Mavzu: Jahon iqtisodiyotida halqaro kapitalni taqsimlash va qayta taqsimlashda halqaro korporatsiyalarning o`rni


Download 0.68 Mb.
bet7/19
Sana01.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1317076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotida halqaro kapitalni taqsimlash va qayta taqsimlashda halqaro korporatsiyalarning o`rni

«Erkin savdo» nazariyasi. Merkantilistlarni keskin tanqid qilgan iqtisodchi-lardan biri Adam Smitdir (1723-1790). A. Smit mamlakatning boyligi u ega bo'lgan oltin miqdoriga emas, balki uning ishlab chiqarish imkoniyatlariga bog'liqligini ko'rsatib berdi. Shuning uchun har qanday davlatning bosh vazifasi mamlakat ega bo'lgan oltin miqdorini oshirish emas, balki xalqaro mehnat taqsimotida o'ziga xos munosib o'rin egallashdan iboratdir. Shuningdek, A. Smit g'oyalariga binoan ish­lab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun davlatning iqtisodiyot-ga aralashuvini cheklash kerak.Ushbu siyosat «Lessa fer»' nomini oldi.
A. Smit qarashlariga muvofiq:

  • davlat tashqi savdoga aralashishi kerak emas va mamlakat erkin savdo rejimi-ga rioya qilishi lozim;

  • mamlakatlar ishlab chiqarishda afzallikka ega bo'lgan tovarlarni ishlab chiqa-rishga ixtisoslashishlari kerak va bu tovarlarni boshqa mamlakatlar afzallikka ega bo'lgan tovarlar bilan ayirboshlashi kerak;

  • tashqi savdo milliy bozorlarni boshqa mamlakatlar hisobiga kengaytirish orqali mehnat unumdorligining o'sishini ta'minlaydi;

  • eksport mamlakat iqtisodiyoti uchun ijobiy omil hisoblanadi, chunki u ichki bozorda sotilmagan ortiqcha mahsulotlarni xorijga sotish imkonini beradi.

Mutlaq afzallik — mamlakatlar mutlaq afzallikka ega bo'lgan (tannarxi past-roq bo'lgan) tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va ularni eksport qilisha-di, boshqa tovarlarni (boshqa mamlakatlar mutlaq afzallikka ega tovarlarni) esa import qilishadi.Bu nazariyani tushuntirish uchun «ikki mamlakat — ikki xil tovar» modelidan foydalanamiz. Faraz qilaylik, ikkita mamlakat (Buyuk Britaniya va Portugaliya) o'zaro savdo aloqalarini o'rnatishmoqchi. Bu mamlakatlar faqat ikki xil tovar (ma­te va vino) ishlab chiqarishadi. Bu tovarlarni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan mehnat resurslarining me'yorlari quyidagi jadvalda keltirilgan.

2.1-jadval


Mamlakatlarning bir birlik tovar ishlab chiqarish uchun sarflaydigan ish vaqti





Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling