Mavzu: Jahon iqtisodiy – ijtimoiy geografiyasining maqsad va vazifalari Darsning maqsadi


Download 197.44 Kb.
bet90/94
Sana15.01.2023
Hajmi197.44 Kb.
#1093885
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94
Bog'liq
Konspekt geog.9-sinf

Dars turi:aralash
Dars metodi: savol - javob
Darsda foydalaniladigan jihozlar: dunyoning siyosiy xaritasi


Darsning borishi

  1. Tashkiliy qism

O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash
Kun yangiliklari
Uyga vazifani so’rash
O’tilgan mavzusi so’rash:
1. Kanada hududi boy bo’lgan mineral resurslar turlarini ayting
2. Nima uchun Kanada “Sakkizlik davlatlari” qatoriga qo’shilgan?
3. Kanada aholisi haqida gapiring
4. Kanada geografik o’rnini baholang
Yangi mavzu bayoni:
Panama davlatidan janubda joylashgan barcha davlatlar hamda Karib va Atlantika havzasi mamlakatlari Janubiy Amerika, Karib dengizi va Atlantika okeani havzasi mamlakatlari deb ataladi. Ma'lumki, Amerika qit'asi kashf etilganidan so'ng, ko'p o'tmay, Janubiy Amerika, asosan, Ispaniya va Portugaliya tomonidan bosib olingan va mustamlakalarga aylantirilgan edi.
Janubiy Amerika, Karib va Atlantika havzasi mamlakatlari umumjahon geografik mehnat taqsimotida alohida o'rin tutadi. Bu mintaqa mamlakatlari, rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar qatorida joylashgan.
Janubiy Amerikada 3 subregion ajralib turadi:

  1. Amazonka va La-Plata tekisliklari.

  2. And mamlakatlari.

  3. Karib havzasi va Atlantika okeanida joylashgan mamlakatlar.

Mintaqaning umumiy maydoni 18,0 mln. kin2 bo'lib, unda 425,1 mln. Kishidanziyod aholi yashaydi. Shundan 17,8 mln. km2 maydon va 383,9 mln. ga teng aholi Janubiy Amerikaga to'g'ri keladi.
Hududi, chegaraiari, geografik o'mi. Janubiy Amerikaning hududi Shimolda Panama davlat chegaralaridan boshlanib, janubdan to Olovli Yer orollarigacha cho'zilgan.
Janubiy Amerika, Karib dengizi va Atlantika okeani havzasi mamlakatlarining geografik o'rni xususiyatlarini, asosan, ularning Atlantika va Tinch okeanlari bilan o'rab turilishi belgilaydi. Boliviya va Paragvaydan boshqa barcha mintaqa davlatlarining ana shu okean havzalariga tutashligi ularning jahon bozorlari bilan bog'lanishida muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. 1914-yilda qurilgan Panama kanali Janubiy Amerika va Karib havzasi mamlakatlari IGO' (Iqtisodiy-geografik o'rni) ni keskin yaxshiladi.
Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari ancha boy va xilma-xildir.
Tabiiy sharoitlarining xususiyatlarini Janubiy Amerika va Karib havzasi hududlarining nam tropik va mo'tadil iqlim mintaqalari bo'ylab joylashganligi hamda okean va dengizlar bilan o'ralgan keng tog'lik va pasttekisliklarning mavjudligi belgilaydi. Unumdor tuproqlarga ega bo'lgan keng tekisliklar va qulay tog' oralig'i vodiylari Janubiy Amerikaning deyarli barcha hududlarida xilma-xil xo'jalik tarmoqlarini keng rivojlantirishga imkon beradi.
Aholisi . Janubiy Amerika, Karib dengizi va Atlantika okeani havzasi mamlakatlari aholisining son jihatdan tez ko'payish davri o'tgan asrning 60—70-yillariga to'g'ri keladi. A; olining tabiiy o'sish ko'rsatkichlari hozir bu mintaqada 13 (jahon bo'yicha o'rtacha 2) promillega tengdir.
Janubiy Amerika, Karib dengizi va Atlantika okeani havzasi aholisining etnik tarkibi, asosan, uch irq xalqlariga borib taqaladi. Ular: mongoloid (tub xalqlar — mahalliy hindular), yevropeoid va negroid irqiga mansub xalqlardir.

Download 197.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling