Mavzu: Jahon iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasining maqsad va vazifalari Darsning maqsadi
Download 197.44 Kb.
|
Konspekt geog.9-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars turi
- O’tilgan mavzusi so’rash
Mavzu: Braziliya
Darsning maqsadi: a) O’quvchilarga Braziliya davlati haqida nazariy bilimlar berish b) O’quvchilarga iqtisodiy tarbiya berishda hamkorlik qilish, boshqa davlatlarga hurmat ruhida tarbiyalash v) O’quvchilarda Braziliya davlati haqidagi tasavvurlarni kengaytirish, og’zaki nutqni rivojlantirish hamda xotirani mustahkamlash Dars turi:aralash Dars metodi: savol - javob Darsda foydalaniladigan jihozlar: dunyoning siyosiy xaritasi Darsning borishi Tashkiliy qism O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash Kun yangiliklari Uyga vazifani so’rash O’tilgan mavzusi so’rash: 1. Mintaqa qishloq xo’jaligi haqida gapiring 2. Mintaqada transport qanday rivojlangan? 3. Mintaqadagi tashqi iqtisodiy aloqalar haqida nima bilasiz? Yangi mavzu bayoni: Braziliya — Janubiy Amerikaning eng yirik mamlakatidir. U maydonining kattaligi va aholisining soniga ko'ra jahonda 5-o'rinni egallaydi. Umuman, maydoni 8547,4 ming km2, aholisi esa 192,0 mln. kishi (2008-y.). Davlat tuzumi— Federativ Respublika. Tarkibida 23 ta shtat mavjud. Shuningdek, alohida yana 3 ta federativ hudud va poyt5xt atrofi hududlarini birlashtiruvchi 1 ta federativ okrug davlatning hududiy-ma'muriy tarkibini tashkil qiladi. Hududi mineral tabiiy boyliklarga boy. Unda 50 ga yaqin mineral xomashyo resurslari, ayniqsa, rangli va qorametallarning boy konlari topilgan. Jahondagi eng yirik va tarkibi eng boy temir rudasi konlaridan hisoblanadigan Minas-Jerays va Karajas mamlakat iqtisodiy hayotida katta ahamiyatga ega. Shuningdek, Braziliya dunyo ahamiyatiga ega bo'lgan yirik marganes, boksit, polimetall konlariga ham ega. Uning hududida turli asl va nodir metall konlari ko'p. Ammo u yoqilg'i resurslarining bironta xiliga boy emas. Mamlakatning muhim tabiiy resurslari qatoriga suv va gidroenergetika boyliklari ham kiradi. Jahondagi eng sersuv Amazonka daryosi va uning irmoqlari, shuningdek, Tokantins, San-Fransisko, Parana kabi daryolari nihoyatda ulkan energetika quwatlarini yashirib yotadi. Braziliya yer resurslariga ham juda boy. Aholi jon boshiga to'g'ri keladigan foydali yer maydoni ko'rsatkichiga ko'ra u jahonda Avstraliya va Rossiyadan keyinda turadi. U agroiqlim resurslariga ham nihoyatda boy. Bularning hammasi Braziliyaning o'ta ulkan iqtisodiy salohiyatga ega ekanligini ko'rsatadi. Braziliya aholisi hududiy jihatdan ancha notekis joylashgan. Aholisining o'rtacha zichligi har 1 km2 maydonga 22 kishidan to'g'ri kelgani holda, uning 90% i jami hududining 2/5 qismida joylashgan. Mamlakat aholisining yarmidan ko'pi jami hududining 7% ini tashkil qiladigan torgina okeanbo'yi hududlarida yashaydi. Shu bilan birga, Braziliyaning yarmidan ko'proq maydonini tashkil qiladigan g'arbiy rayonlarida jami aholisining atigi 5% igina yashaydi. Braziliya yuqori darajada urbanizatsiyalashgan davlatlar qatoriga kiradi — aholisining K4,2% i shaharlarda yashaydi. Unda 7 ta «millioner» shaharlar mavjud bo'lib, San- I'aulu va Rio-de-Janeyro jahonda eng yirik shaharlar qatoridan o'rin oladi. Braziliya shahrida hozir 700 mingdan ortiq aholi yashaydi. Unda, asosan, davlat boshqaruv muassasalari va xizmat doirasi xodimlari, yengil va oziq-ovqat korxonalari, transport-telekommunikatsiya tarmoqlarining ishchi-xizmatchilari yashaydi. Download 197.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling