Mavzu: Jahon iqtisodiyotida halqaro kapitalni taqsimlash va qayta taqsimlashda halqaro korporatsiyalarning o`rni


Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mohiyati va shakllari


Download 0.68 Mb.
bet2/19
Sana01.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1317076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotida halqaro kapitalni taqsimlash va qayta taqsimlashda halqaro korporatsiyalarning o`rni

Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning mohiyati va shakllari. Jahon iqtisodi­yotining tizim sifatidagi faoliyati tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillari-ning harakati bilan bog'liq. Ushbu bog'liqlik asosida xalqaro iqtisodiy munosabat­lar yuzaga keladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar — bu rezidentlar va norezidentlar o'rtasidagi xo'jalik munosabatlaridan iborat.
Milliy iqtisodiyotning baynalminallashuvida xalqaro savdo tarixiy ahamiyat kasb etadi. Savdo aloqalari quldorlik tuzumida ham olib borilgan. Misol tariqasida Rim imperiyasi davridayoq yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan xalqaro savdo-sotiqlarning o'tkazilganligini keltirish mumkin. Bu turdagi savdo-sotiqlar feodalizm tuzumida ham mavjud bo'lgan. Biroq mazkur ijtimoiy-iqtisodiy tizimlardagi natural xo'jalik yuritishga xos xususiyatlar tufayli xalqaro ayirboshlashga ishlab chiqarilgan tovarlar-ning juda oz qismi (qimmatbaho gazlamalar, javohirlar, ziravorlar, mineral xomashyo-larning ba'zi bir turlari, shirinliklar va h. k.) kelib tushgan. Natural xo'jalik yuritish-dan tovar ishlab chiqarishga o'tish asosida kapitalistik munosabatlarning yuzaga keli­shi xalqaro savdo va jahon xo'jalik aloqalarining rivojlanishiga katta turtki bo'ldi.
Jahon xo'jaligining rivojlanishidagi ikkinchi bosqich XVII asrning birinchi yar­miXIX asrni qamrab oladi. Ushbu bosqich jahon kapitalistik bozorining shaklla­nishi, xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi (sanoat to'ntarishi, burjuaziya inqilobi, manufakturadan fabrikali ishlab chiqarish tizimiga o'tish), jahon savdosining xalqaro iqtisodiy munosabatlar shakli sifatida rivojlanishi, milliy tovarlar eksportining ko'payishi bilan tavsiflanadi. Mamlakatlar o'rtasidagi savdo integratsiyasining zaiflashuvi xo'jalik hayotining baynalminallashuvi bilan bog'liq quyidagi tamoyillar hisobiga rivojlangan:
Jahon xo'jaligining rivojlanishidagi ikkinchi bosqich XVII asrning birinchi yar­miXIX asrni qamrab oladi. Ushbu bosqich jahon kapitalistik bozorining shaklla­nishi, xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi (sanoat to'ntarishi, burjuaziya inqilobi, manufakturadan fabrikali ishlab chiqarish tizimiga o'tish), jahon savdosining xalqaro iqtisodiy munosabatlar shakli sifatida rivojlanishi, milliy tovarlar eksportining ko'payishi bilan tavsiflanadi. Mamlakatlar o'rtasidagi savdo integratsiyasining zaiflashuvi xo'jalik hayotining baynalminallashuvi bilan bog'liq quyidagi tamoyillar hisobiga rivojlangan:
Jahon xo'jaligining rivojlanishidagi uchinchi bosqich I va II jahon urushlari davrini o'z ichiga oladi. Ushbu davr jahon mamlakatlari iqtisodiyotining 1920-yil-dan keyingi jadal rivojlanishiga qaramay xalqaro moliya tizimining yuqori daraja-da beqarorligi, industrial mamlakatlardan uzoq muddatli kapitallarning chiqib keti-shi bilan ajralib turadi.
Jahon iqtisodiyotining rivojlanishidagi to'rtinchi bosqich II jahon urushining oxirlaridan boshlanib, 90-yillarning birinchi yarmiga qadar davom etdi. Ush­bu davr xalqaro iqtisodiy munosabatlarni qaytadan yo'lga qo'yish yoki yangi xal­qaro iqtisodiy tartibni shakllantirish davri sifatida tavsiflanadi.
Jahon xo'jaligining beshinchi — zamonaviy rivojlanish bosqichi 90-yillarning boshlaridan boshlandi. O'zaro iqtisodiy yordam kengashi (O'lYoK) va sobiq Sovet Ittifoqining parchalanishi, Sharqiy va Markaziy Yevropa mamlakatlarining bozor iqti­sodiyotiga o'tishi, xalqaro integratsiya jarayonlarining kuchayishi va xalqaro korpora-tsiyalarning jahon xo'jaligi subyekti sifatidagi rolining ortib borishi jahon iqtisodiyo­tining zamonaviy rivojlanish bosqichidagi asosiy omillar hisoblanadi.
Jahon xo'jaligining amal qilish jarayoni XX asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib zamonaviy jahon iqtisodiyotiga xos qator rivojlanish tamoyillari va qonuniyatlarini ajratib ko'rsatish imkonini beradi.

  1. Dunyo mamlakatlari xo'jalik hayotining baynalminallashish jarayo­nining chuqurlashuvi.

  2. Tashqi iqtisodiy aloqalarning erkinlashuvi

  3. Hududiy iqtisodiy integratsiyaning kuchayishi

  4. Ishlab chiqarish va kapitalning transmilliylashishi

  5. Jahon xo'jalik aloqalarini davlatlararo tartibga solish tizimining shakl­lanishi va iqtisodiy qoidalarning birxillashuvi

  6. Jahon xo'jaligining globallashuvi


Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling