Mavzu: Jahon iqtisodiyotida halqaro kapitalni taqsimlash va qayta taqsimlashda halqaro korporatsiyalarning o`rni
Download 0.68 Mb.
|
Jahon iqtisodiyotida halqaro kapitalni taqsimlash va qayta taqsimlashda halqaro korporatsiyalarning o`rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.1-jadvalTashqi savdo siyosati dastaklarining guruhlanishi
3.1-rasm.
Savdo siyosati doirasida iqtisodiy, siyosiy, ma’muriy, tashkiliy, hududiy va boshqa masalalar uzviy boglanib ketadi. Xalqaro iqtisodiyot, asosan, savdo siyosati choralarini qo‘llashning iqtisodiy shart-sharoitlarini va oqibatlarini o‘rganib, huduiy va tashkiliy masalalarni ixtisoslashgan fan tarmoqlari, chunonchi, xalqaro savdo huquqi, xalqaro marketing kabilarning ko‘rib chiqishi uchun qoldiradi. Xalqaro savdoning davlat boshqaruvi instrumentallari o‘z xususiyatiga ko‘ra tarif-bojxona tarifini qo‘llashga asoslangan va notarif- boshqa barcha usullarga bo‘linadi. Boshqaruvning notarif usullari miqdoriy va yashirin proteksionizm usullariga bo‘linadi. Savdo siyosatining alohida instrumentlari ko‘pincha importni cheklash yoki eksportni ragbatlantirish zarurati tugilganda qo‘llaniladi. Savdo siyosati dastaklarning tashnifi 1.1. jadvalda aks etgan. Davlatning xalkaro savdo doirasidagi asosiy vazifasi – mamlakat eksportyorlariga o‘z mahsulotlarini iloji boricha ko‘proq miqdorda xorijga eksport qilishga yordam berish, ularning tovarlarini tashqi bozorda yanada raqobatbardosh qilishdir. Mamlakat ichkarisida xorijiy tovarlarga talabni ko‘chaytirish, importni cheklash ham uning vazifasiga kiradi. 3.1-jadvalTashqi savdo siyosati dastaklarining guruhlanishi
Dunyoning turli mamlakatlari o‘z savdo siyosatlarini amalga oshirish uchun turli dastaklardan foydalanadilar. Notarif cheklashlarning o‘rtacha darajasiga, odatda, u yoki bu cheklashga oid import yoki eksportning qiymat ulushi sifatida qaraladi. Bunda ularning natija berish darajasiga tuzatish kiritiladi. Masalan, zaruriy xujjatlar taqdim etilganda xokimiyat organlari tomonidan beriladigan eksport uchun avtomatik litsenziya, shubhasiz, belgilangan miqdordan ortiq tovarlarni ekport qilishni taqiqlovchi eksport kvotasiga nisbatan ancha kam darajada eksportni chegaralaydi. Tovarlarni eksport va import qilishga oid turli cheklashlar, tanlab litsenziyalash yuqori darajada samarali miqdoriy cheklovlar sanaladi. Avtomatik litseziyalash, moslanuvchan kvotalar kam samara beruvchi cheklovlarga kiradi. Tashqi savdoni tartibga solishda hukumat tarif va notarif dastaklarni qo‘llaydi va ushbu dastaklarning amaliy qo‘llanilishi davlat yoki jamoat tashkilotlari ta’minlaydi. Tariflar bojxona tariflarga asoslangan dastaklar bo‘lsa, notarif dastaklar qolgan xamma dastaklarni o‘z ichiga oladi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling