Mamlakat ichki bozorining hajmi. Rivojlangan bozorlarga ega yirik mamlakat- larda zaruriy ishlab chiqarish omillari va iste'mol tovarlarini topish imkoniyati yuqori bo'ladi. Demak, bu mamlakatlarning xalqaro ixtisoslashuv va tovar ayir- boshlashda qatnashish ehtiyoji kam bo'ladi. Shu bilan birga rivojlangan bozor talabi importni kengaytirishni talab etadi. Bu — eksportga yo'naltirilgan ixti- soslashuvni kengaytirish evaziga qoplanadi.
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi. Mamlakat iqtisodiy salohiyati qancha- lik kam bo'lsa, uning XMT da qatnashish zaruriyati shunchalik yuqori bo'ladi.
Mamlakatning tabiiy resurslar bilan ta'minlanganligi. Mamlakatning yuqori darajada monoresurslar bilan ta'minlanganligi (masalan, neft), jumladan, foyda- li qazilma boyliklari bilan kam darajada ta'minlanganligi ham uning XMT da faol qatnashish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Mamlakat iqtisodiyoti tarkibida yetakchi sanoat tarmoqlarining ulushi (ener- getika, qazib olish sanoati, metallurgiya va b.). Asosiy tarmoqlar ulushi qan- cha yuqori bo'lsa, odatda, mamlakat XMT tizimiga shuncha kam jalb etilgan.
XMT ning rivojlanish jarayonidagi asosiy xususiyat — ushbu jarayonning har bir ishtirokchisi o'zining XMT dagi ishtirokidan iqtisodiy foyda, naf qidirishi va topishidir.
XMT ning rivojlanish tendensiyalari iqtisodchilarning kelajakda bu jarayon yanada chuqurlashib boradi, deb xulosa chiqarishlari uchun asos bo'ladi. Uning aso- sida tovarlar va xizmatlar ayirboshlashning miqyosi jadal sur'atlar bilan o'sib boradi.
Har qanday davlat xalqaro ayirboshlov jarayonida XMT ning ustunliklaridan foydalanar ekan: birinchidan, eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning tashqi va ichki bozor narxlari o'rtasidagi farqdan yutishi; ikkinchidan, ichki xarajatlar¬ni kamaytirish maqsadida arzonroq bo'lgan importdan foydalanish evaziga milliy ishlab chiqarishdan voz kechishi mumkin.
Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatda ishlab chiqarish tashqi iste'mol- chilarga, ichki talab esa importga yo'naltirilgan bo'ladi, deb taxmin qilinmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlarda ichki bozorning nisbatan tez, ammo ekstensiv tarz- da kengayishi kutilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |