dengiz transporti rivojlangan?


Yangi mavzu bayoni:

AQSH yer maydoni butun G'arbiy Yevropa mamlakatlarinikidan katta bo'lishiga qaramay Rossiyadan keyingi o'rinda turadi. Mamlakat 50 ta shtat va Kolumbiya Federal okrugidan iborat. Asosiy 48 ta shtati Shimoliy Amerika materigining janubiy va markaziy qismida joylashgan.


Hozirgi kunda AQSH — Federativ Respublika. Mamlakatda 1787-yili qabul qilingan Konstitutsiyaga amal qilinadi. Davlat rahbari — Prezident. Qonun chiqaruvchi organ — Kongress.
AQSH — tabiiy resurslarning barcha turlariga boy. Mineral resurslarning ba zi bir turlarining zaxiralari bo'yicha dunyoda yetakchi o'rinlarni egallaydi. Shular qatoriga toshko'mir, mis, molibden, alyuminiy xomashyosi, qo'rg'oshin, rux, uran rudalari, oltin, fosforitlar, har xil tuzlar kiradi.
AQSH —yirik neft zaxiralariga ega. Yirik neft konlari Alyaska (Pradxo-Bey), Texas, Nyu-Meksika, Luiziana, Kaliforniya shtatlarida hamda Meksika ko'rfazida joylashgan. Mamlakatda bir yilda 400—450 mln. t atrofida neft qazib olinmoqda.
AQSH da yirik tabiiy gaz konlari neft konlari yonida joylashgan (Texas, Kaliforniya shtatlari va Meksika ko'rfazi). Mamlakatda yiliga o'rtacha 500 mlrd. m3 tabiiy gaz olinmoqda.
AQSH da rangli va qorametallurgiya tarmoqlari uchun zarur bo'lgan rudali qazilma konlari va zaxiralari ancha ko'p.
Aholi soni bo'yicha mamlakat Xitoy va Hindistondan so'ng 3-o'rinni egallaydi. Aholi sonining bu darajaga yetishida immigratsiya katta rol o'ynagan.
AQSH aholisining soni 2008-yilning 1-yanvarida olingan ma'lumotga ko'ra 302,0 mln. kishini tashkil etdi. Aholining o'rtacha yillik o'sish sur'ati 0,9% ga teng bo'linoqda. Aholi soni tabiiy ko'payish hisobiga ham, immigratsiya hisobiga ham o'smoqda. Mamlakatda keyingi yillarda aholining har mingtasida 16 bola tug'ilmoqda, 9 kishi o'lmoqda. Tabiiy ko'payish koeffitsiyenti 7 promillega teng. O'rtacha umr davri erkaklar uchun 77 yoshni, ayollarda 82 yoshni tashkil etadi.
AQSH aholisining o'rtacha zichligi iqtisodiy rivojlangan Yevropa mamlakatlaridan ancha past (o'rtacha 1 km2 maydonga 32 kishi). Aholi notekis taqsimlangan.
Jahonning yirik 500 ta TMKlari orasida 100 dan ziyodi AQSH da joylashgan. Ro'yxat boshida «Jeneral Motors», «Exxon», «Ford Motors» va «IBM» turadi.

Download 197.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling