Mavzu: Jahon iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasining maqsad va vazifalari Darsning maqsadi
Download 197.44 Kb.
|
Konspekt geog.9-sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transporti
- Mavzuni mustahkamlash
Qishloq xo'jaligi mintaqa hududi bo'ylab tekis rivojlanmagan. Jami qishloq xo'jalik mahsulotining 1/3 qismi chorvachilikda yetishtirib beriladi. Bu tarmoqning ahamiyati, ayniqsa, Argentina, Urugvay va Braziliyada katta. Qoramolchilik, qo'ychilik, parrandachilik — chorvachilikning eng mahsuldor tarmoqlari hisoblanadi. Dengiz bo'yi davlatlari, ayniqsa, Peru, Chili, Braziliyada baliqchilik muhim sohadir. Dehqonchilik tarmoqlaridan donchilik (Argentina, Braziliya), shakarqamish yetishtirish (Braziliya, Kuba, Kolumbiya, Venesuela va boshqalar), kofe yetishtirish (Braziliya, Venesuela, Kolumbiya), banan yetishtirish (Braziliya, Kolumbiya, Markaziy Amerika va Karib havzasi mamlakatlari) tovar ahamiyatiga ega.
Transporti Janubiy Amerika mamlakatlarining aksariyatida ancha sust rivojlangan. Quruqlikda harakatlanuvchi asosiy transport tarmog'i avtomobildir. Bu tarmoq barcha mintaqa mamlakatlarini bir-birlari bilan bog'lovchi yagona quruqlik transportidir. Temiryo'l transporti ancha sust rivojlangan. Bu esa, o'z navbatida, iqtisodiyotning rivojlanishiga ancha to'sqinlik qiladi. Barcha mamlakatlar va ularning ichki rayonlarini bir-biri bilan bog'lashda dengiz va daryo transporti, ayniqsa, Karib havzasi mamlakatlari uchun katta ahamiyatga ega. Sanoatida tog'-kon, neft-kimyo, metallsozlik, aholi iste'mol inahsulotlari ishlab chiqarish tarmoqlari ancha ahamiyatli. Qishloq xo'jaligida yirik yer cgalariga tegishli plantatsiyalarda tashqi bozor uchun ko'plab kofe, shakarqamish. banan, tropik meva mahsulotlari yetishtiriladi. Okean bo'yi hududlarida dengiz baliqchiligi katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Peru va Chili jahondagi eng yirik baliq inahsulotlari ishlab chiqaruvchi davlatlar qatoriga kiradi. Mavzuni mustahkamlash: Sanoati rivojlangan mamlakatlarni ayting va xaritadan ko’rsating 1. Tog’ – kon - …… 2. Metallurgiya - ……. 3. Elektroenergetika - …… 4. Avtomobilsozlik - …….. 5. Kimyo - ……… O’quvchilarni baholash. Faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi. Baholar jurnal va kundalik daftarlarga qo’yiladi. Uyga vazifa: 64 - § 188 bet mavzuni o’qib kelish, mavzu yuzasidan savollarga javob topish. Mavzu yuzasidan krossvord tuzish (5 ta) Yangi mavzuga tayyorlanish. Sana__________ Sinf: 9 Download 197.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling