Mavzu: Jahon iqtisodiyotida halqaro kapitalni taqsimlash va qayta taqsimlashda halqaro korporatsiyalarning o`rni


Ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi


Download 0.68 Mb.
bet6/19
Sana01.04.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1317076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Jahon iqtisodiyotida halqaro kapitalni taqsimlash va qayta taqsimlashda halqaro korporatsiyalarning o`rni

2. Ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi

XMT ichki tarkibga va rivojlanish usullariga ega. XMT ning asosiy ajralmas xusu- siyatlari ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi hisob­lanadi (1.1-rasm).





Ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi. Ishlab chiqarishning xalqaro ixti­soslashuvi ikki yo'nalish bo'yicha rivojlanadi — ishlab chiqarish va hududiy.
O'z navbatida, ishlab chiqarish yo'nalishi:

  • tarmoqlararo ixtisoslashuv;

  • tarmoqlar ichra ixtisoslashuv;

  • alohida korxonalar ixtisoslashuviga bo'linadi.

Ishlab chiqarishning xalqaro hududiy ixtisoslashuvi muayyan tovarlar va ular- ning qismlarining jahon bozori uchun ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini o'z ichi- ga oladi:

  • alohida mamlakat;

  • mamlakatlar guruhi;

  • mintaqalar.

Ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvining asosiy turlariga quyidagilar kiradi:

  • predmetli (tayyor mahsulot ishlab chiqarish) ixtisoslashuv;

  • detalli (mahsulot qismlari va komponentlarini ishlab chiqarish) ixtisoslashuv;

texnologik yoki bosqichli (ya'ni, alohida texnologik jarayonlarni amalga oshi­rish.
Jahon xo'jalik aloqalarida tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha ixtisosla­shuv keng tarqalgan.
Tayyor mahsulot ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi XMT ning dinamik shaklidir. 1950-60-yillarda ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi boshlang'ich sohalarda (avtomobilsozlik, aviasozlik, plastmassa, ehtiyot qismlar, radioapparaturalar va boshqalar ishlab chiqarish) oldingi o'rinda edi. 1970-80-yillarda esa tarmoqlar ichra ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi (masalan, teri va rezina poyabzallar) ajralib turadi.
Detalli ixtisoslashuvbu alohida detallar, butlovchi qismlar, agregatlar va ular- ni keyinchalik ushbu qismlarni yig'uvchi, tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi kor- xonalarga yetkazib berishga ixtisoslashuvdir.
Texnologik ixtisoslashuv mamlakatning tayyor mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog'liq muayyan operatsiyaga ixtisoslashuvini anglatadi (ya'ni muayyan texnolo­gik jarayon, masalan, yig'ish, bo'yash, tayyorlash va h. k.).
Xalqaro mehnat taqsimotining boshqa bir shakli — xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasidir. Uning obyektiv asosi bo'lib, ishlab chiqarish kuchlari rivojla- nishining o'sib borayotgan darajasi hamda mamlakat ichida yoki tashqarisida ro'y berishidan qat'i nazar, mustaqil korxonalar o'rtasidagi barqaror ishlab chiqarish alo- qalari jarayoni hisoblanadi.
Ishlab chiqarish kooperatsiyasi ma'lum bir munosabatlar tizimi sifatida faoliyat- ning sohasi va hamkorlikning usuli hisoblanadi.
Xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi o'zining rivojlangan shakllarida ham­korlikning turli sohalarini qamrab oladi.

    1. Ishlab chiqarish-texnologik hamkorlik. Ular: a) litsenziyalar berish va mulkchi- lik huquqlaridan foydalanish; b) loyiha-konstruktorlik hujjatlarini, texnologik jarayonlarni, mahsulotning texnik darajasi va sifatini, qurilish va montaj ishlari, kooperatsiyalashgan korxonalarni zamonaviylashtirishni ishlab chiqish va mos- lashtirish; d) ishlab chiqarishni boshqarish, standartlashtirish, unifikatsiyalash, sertifikatsiyalashni takomillashtirish, ishlab chiqarish dasturlarini taqsimlash.

    2. Kooperativ mahsulotni sotish bilan bog'liq bo'lgan savdo-iqtisodiy jarayonlar.

    3. Sotilgan texnikaga xizmat ko'rsatish.

Kooperatsiya aloqalarini o'rnatishda foydalaniladigan quyidagi uch usul alohi- da ko'rsatib o'tilishi lozim:

  • hamkorlikdagi dasturlarni amalga oshirish;

  • shartnoma asosida ixtisoslashish;

  • qo'shma korxonalar tashkil qilish.

Hamkorlikdagi dasturlarni amalga oshirish, o'z navbatida, ikki shaklda amalga oshadi: pudratli ishlab chiqarish kooperatsiyasi va hamkorlikdagi ishlab chiqarish.
XMTnimodernizatsiyaqilishsohasidagiG'arbtadqiqotlarinishartliravishdaikkiguruhgaboiishmumkin:

  • «o'zarobog'liqlik» konsepsiyasivauningturliko'rinishlari;

  • XMT ning mavjud modellarini qayta qurish bo'yicha aniq tavsiyalar va rejalar. XX asrning 70-yillari o'rtalarida yaratilgan «o'zaro bog'liqlik» konsepsiyasi-

da ilgari surilgan g'oyalar eng keng tarqalgan. Ular mehnat taqsimotiga oid yangi va optimal nazariyalarning asosi bo'lib qoldi. Ushbu g'oyalar ba'zi sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan rasmiy doktri- na sifatida qabul qilindi.
«O'zaro bog'liqlik» konsepsiyasi vakillaridan biri — gollandiyalik iqtisodchi K. Nuvenxuze o'z fikrlarini tasdiqlashda, avvalo, barcha mamlakatlar uchun umu­miy bo'lgan ekologik omillarga murojaat qiladi. K. Nuvenxuze ularga atrof-muhitning barqaror emasligi va yerdagi tabiiy resurslarning cheklanganligini kiritadi.
Uning fikricha, rivojlangan mamlakatlar rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan xomashyo bo'yicha, rivojlanayotgan mamlakatlar esa rivojlangan mamlakatlarga nisbatan texnika, texnologiya va h.k.lar bo'yicha qaram. Demak, ular o'rtasida o'zaro bog'liqlik va «o'zaro tazyiq» mavjud. K. Nuvenxuze xalqaro mehnat taqsimotini yuqoridagilardan kelib chiqqan holda qurish kerak, deb hisoblaydi. Bu nazariya boshqa mamlakatlarda haqqoniy tanqidga uchradi.
Yana bir iqtisodchi R. Kuper (AQSh) ham o'zaro bog'liqlik masalasiga murojaat qiladi va uni turli yo'nalishlar bo'yicha ko'rib chiqadi. Uning fikricha, o'zaro bog'liqlikning to'rt turi mavjud:

    1. Tarkibiy — mamlakatlar bir-birlariga nisbatan qanchalik ochiq va o'zaro bog'liq bo'lsa, bir mamlakat iqtisodiyotida ro'y berayotgan o'zgarish ikkinchi mamlakat iqtisodiyotida ham o'z aksini topadi.

    2. Iqtisodiy siyosat sohasidagi maqsadlar borasidagi o'zaro bog'liqlik.

    3. Iqtisodiy rivojlanishning tashqi omillari borasidagi o'zaro bog'liqlik.

    4. Siyosiy o'zaro bog'liqlik.

Sanoatjihatdantaraqqiyetganmamlakatlaresayuqorimalakaliishchikuchitalabqilinadiganvafan-texnikataraqqiyotijadalrivojlanayotganiqtisodiyotsoha- larigaixtisoslashishlarilozim.
Bu nazariya amaliyotda asta-sekin amalga oshirilmoqda. Masalan, rivojlanayot­gan mamlakatlarga jalb etilayotgan to'g'ridan to'g'ri investitsiyalar ko'rinishidagi xorijiy kapitalning umumiy hajmida qayta ishlash sanoatiga yo'naltirilgan kapital ulushi ortib bormoqda. Shu bilan birga «zararli» ishlab chiqarishning rivojlanayot­gan mamlakatlarga ko'chish jarayoni ro'y bermoqda.
Tarmoqli ixtisoslashuv quyidagi uch bosqichli sxema bo'yicha amalga osh- moqda:

  • rivojlangan mamlakatlar, asosan, nisbatan malakali mehnat va zamonaviy tex- nologiyalar talab qiluvchi tovarlar ishlab chiqarishmoqda;

  • rivojlanayotgan mamlakatlarning ba'zilari (kam rivojlanganlari) mehnat sig'im- korligi yuqori mahsulotlarni ishlab chiqarish va jahon bozoriga xomashyo yet- kazib berishga ixtisoslashmoqda;

sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar kapital sig'imkorligi yuqori bo'lgan texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni kuchaytirishga intilmoqda.



    1. Xalqaro ixtisoslashuv va kooperatsiyalashuvning rivojlanishi milliy iqtisodiyot- lar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikka qanday ta'sir o'tkazadi?

    2. Ishlab chiqarish omillaridan biri hisoblangan yer bilan bog'liq kooperatsiya iqti­sodiy mazmunga egami?

    3. Jahon xo'jaligi tizimida xalqaro mehnat taqsimoti qanday o'rin egallaydi?

    4. Qaysi omillar xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuviga ta'sir ko'rsatadi?

    5. Xalqaro mehnat taqsimoti chuqurlashuvining zamonaviy xususiyatlariga misol- lar keltiring.

    6. Xalqaro ixtisoslashuv va kooperatsiyalashuv o'rtasidagi farq nimadan iborat?

    7. Milliy iqtisodiyotning xalqaro mehnat taqsimotida qatnashish darajasini belgi- lab beruvchi asosiy omillarni sanab o'ting. Ushbu omillar ta'sirini tushuntirib bering.

Xalqaro savdoga oid nazariyalar o'z tarixiga ega. Bu boradagi ilk iqtisodiy ta'limot XVII asrdayoq yaratilgan. O'rta asrlarda ro'y bergan Yevropadagi ulkan o'zgarish-lar, jumladan, yangi qit'alarning kashf etilishi, mustamlakalardagi oltin va bosh-qa boyliklarni egallab olishga intilish o'z-o'zini ta'minlashni targ'ib etuvchi feo-dalizm nazariyasi doirasidan chiqib ketgan yangi xo'jalik tizimi doirasida tovarlar rolini va davlatlarning xalqaro savdoga bo'lgan talabini asoslab bera oladigan yan­gi iqtisodiy nazariyaga bo'lgan ehtiyojni yuzaga keltirdi.Merkantilistlar o'z nazariyalarida faqat cheklangan miqdordagi boylikka ega bo'lgan statik qarashlarni qo'llab-quvvatlaganlar. Shu sababdan biron-bir mamlakat boyligining ko'payishi faqatgina boshqa mamlakatning qashshoqla-shishi evaziga amalga oshishi mumkin. Demak, boylikning ko'payishi qayta taqsimot evaziga amalga oshar ekan, har bir mamlakat mustahkam iqtisodiyot-ga va boshqa davlatlar ustidan hukmronlikni ta'minlab bera oladigan armiya, harbiy va savdo flotidan iborat kuchli davlat qurilmasiga ega bo'lishi zarur deb hisoblashgan.


Merkantilistlar iqtisodiyotni ishlab chiqarish, qishloq xo'jaligi va harbiy kolo-niyalar sektoriga bo'lishgan. Savdogarlar iqtisodiyotning muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatishida eng muhim guruh, deb hisoblangan, mehnat esa ishlab chiqarishning asosiy omili sifatida baholangan.
Merkantilistlar g'oyasining kamchiligi — bu ularni bir mamlakat boyishi boshqa mamlakatlarning qashshoqlashishi hisobiga amalga oshadi deb hisoblashgani-dir. Bunday g'oyaga amal qilish jahon iqtisodiyotida iqtisodiy disproporsiyalarga va iqtisodiy vaziyatning keskinlashuviga olib keldi. Metropoliyalarning mustamla-kalar hisobidan boyishi ularda haddan ziyod oltin massasining to'planishiga va shu orqali giperinflyatsiyaga olib keldi.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling